Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Universitet rektorining tabrigi

Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi munosabati hamda yangi o’quv yili boshlanishi bilan universitet rektorining tabrigi






Hurmatli ustozlar va aziz talabalar!

Sizlarni mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi munosabati hamda yangi o’quv yili boshlanishi bilan bilan samimiy qutlayman.

Bu yil ham eng ulug’, eng aziz bayramimiz arafasida universitet hududi bayramga mos tasviriy vositalar bilan bezatilib, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Universitetimizda ta`lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, eng buyuk ne`mat - Mustaqillik bergan imkoniyatlarning samarasidir.

Hurmatli ustozlar va aziz talabalar!

Yangi o’quv yilini universitetda ko’tarinki kayfiyat va bayramona ruhda boshlash uchun keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

Yangi o’quv yili o’quv-tarbiyaviy, ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy va akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik sohasida uzoqni o’ylab tuzilgan ish olib borish imkoniyati yaratilib borilmoqda.

Pedagogik jamoa va talabalarimizga yangi o’quv yilida o’z oldilariga qo’ygan ezgu maqsadlariga erishish yo’lida tinimsiz va sidqidildan mehnat qilishlarida kuch-g’ayrat va sog’lik tilayman.

14 sentabr 2017 yil, 8,697
.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)