Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Marxabo yurtimning kо`rkam bahori- Navrо`zi olam!

Fizika-matematika fakultetining Navrо`z umumxalq bayrami kо`tarinki ruhda tashkil etildi. Fakultet xududida va talabalar turar joylarida obodonlashtirish va kо`kalamzorlashtirish ishlari bо`yicha olib borilgan ishlarda 16-17 mart kunlari 50 nafar professor -о`qituvchilar hamda 850 nafar talabalar faol ishtirok etdi.






Fizika-matematika fakultetining Navrо`z umumxalq bayrami kо`tarinki ruhda tashkil etildi. Fakultet xududida va talabalar turar joylarida obodonlashtirish va kо`kalamzorlashtirish ishlari bо`yicha olib borilgan ishlarda 16-17 mart kunlari 50 nafar professor -о`qituvchilar hamda 850 nafar talabalar faol ishtirok etdi.

Shuningdek fakultet miqyosida Navrо`z bayramiga bag`ishlangan devoriy gazetalar tanlovi о`tkazilib, unda akadem guruhlar faol ishtirok etishdi. G`olib deb, informatika о`qitish metodikasi-201, informatika о`qitish metodikasi-102, fizika о`qitish metodikasi-104rus, informatika о`qitish metodikasi-101, matematika о`qitish metodikasi-204 guruhlar topildi va fakultet tomonidan munosib taqdirlandi.

Albatta Navrо`z umumxalq bayrami munosabati bilan milliy о`yinlar qatorida fakultetda akadem guruhlar о`rtasida "Mini futbol" musobaqasi tashkil etildi unda 22 ta guruhlar о`rtasida musobaqalar davom etmoqda.

Fakultet miqyosida 20-mart kuni soat 14-00da 5-anjumanlar zalida "Navrо`z" bayrami tashkil etildi. Fakultet dekani D.Yunusova kirish sо`zi bilan barchani bayram bilan tabriklab ochib berdi. Sо`ngra tadbir ishtirokchilari tomonidan sahna kо`rinishlari namoyish etildi. Tadbirda fakultet professor-о`qituvchilaridan F.Saydaliyeva, F.Muxammedova, O.Rajabova, X.Maxmudova, A.Xо`jayev, M.Atayeva, A.Tillaboyev, D.Ziyadullayev, SH.Qurbonova va informatika о`qitish metodikasi-201, fizika о`qitish metodikasi-102, matematika о`qitish metodikasi-102, matematika-303, matematika -304 guruh talabalari faol ishtirok etdi.

Navrо`z bayrami munosabati bilan fakultetda о`z ish faoliyatini olib borgan va shu kunlarda nafaqada bо`lgan faxriylardan О`.Toshmetov, M.Xushvaqtov, E.Rasulov, X.Ochilova, S.Orifjonov, M.О`lmasovalar hamda hozirgi kunda ish faoliyatini olib borayotgan keksa pedagoglardan M.Jо`rayev, N.G`ofurov, M.Eshpо`latov, O.Musurmonovlar taklif etildi va ularga hurmat va ehtirom kо`rsatildi.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan obodonlashtirish ishlari jumladan 16-mart kuni 5-sonli talabalar turar joyida Rakat MFY bilan hamkorlikda sumalak tashkil etildi. Shu bilan birgalikda Rakat MFYda yashovchi bir qancha qariyalarni holidan habar olib bayram bilan qutlashdi. Unda maxalla faollari, fakultet professor-о`qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Fizika-matematika fakulteti

M304 guruh talabasi N. B.Farmonov

15 aprel 2013 yil, 9,475
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering