library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

3 iyul 2017 yil, 25,637
Tuxtamatov X.R.

Qabul nizomi

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 20 iyundagi

393 -son qaroriga

1-ilova

Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga

talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida

NIZOM

1bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Ta`lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom harbiy ta`lim muassasalariga tadbiq etilmaydi.

2. Oliy ta`lim muassasalari qabulni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to’lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.

3. Oliy ta`lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi (keyingi o’rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan test sinovlari natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan to’lov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari abituriyentlarni o’qishga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to’lov- kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta`minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Tanlov har bir oliy ta`lim muassasasi bo’yicha ta`lim yo’nalishlari, o’qitish tillari va shakllariga ko’ra alohida o’tkaziladi. Ayrim yo’nalishlar bo’yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo’yicha alohida o’tkaziladi. Maqsadli qabul tanlovida qatnashib davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur ta`lim yo’nalishida to’plagan test ballari bilan umumiy to’lov-kontrakt doirasidagi tanlovda ishtirok etadi.

Test sinovlari, shuningdek ularni o’tkazish tartibini belgilash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o’rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy ta`lim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini o’tkazish uchun zarur sharoitlarni ta`minlaydilar.

4. Test sinovlari uch tilda - o’zbek, rus, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi oliy ta`lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o’tkaziladi.

Oliy ta`lim muassasasida ta`lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitish tili, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqdanadi.

Abituriyent test sinovlarini va kasbiy (ijodiy) imtihonni oliy ta`lim muassasasida o’qiydigan tilda topshiradi. Bunda o’zbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent o’z arizasiga asosan test sinovlarini o’zbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega.

O’zbekistan Respublikasi oliy ta`lim muassasalari ta`lim yo’nalishlari ro’yxati va test bo’yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, frantsuz tillaridan biri bo’yicha test sinovi topshiradi. Abituriyent o’qigan chet tilidan qatiy nazar, xoxlagan (ingliz, nemis, frantsuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.

Agar umumiy o’rta ta`lim (11-sinf negizida), o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasida ingliz, nemis yoki frantsuz tillari o’tilmasdan boshqa chet tillari o’qitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi o’rniga ko’p balli tizim bo’yicha imtihon topshiriladi.

Oliy ta`limning ayrim yo’nalishlari bo’yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo’shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladigan ta`lim yo’nalishlari ro’yxati tasarrufida oliy ta`lim muassasalari bo’lgan vazirlik va idoralar takliflari asosida Davlat test markazi hamda Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

5. Ayrim ta`lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitish tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan ta`lim yo’nalishlariga qabul ko’p balli tizim bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladigan ta`lim yo’nalishlari ro’yxati Davlat test markazi hamda Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ushbu ta`lim yo’nalishlariga arizalar ko’rsatilgan tillarda o’rta ta`lim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki ko’rsatilgan tillarda umumiy o’rta ta`lim muassasasini tugatib, akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo’lgan abituriyentlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, ko’p balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yig’indisi shaxsan oliy ta`lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.

6. Umumiy o’rta ta`lim (11-sinf negizida), o’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg’ur, italyan, yapon tilini (ingliz, nemis va frantsuz tillari o’qitilmagan holda) chet tili sifatida o’qigan abituriyentlar mazkur tildan ko’p balli baho tizimi bo’yicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar bo’yicha esa test sinovlaridan o’tadilar.

Umumiy o’rta ta`lim (11-sinf negizida), o’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg’ur, italyan, yapon tili bilan birgalikda ingliz, nemis va frantsuz tillari xam o’qitilgan holda (ushbu fanlar abituriyent diplomi ilovasida (attestatida) mavjud bo’lganda) abituriyent arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg’ur, italyan, yapon tilidan ko’p balli baho tizimi bo’yicha imtihon topshiradi.

Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va frantsuz filologiyasi) yo’nalishi bo’yicha o’qishga kiradigan abituriyentlarga nisbatan qo’llanilmaydi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg’ur, italyan, yapon tili bo’yicha fan dasturi va baholash mezonlari ushbu tillar o’qitiladigan tayanch oliy ta`lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va joriy etiladi.

7. Oliy ta`lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va ko’p balli imtihonlarni o’tkazish 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

8. Oliy ta`lim muassasalariga ko’zi ojiz abituriyentlarni o’qishga qabul qilish 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

9. Respublika tibbiyot oliy ta`lim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik “Oliy hamshiralik ishi" ta`lim yo’nalishiga qabul faqat o’rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma`lumot (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yo’nalish bo’yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo’shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladi.

10. Oliy ta`lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo’limning ta`lim yo’nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta`lim yo’nalishiga muvofiq o’rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo’lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim muassasalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta`lim yo’nalishlariga qabul faqat tegishli hududda yashayotgan va hududning o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari tomonidan berilgan diplomga ega bo’lgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

2-bob. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish

11. Oliy ta`lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o’qishga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida" 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Respublika fuqarolarini xorijiy oliy ta`lim muassasalariga o’qishga jo’natish davlatlararo shartnomalar va Davlat komissiyasining tegishli qaroriga, oliy ta`lim muassasalararo shartnomalarga hamda fuqarolarning tashabbusiga asosan amalga oshiriladi.

3-bob. Hujjatlarni qabul qilish

12. Oliy ta`lim muassasalarida o’qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida oliy ta`lim muassasalarida qabul komissiyalari tashkil etiladi.

Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi, tassarufida oliy ta`lim muassasalari bo’lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda Qabul komissiyasi raisi, uning o’rinbosari va qabul komissiyasi kotiblari tayinlanadi. Bunda oliy ta`lim muassasasi rektori (direktori) lavozim bo’yicha qabul komissiyasiga raislik qiladi.

Qabul komissiyalari a`zolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.

Abituriyentlarning o’qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham), O’zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15 iyundan 10 iyulgacha qabul qilinadi.

Abituriyent oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ta`lim yo’nalishi, o’quv tili, shakli ko’rsatilgan shakldagi ariza (arizada oliy ta`lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma`lumoti yo’qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo’lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta`lim muassasasi, ta`lim yo’nalishini ko’rsatishlari hamda test sinovlarini o’tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to’g’ri to’ldirish bilan tanishganligi ko’rsatiladi);

umumiy o’rta ta`lim (11-sinf negizida) yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;

086-U-shakl bo’yicha tibbiy ma`lumotnoma;

pasport (pasport yoshiga Yetmaganlar uchun tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma)ning nusxasi;

3.5x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

maxsus sirtqi bo’lim abituriyentlari uchun mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma.

To’liq davlat ta`minotidagi Yetim bolalar va 1 guruh ko’zi ojiz nogironlar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

To’liq davlat ta`minotidagi Yetim bolalar toifasiga “Mexribonlik uylari”da yashab ta`lim olgan, 18 yoshga to’lmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb e`lon qilingan bolalar kiradi.

Ariza shakli Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Tanlovdan tashqari o’qishga kirish huquqiga ega bo’lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g’oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Abituriyent arizasida “o’zim haqimda quyidagilarni ma`lum qilaman” grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, Yetim, “Mexribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yo’q) qayd etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolar harbiy qism qo’mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda takdim etadilar.

Harbiy qism tavsiyanomasining shakli va uni berish tartibi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.

Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga Yetmaganlar tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko’rsatiladi.

Harbiy qismlar qo’mondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab, uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi (oliy ta`lim muassasasiga talabalikka qabul qilinganligi to’g’risidagi rasmiy buyruq bo’lsa, imtiyozdan takroran foydalanish mumkin emas).

Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud bo’lganda oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so’ng hujjatlarga qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritish qatiyan man qilinadi.

Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy ta`lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari o’rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari 20 iyulgacha bo’lgan muddatda Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga ta`lim yo’nalishi, o’quv shakli va tili ko’rsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi ma`lumotni imtiyozga ega bo’lganlar to’g’risidagi ma`lumotlar bilan qo’shib taqdim etadilar.

4-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar

13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari o’tkazilishiga qadar 11 iyuldan 25 iyulgacha, test majmualarida fanning o’rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko’p ballning 0 dan 100 foizigacha bo’lgan oraliqda yagona ko’p balli baholash tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo’yicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 26 iyulga qadar bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markaziga oliy ta`lim muassasalari tomonidan 30 iyulgacha taqdim etiladi.

To`liq matni
yangi nizom_393.pdf

3 iyul 2017 yil, O`qilgan:25637



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar