Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

brt si rillri 28sn

Unda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi azolari, Ozbekiston Markaziy banki, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati vakillari, Yosh adolatchilar qanoti yetakchilari ishtirok etdi.

Siyosat

Tashabbuskor yoshlar el-yurt tayanchi

Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Yosh adolatchilar qanotining konferensiyasi bolib otdi.

Unda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi azolari, Ozbekiston Markaziy banki, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati vakillari, Yosh adolatchilar qanoti yetakchilari ishtirok etdi.

Adolat sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi N.Umarov, Yosh adolatchilar kengashi raisi F.Omonova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolning ilk yillaridanoq har tomonlama soglom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri etib belgilanganini takidladi.

Adolat sotsial-demokratik partiyasi azolarining salmoqli qismini yoshlar tashkil etmoqda. Shu bois partiya dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, navqiron avlodning siyosiy-huquqiy bilimi va faolligini oshirishga qaratilgan tizimli oquv ishlarini tashkil etish, yoshlarda mamlakatda va dunyoda sodir bolayotgan yangiliklarga nisbatan togri va xolis munosabatni shakllantirish, jamoatchilik ishlarida tashabbuskorlik korsata olish qobiliyatiga ega, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga etibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda biz, yoshlar uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlardan foydalanib, yurt ravnaqiga hissa qoshishga harakat qilmoqdaman, deydi Guliston davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litsey oquvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Mahzuna Abdurasulova.

Konferensiyada yoshlar bilan ishlashda ijtimoiy sheriklik tamoyilini kuchaytirish, xususan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Innovatsion texnologiyalar markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi singari jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yosh adolatchilar qanoti va uning barcha hududiy bolinmalari tomonidan otgan yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.

Iqtisodiyot

Fermerlarning komakchisi

Prezidentimizning 2012-yil 22-oktabrda qabul qilingan Ozbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan Ozbekiston Fermerlari kengashi fermer xojaliklari faoliyatini boshqarish va uni tashkiliy-huquqiy jihatdan mustahkamlash borasida izchil ishlarni amalga oshirmoqda.

Oz tarkibida 8 ming 100 fermer xojaligini birlashtirgan Qashqadaryo viloyati fermerlar kengashi hududda fermerlik harakatini rivojlantirish, fermer xojaliklarining moddiy-moliyaviy bazasini mustahkamlash, haq-huquqlarini himoya qilish va qollab-quvvatlashga alohida etibor qaratmoqda.

Yangi talablarga kora, fermer xojaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etish, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berishda jamoatchilik nazorati ornatilib, mazkur jarayonda tuman fermerlar kengashi raisi va azolarining roziligi olinishi shart qilib qoyildi, deydi viloyat fermerlar kengashi raisi Baxtiyor Safarov.

Viloyat fermerlar kengashi tomonidan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suvdan oqilona foydalanish masalalariga ham alohida etibor qaratilmoqda. 2013-yilda 12 fermer xojaligining 16 gektardan ziyod yer maydonida tomchilatib sugorish texnologiyasi joriy etildi. Guzor tumanidagi Istiqlol fermer xojaligi poliz ekinlariga tomchilatib sugorish usulini joriy qilib, yuqori hosildorlikka erishgan bolsa, Kitob tumanidagi Karimov Oktam Amirovich fermer xojaligi va Shahrisabz tumanidagi Davron fermer xojaligi 3 gektar bogda mazkur texnologiya orqali suvni tejash imkoniga ega boldi. Joriy yilda ham 79 fermer xojaligining 894 gektar maydonida ana shunday tejamkor usulni yolga qoyish rejalashtirilgan.

Otgan yili kop tarmoqli fermer xojaliklari hisobidan qishloq joylarda 8 ming 363 yangi ish orni yaratildi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlari tashkil qilinib, 994 gektar maydonda intensiv va mahalliy boglar, 444 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etildi.

Fermerlar oz yonalishlaridan tashqari qoshimcha xizmat turlari ham tashkil etib, aholi bandligini taminlashga munosib hissa qoshmoqda. Yakkabog tumanidagi Sharofat ona Qahramon qizi fermer xojaligi Esat qishlogida gozallik saloni va sartaroshxonani ishga tushirib, 5 nafar yoshni ish bilan taminladi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga oz bolsa-da, hissa qosholsak, ozimizni baxtiyor his etamiz, deydi Nishon tumanidagi Saydaliyev Muhriddin fermer xojaligi rahbari Saydali Tursunov. Yaqinda qishlogimiz yoshlari uchun suniy qoplamali mini-futbol maydoni qurdik. Uning yonida avtomobillarning vaqtincha toxtash joyi, savdo dokoni ham barpo etildi. Mazkur loyihalarni ishga tushirish orqali 15 yangi ish orni yaratildi.

Ayni paytda joylardagi davlat va xojalik boshqaruvi organlari, tayyorlov, taminotchi hamda xizmat korsatuvchi tashkilotlar bilan munosabatlar, shuningdek, ishni sudda korib chiqishda fermer xojaliklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish viloyat va tuman fermerlar kengashlarining asosiy vazifalaridandir. Joriy yilning otgan davrida fermer xojaliklarining turli masalalar yuzasidan 117 murojaati ijobiy hal etilishiga komaklashildi. Fermerlar kengashi tomonidan joylarda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik va boshqa masalalar boyicha konsalting markazlari tashkil etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unga kora, Kitob, Qamashi, Mirishkor va Qarshi tumanlari fermerlar kengashi qoshida konsalting markazlari, qishloq xojaligi kasb-hunar kollejlari qoshida fermerlarni qayta tayyorlash va oqitish uchun maxsus kurslar tashkil etilmoqda.

Jamiyat

Dostlik va hamjihatlik festivali

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda millatlararo totuvlik, ahillik va hamjihatlikni asrash, xalqimizga xos bagrikenglik, mehr-oqibat, muruvvat va saxovat tuygularini yanada mustahkamlashga alohida etibor qaratilmoqda. Yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning oz ona tili, qadriyat va urf-odatlari, tarixi va madaniyatini organishi hamda rivojlantirishi uchun zarur sharoit yaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1992-yilda tashkil etilgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi va uning joylardagi bolimlari ana shu etibor va gamxorlikning amaldagi namunasidir.

Buxoro viloyatidagi milliy madaniyat markazlarining samarali faoliyat yuritishi, turli millatlarning oziga xos madaniyati, anana va qadriyatlarini asrab-avaylash, yanada rivojlantirish uchun barcha sharoit muxayyo qilingan.

Mazkur markazlarning asosiy maqsad va vazifalari jamiyatimizda millatlar ortasida qaror topgan ahillik, totuvlik va bagrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash, ushbu ezgu maqsadga qaratilgan jamoatchilik tashabbuslarini qollab-quvvatlash, milliy anana va qadriyatlarni asrab-avaylash, rivojlantirish, keng targib etishga hissa qoshishdan iborat. Markazlar tomonidan tashkil etilayotgan madaniy-marifiy anjumanlar, turli mavzulardagi uchrashuv va davra suhbatlari yoshlarimizni Vatanga muhabbat, istiqlol goyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Soglom bola yiliga bagishlab Buxoro viloyati hokimligi va viloyatdagi milliy madaniyat markazlari hamkorligida Ozbekiston yagona oila shiori ostida otkazilgan dostlik festivalida bu haqda alohida takidlandi.

Bugungi kunda viloyatda 110 dan ziyod turli millat va elat vakillari yagona oila farzandlaridek ahil-inoq yashamoqda. Ular barcha fuqarolar kabi Bosh Qomusimizda belgilangan huquq va erkinliklardan keng foydalangan holda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.

Respublikamizda, jumladan, Buxoro viloyatida oqitish qozoq tilida olib boriladigan koplab maktablar bor. Farzandlarimiz ona tilida saboq olishi uchun barcha sharoit yaratib berilgan, deydi Qorovulbozor tumanidagi 18-bolalar musiqa va sanat maktabi oqituvchisi Gulmira Bekbautova. Sanat maskanimizda qozoq kuy-qoshiqlari va raqslari bolimi tashkil etilib, Aynur folklor-etnografik ansambli faoliyat korsatmoqda. Barchamiz uchun yagona bolgan mana shu muqaddas diyorda turli millat vakillari bilan tinch-ahil, hamjihat bolib yashab kelayotganimizga shukronalar aytamiz. Bu Prezidentimiz olib borayotgan oqilona siyosat, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik samarasidir.

Tadbir doirasida milliy madaniy markazlar tomonidan milliy liboslar va taomlar korgazmasi, turli xalqlar ortasidagi dostlik aloqalari aks etgan tasviriy sanat asarlari namoyish etildi.

Festivalda turli milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalar, taniqli sanatkorlar tomonidan ijro etilgan Ozbekiston, dostlik, tinchlik, muhabbat va yoshlikni tarannum etuvchi kuy-qoshiqlar dillarni yanada yaqinlashtirdi.

Texnologiyalar

Dasturiy mahsulotlar zamon talabi

Har bir mamlakatning ertasi va kelajagi qanday bolishi kop jihatdan yoshlarining qay darajada talim-tarbiya olayotgani bilan belgilanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga yetayotgan ogil-qizlarning kamoli bilan chambarchas bogliqdir. Shu manoda rivojlangan demokratik davlat barpo etish jarayonida murakkab va keng kolamli vazifalarni hal etishga qodir yangi avlodni tarbiyalash masalasi muhim ahamiyatga ega.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida olti yuzga yaqin talaba talim olmoqda. Yoshlarning zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ularda internet tarmogi orqali olinayotgan axborotlarni samarali qollash konikmasini shakllantirish hamda axborot-resurs markazlarida elektron axborot hajmi va sifatini oshirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Jumladan, talabalar va professor-oqituvchilarning axborotga bolgan ehtiyojini taminlash maqsadida oliy talim muassasasi zamonaviy komputer texnikasi, dasturiy vositalar bilan jihozlanmoqda.

Yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, katta yutuqlarga erishayotgan talabalar kopchilikni tashkil etadi. Filialning 3-bosqich talabasi Artur Temurov ana shunday yoshlardan biri.

Otgan yili u respublika oliy oquv yurtlari talabalari ortasida Xorazmda otkazilgan Talabalar bahori 2013 festivali doirasida tashkil etilgan iqtidorli talabalar tanlovida ozining Talimda android tizimidagi mobil ilovalarni qollash loyihasi bilan goliblikni qolga kiritgan edi. Shuningdek, ICTExpo 2013 ananaviy axborot texnologiyalari milliy korgazmasi hamda Yurt kelajagi respublika tanlovida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida dasturiy mahsulotlar bozori jadal rivojlanmoqda, deydi Artur. Buning natijasida telekommunikatsiya infratuzilmasini, mobil aloqa va boshqa xay-tek mahsulotlarini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar hayotga tatbiq etilayotir. Boshqacha aytganda, mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning yuqori texnologiyali bazasi shakllantirilmoqda.

Ayni paytda yosh tadqiqotchi ozi yaratgan Talimda android tizimidagi mobil ilovalarni qollash dasturini takomillashtirish, PDF formatidagi hujjatlarni android tizimiga kiritish hamda ushbu tizimda talim muassasalari uchun elektron dalolatnoma yaratish ustida ish olib bormoqda.

Sport

Barkamol avlod sari

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan Umid nihollari, Barkamol avlod va Universiada sport oyinlari mamlakatimiz yoshlari oz iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun katta imkoniyat yaratayotgani quvonarlidir.

Ayni kunlarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oquvchi-yoshlari Namangan viloyatida otadigan Barkamol avlod 2014 musobaqalari final bosqichi yollanmasini qolga kiritish uchun qizgin hozirlik korayotir. Hududlarda terma jamoalar shakllantirilib, jamoaviy sport turlari boyicha saralash bosqichlari otkazilmoqda.

Poytaxtimizda futbol boyicha Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan jami on tortta jamoa ishtirokida otkazilgan musobaqa ham Barkamol avlod 2014 sport oyinlarining mamlakat bosqichiga saralash vazifasini otab berdi.

Qariyb bir hafta davom etgan bahslarda raqiblaridan har tomonlama ustunligini namoyish etgan Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari nufuzli sport musobaqasining finalida ishtirok etish imkoniga ega boldi.

Barkamol avlod 2014 oyinlari mamlakat bosqichining oxirgi yollanmasi uchun bahs Ozbekiston futbol federatsiyasi maydonida Sirdaryo va Samarqand viloyatlari futbolchilari ortasida bolib otdi.

Saralash bahslariga puxta tayyorgarlik kordik, deydi Sirdaryo viloyati jamoasi bosh murabbiyi Jahongir Murodqosimov. Jamoamiz azolari Guliston markaziy stadionida tashkil etilgan oquv-mashgulot yiginlarida tajriba va mahoratini oshirdi. Guliston, Zomin va Lokomotiv BFK klublari bilan ortoqlik uchrashuvlarida qatnashdi.

Jamoaning ahilligi, futbolchilarning galabaga ishtiyoqi besamar ketmadi. Poytaxtimizda otgan mintaqaviy bosqichda sirdaryolik yoshlar surxondaryolik tengdoshlarini 2:1, qoraqalpogistonlik futbolchilarni 1:0 hisobida yengdi. Samarqandlik yoshlarga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsda Shahzod Turdibekov, Shoxruh Toxtaboyev va Jahongir Qurbonboyevning goli evaziga 3:1 hisobida galaba qozongan sirdaryoliklar Barkamol avlod 2014 sport oyinlarining final bosqichiga yollanma oldi.

Saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Namangan viloyatiga borish imkoniyatiga ega bolganimizdan behad xursandmiz, deydi Guliston shahridagi 2-pedagogika kolleji oquvchisi Shoxruh Eshbotaev. Barkamol avlod musobaqalari bizni ulkan marralar sari ruhlantiruvchi katta sport anjumanidir.

Axborot manbasi: OzA

18 aprel, O`qilgan:6328

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Kommunikativ qobiliyat qanday qobiliyat?

    Javob: Boshqalarning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdardlik munosabatida bo`lish asosida ta`lim va tarbiya bera olish qobiliyatidir

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar