Foydali manbalar













OTM web-reytingi

O`lkamizga xush kelding, Navrо`z!

Azaliy qadriyatlarimiz mujassamlashgan mehr-oqibat, muruvvat, ezgulik va tenglik bayrami hisoblanadigan bahor bayrami Navrо`zni har yilgidek kо`tarinki kayfiyatda kutib oldik.






Azaliy qadriyatlarimiz mujassamlashgan mehr-oqibat, muruvvat, ezgulik va tenglik bayrami hisoblanadigan bahor bayrami Navrо`zni har yilgidek kо`tarinki kayfiyatda kutib oldik. Yasharish va yangilanish bayrami - Navrо`z munosabati bilan xalqimiz azaldan yon atrofni chiqindilardan tozalab, atrofni gullarga burkaydi. Ayniqsa, "2013-Obod turmush yili" da Navrо`zga tayyorgarlik о`zgacha tus oldi.

Universitetimiz jamoasida ham bayram shukuhi 16-17 mart kunlari о`tkazilgan umumxalq hasharidan boshlandi. Unda 8571 nafar professor-о`qituvchi, ishchi-xodim va talaba yoshlar ishtirok etdilar. Umumxalq hashari davomida universitetning 7.5ga maydoni obodonlashtirildi, 3.2 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi, 3,3 km ariq va lotoklar tozalandi, 60 tup manzarali, 10 tup mevali va 730 tup gul kо`chatlari о`tkazildi, 344 dona daraxtlar oqlandi va shakl berildi. Zero, Navrо`z gо`zallik va nafosat bayrami hamdir.

Tabiat uyg`onishi bilan kishilar ruhiyatida ham о`zgacha kо`tarinki kayfiyat hukm suradi. Qalblarimiz yashillikka burkangan tabiatdan andoza olgandek yasharadigan bunday bayramga о`zgacha taraddud kо`rilishi tabiiy.

Universitetimiz jamoasining "O`lkamizga xush kelding, Navrо`z" nomli bayram tadbiri O`zbekiston milliy bog`ida boshlangan malakatimizning bosh Navrо`z tantanalariga ulanib ketdi. Yurtboshimiz taХkidlaganlaridek, azaliy va abadiy bayram Navrо`z el-ulus qalbida yaratish va bunyodkorlik hislarini о`zida mujassam etgan, ilohiy mazmun- mohiyatga ega, elimizning tabiati, ongi- tafakkuri va qalbigi, har bir oila va xonadonga shodu-xurramlik olib kirishi bilan aziz va suyuklidir. Zero, Navrо`z bayrami arafasida barcha gina-kuduratlar unutiladi, doshqozonlarga sumalaklar solinib hamjihatlikda tayyorlanadi.

Tadbirda Xalq taХlimi vaziri U.I. Inoyatov ishtirok etib, universitet jamoasini mehr-muruvvat, saxovat va ezgulik bayrami bilan qutladi.

Bayramga uzoq yillar samarali mehnat qilgan va mehnat qilayotgan professor-о`qituvchilar taklif qilinib ularga ehtirom kо`rsatildi.

Ustoz-talabalar birgalikda sumalaklar, kо`k somsa va chuchvaralar tayyorlab, bayram dasturxoniga tortishdi. Talabalarning badiiy chiqishlari, milliy kuy-qо`shiqlar, navrо`z kayfiyatini dillarga jo etuvchi sheХriy kompozitsiyalar yig`ilganlarni xushnud etdi. Xalqimizning sevimli sanХtkorlari ijrosida yangragan vatan chiroyi, bahor gо`zalligi, yurt ishqini tarannum etuvchi kuy-qо`shiqlar shо`x raqslarga ulanib ketdi.

Navrо`z tantanalari fakultetlarda, akadem guruhlarda davom etmoqda.

Universitet bayram tantanalari haqidagi reportaj Toshkent telekanali "Salom Toshkent" tonggi informatsion dasturi orqali olib berildi.

15 aprel 2013 yil, 8,490
.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)