library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

25 aprel 2016 yil, 9,333
Abdullayeva B.S.

Xalqaro konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2013 yil 26 dekabrdagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta‘lim va ilmiy tadqiqot muaassasalarida 2014 yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 494-sonli buyrug‘i asosida 2014 yil 12-13 noyabr kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida “Uzluksiz ta‘lim tizimida hamkorlik pedagogikasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazildi.

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

- hamkorlik pedagogikasi - XXI asr ta’lim konsepsiyasi sifatida (koordinatorlar: R.Isyanov, N.Egamberdiyeva);

- uzluksiz ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida barkamol shaxsni shakllantirish masalalari (koordinatorlar: N.Egamberdieva. B.Xodjaev);

- uzluksiz ta’lim tizimida fuqarolik jamiyati institutlari va ta’lim muassasalari hamkorligi (koordinatorlar: O.Musurmonova, N.Egamberdiyeva);

- uzluksiz ta’lim tizimida axborot madaniyatini shakllantirish-hamkorlik pedagogikasining muhim yo‘nalishi sifatida (koordinatorlar U.Begimqulov, E.Yuzlikayeva);

- hamkorlik pedagogikasi g‘oyalari asosida uzluksiz ta’lim tizimini texnologiyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari (koordinator: B.Abdullayeva);

- uzluksiz ta’lim tizimida tarixiy, falsafiy-antropologik yondashuvni tatbiq etishning metodologik masalalari (kordinator: M.Qaxxarova);

- uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim oluvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirishning dolzarb masalalari (koordinatorlar: F.R.Yuzlikayev, R.Niyozmetova);

- uzluksiz ta’lim tizimida sub’ekt-subekt munosabatlarini rivojlantirishning psixologik asoslari (koordinator: N.Safayev).

Konferensiyaning barcha ishtirokchilariga konferensiyada ishtirok etganligini tasdiqlovchi sertifikat berildi. Xorijlik konferensiya ishtirokchilari uchun O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga sayohat tashkil etildi.

25 aprel 2016 yil, O`qilgan:9333



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Konferensiya va seminarlar