Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari oqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

Mazkur fakultet 1973 yil Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining 330-sonli buyrugi bilan tashkil etilgan bolib, to 1998 yilgacha xalq talimi rahbar xodimlarining va respublikadagi pedagogika oliy oquv yurtlari oqituvchilarining malakasini oshirish bilan shugullanib kelgan.

  • Orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari oqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish togrisida gi 77-qaroriga asosan Nizomiy nomli TDPU ga universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet oldiga ham yangi vazifa: yangidan tashkil qilinayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari umumtalim fanlari oqituvchilarining malakasini oshirish vazifasi qoyilgan.

2007 yil may oyidan boshlab Orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari oqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining 2007 yil 22 martdagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash rejasi togrisidagi 58-sonli va universitet rektorining 2007 yil 25 apreldagi Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazini tashkil etish togrisidagi 165 U buyruqlariga asosan malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazi tarkibidagi Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglarining malakasini oshirish kursi deb yuritilgan. 2013 yildan yana Orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari oqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetiga aylantirilgan.

Fakultet tomonidan 1973 yildan 1998 yilga qadar 20.000 dan ortiq xalq talimi rahbar xodimlarining hamda pedagogika institutlarining 2500 dan ortiq professor-oqituvchilarining malakasi oshirilgan bolsa, 1998 yildan to 2014 yilga qadar 30.000 ortiq orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining umumtalim fanlari oqituvchilarining malakasi oshirilgan. Fakultetda 2011 yildan boshlab nopedagogik oliy oquv yurtlarini bitirib, pedagogik faoliyat bilan shugullanayotgan oqituvchilar uchun pedagogik qayta tayyorlash kursi tashkil etilgan. Shu kunga qadar ushbu kursda 3000 dan ortiq oqituvchi tahsil olishgan.

Bugungi kunda fakultetda Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazining buyurtmasiga asosan har bir oquv yilida 2000 tadan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oqituvchilarining malakasi oshirilmoqda va 400 ga yaqin oqituvchilar pedagogik qayta tayyorlash kursida tahsil olishmoqda.

Fakultetga turli yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Mirqosimov, pedagogika fanlari nomzodi, professor K.Hoshimov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Bekjanova, tarix fanlari nomzodi, dotsent Q.Ergashev, tarix fanlari nomzodi, dotsent N.Quvvatov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent F.Yuzlikaev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Dosanov, tarix fanlari doktori, professor A.Qirgizboev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent X.Alimovlar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Boltaboev, iqtisod fanlari nomzodi K.Gafurov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.Zufarovlar rahbarlik qilishgan. Shu kunlarda Orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari oqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Dosanov rahbarlik qilmoqda.

Malaka oshirish kursida hozirgi kunda maxsus kafedralar mavjud emas. Malaka oshirish kursida oquv jarayonini tashkil etishda universitetning barcha kafedralaridan foydalanadi.

Malaka oshirish kursida otgan oquv yillarida professor-oqituvchilardan akademik S.Rajabov, professorlar K.Yusupov, K.Xoshimov, A.Maxsumov, A.Gofurov, Z.Mirtursunov, U.Yuldashev, M.Voxidov, S.Shermuhammedov, J.Yoldoshev, Yu.Yoldoshev, N.Muslimov, B.Mirzaxmedov, M.Mamadazimov, O.Toshmetov, S.Sodiqov, A.Agronyan, M.Davletshin, J.Xasanboev, N.Azizxojaeva, O.Musurmonova, J.Ikramov, N.Mahmudov, O.Karimova, I.Tursunov, fan nomzodlari, dotsentlardan A.Ashirboev, G.Sharipova, E.Shainskaya M.Mirqosimov, R.Boqiev, M.Mamarajapov, D.Yunusova, T.Joraev, S.Fayzullaev, Z.Kudasheva, R.Boqiev, T.Rizaev, M.Ahmedova, A.Tadjiev, M.Bekjanova, M.Nishonov, M.Dadajonov, U.Mahkamov, X.Abdullaev, Ye.Shain, S.Madyarova, Q.Ergashev, F.Yuzlikaev, A.Akopyan, Yu.Kaplun, Ye.Chevrenidi, N.Timoshenko, N.Pavlova, S.Timurova, I.Mannopovalar dars berishgan.

Hozirgi kunda Orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari oqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida fan doktorlari, professorlardan B.Toxliev, Q.Yoldoshev, Sh.Toshmuxammedova, N.Mirkurbanov, E.Imamov, D.Fayzullaev, J.Tolipova, fan nomzodlari, dotsentlardan N.Eshpulatov, S.Magdieva, S.Toraev, G.Fuzailova, G.Berdiev, Sh.Ergasheva, A.Akmalov, Q.Jumaniyozov, M.Lafasov, P.Odilov, O.Kon, X.Maxmudova, G.Dalimova, M.Xoshimova, I.Abdullaev, N.Alimqulov, A.Sotvoldiev, M.Ganieva, X.Toychieva, L.Ilieva, M.Qahhorova, G.Alimova, B.Xoldorov, M.Mirsolieva, L.Tursunov, M.Sobirova va boshqalar dars berishmoqda.

Malaka oshirish kursi oquv jarayoniga universitet professor-oqituvchilaridan tashqari boshqa tashkilotlardan ham yetakchi mutaxassislar jalb qilingan. Malaka oshirish kursi tinglovchilari universitet auditoriyalaridagi darslardan tashqari Toshkent shahridagi namunaviy akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida - Ozbekiston Milliy Universiteti qoshidagi akademik litseyda, TTESI qoshidagi akademik litseyda, Toshkent pedagogika kollejida, 1-Toshkent pedagogika kollejida, Toshkent qurilish kommunal kasb-hunar kollejida, Toshkent moliya va iqtisojiyot kollejida bolishadi, ularning oquv bazalari, oquv jarayonlari, fan kabinetlari va undagi zamonaviy oquv jihozlari, texnikalari bilan, hamda umumtalim fanlarini oqitishda qollanilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar bilan yaqindan tanishishadi.

Shu bilan birga malaka oshirish kursi tinglovchilari yangi fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida Ozbekiston FA ning Yadro fizikasi, Polimerlar ximiyasi, Tarix instituti, Til va adabiyot institutlarida bolishadi. Bundan tashqari tinglovchilar Toshkentning diqqatga sazovor joylarida Xotira maydonida, Shahidlar maydonida, Temuriylar tarixi davlat muzeyida, Ozbekiston xalqlari tarixi muzeyida, Amaliy sanat muzeyida va Milliy teatrda hamda Muqimiy nomidagi teatrlarda bolishadi.


Malaka oshirish kursining 2013 yilida Orta maxsus, kasb-hunar talimi buyurtmasi asosida orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimida faoliyat korsatayotgan 2130 nafar umumtalim fanlari oqituvchilarining malakasini oshirish rejalashtirildi.

Malaka oshirish kursi va orta maxsus kasb-hunar talimi boshqarmalari bilan shartnomalar tuzilgan. Tinglovchilar soni hamda xarajatlar hisobi tomonlar tarafidan kelishiladi va tasdiqlanadi. Shartnomaga asosan Orta maxsus, kasb-hunar talimi bashqarmalari yil davomida umumtalim fanlari oqituvchilarining malakasini oshirishga bolgan ehtiyoji organiladi, ularning monitoringi tashkil qilinadi.

Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglarining malakasini oshirish kursi faoliyati togrisida

Malaka oshirish kursining 2013 yilida Orta maxsus, kasb-hunar talimi buyurtmasi asosida orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimida faoliyat korsatayotgan 2130 nafar umumtalim fanlari oqituvchilarining malakasini oshirish rejalashtirildi.

Malaka oshirish kursi va orta maxsus kasb-hunar talimi boshqarmalari bilan shartnomalar tuzilgan. Tinglovchilar soni hamda xarajatlar hisobi tomonlar tarafidan kelishiladi va tasdiqlanadi. Shartnomaga asosan Orta maxsus, kasb-hunar talimi bashqarmalari yil davomida umumtalim fanlari oqituvchilarining malakasini oshirishga bolgan ehtiyoji organiladi, ularning monitoringi tashkil qilinadi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglarining malakasini oshirish kursida Respublika orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimidagi matematika, fizika-astronomiya, ximiya, biologiya, geografiya, chizmachilik, musiqa, ozbek tili va adabiyoti, tarix, milliy istiqlol goyasi, rus tili va adabiyoti, chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik, pedagogika va psixologiya fanlari oqituvchilarining hamda amaliy psixologlarning malakalari oshirilib kelinmoqda.

Oquv-metodik kengashning ish rejasida malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun tayyorlangan fan dasturlarini, maruza matnlarini qayta korib chiqish, ularni muhokama etish va tasdiqlash; malaka oshirish kursida oqitiladigan maruza va amaliy mashgulotlar samaradorligini oshirish; dars jarayonida yangi oquv texnika vositalaridan foydalanish holati, malaka oshirish kursining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash; ozaro darslarga kirish, ilgor pedagogik tajribalarni organish kabi masalalar orin olgan. Bularning barchasi oquv jarayonini tolaligicha qamrab olgan.

Oquv mashgulotlari tasdiqlangan dars jadvali asosida olib boriladi. Darslar yangi pedagogik texnologiyalar asosida suhbat, savol-javob, bahs-munozara, muammoli dars shakllarida hamda korgazmali va tarqatma materiallardan foydalanilgan holda olib borilmoqda.

Malaka oshirish kursiga universitet kafedralardan 50 nafar tajribali professor-oqituvchilar jalb etilgan. Ularning 22 nafari professor, 17 nafari dotsent, 11 nafari katta oqituvchilardir.

Malaka oshirish kursida dars jarayonida yangi oquv texnika vositalaridan foydalanish yaxshi yolga qoyilgan. Fakultetda 25 ta Pentium-IV kompyuterlari, 3 ta videoproektor, 1 ta video ikkilik, Lektor tizimi mavjud. Bularning barchasi darslarning, berilayotgan malumotlarning tinglovchilar tomonidan yaxshi ozlashtirilishida qol kelmoqda. Kompyuterlarning 13 tasi internet tizimiga ulangan va undan imkoniyat darajasida dars jarayonida foydalanilmoqda. Bularning hammasi malaka oshirish kursida oqitiladigan maruza va amaliy mashgulotlarining samaradorligini oshiradi.

Oquv jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bu tinglovchilarga berilayotgan darslarning mazmuni va sifati masalasidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bolgan talablar kompleksini belgilaydi. Malaka oshirish kursida dars beradigan professor-oqituvchilar Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-son qarorida korsatilgan Pedagog kadrlarning malaka talablariga rioya qilgan holda darslarga jiddiy tayyorgarlik koradilar. Tinglovchilarga berilayotgan darslarning samaradorligini oshirish uchun interfaol metodlardan foydalanadilar. Oquv jarayonida didaktik materiallar, texnik vositalar va multimediyalardan foydalanish yaxshi yolga qoyilgan. Dars jarayonida tajribali oqituvchilarning usullari, yutuqlari, izlanishlari organiladi va tinglovchilar orasida ommalashtiriladi.

Malaka oshirish kursida maxsus kutubxona tashkil etilgan. Bugungi kunda kutubxonamiz 6000 ga yaqin kitob fondiga ega. Kutubxonada fanlar boyicha oquv qollanmalari, metodik korsatmalari, maruza matnlari, tarqatma materiallari, kundalik roznomalar mavjud.

Professor-oqituvchilar tomonidan tinglovchilar uchun fanlar boyicha maruza matnlari, metodik tavsiyanomalar, uslubiy qollanmalar, tarqatma materiallar tayyorlanib, tinglovchilarga tarqatilmoqda.

Malaka oshirish sifatini baholash maqsadida tinglovchilar dastlab Kirish testlarini, kurs yakunida esa Bitirish testlarini topshiradilar. Ular bir oy davomida tayyorlashgan loyiha ishlarini himoya qiladilar. Bitiruv ishlariga qoyiladigan talablar universitet Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan. Rejalashtirilgan loyiha ishlarida ijodiylikni taminlash maqsadida konsultatsiya kunlari belgilangan.

Malaka oshirish kursi bilan Orta maxsus kasb-hunar talimi hududiy boshqarmalari va talim muassasalari ortasida hamkorlik aloqalari mavjud. Tinglovchilar oqish davomida Toshkent shahrida joylashgan OzMU qoshidagi Sirojiddinov nomidagi akademik litsey, Toshkent pedagogika kollejlari, TTESI qoshidagi akademik litsey, Toshkent informatika kasb-hunar kolleji, TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi, Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji hamda Toshkent moliya iqtisodiyot kasb-hunar kollejlarida darslarni kuzatish jarayonida ilgor pedagogik tajribalar va yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishadilar.

2 noyabr 2015 yil, O`qilgan:8259

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Oliy o`quv yurtidagi ta`lim sifatini nazorat qilish usullari.

    Javob: Ichki nazorat, joriy, oraliq, yakuniy, tashqi, davlat, jamoat, yakuniy davlat attestatsiyasi nazoratlari

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar