Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Ustoz va murabbiylarga bayram tabrigi!

Aziz hamkasblar, jamoadoshlar! Qadrli talabalar!

Dunyoda kasb-korlar, hunarlar kop. Lekin ular orasida oz ahamiyati va sharaflilik darajasiga kora ajralib turuvchi yana bir olijanob kasb borki, u shubhasiz ustozlik, murabbiylikdir.

Bu mashaqqatli va motabar kasb egalari ertangi kun, kelajak egalari bolmish yosh avlodga talim-tarbiya beradilar. Boshqacha qilib aytganda, xalqning, millatning ertasi ustozlar saboq bergan yosh avlodning tarbiyalanganlik va oqimishlilik darjasiga bogliq. Shu bois ustozning nomi, maqomi hamisha qadrlangan, baland tutilgan. Tarixda ochmas iz qoldirgan buyuk allomalarga talim-tarbiya bergan ustozlarining nomi ular bilan bir qatorda tilga olinishi bejiz emas. Zero ustoz va murabbiysiz insonning kamolotga erishuvi amrimaholdir.

Biz faoliyat korsatayotgan muqaddas dargoh respublikamizda oz orni va nufuziga ega. Ushbu dargohdan mamlakatimiz talim-tarbiya sohasi, manaviy va madaniy taraqqiyotiga sezilarli hissa qoshgan koplab olimlar, pedagoglar yetishib chiqqan. Bugun universitetimizda xizmat qilayotgan har bir professor-oqituvchi mana shu haqiqatni teran anglagan, oz zimmasidagi masuliyatni chuqur his qilgan holda faoliyat korsatmoqda, deb bemalol ayta olamiz. Kop ming sonli jaomoamiz azolari bir tan, bir jon bolib mamlakatimiz taraqqiyotiga, yosh avlod talim-tarbiyasiga munosib hissa qoshmoqda. Bu oz navbatida, har birimizning qalbimizni cheksiz faxr va iftixor tuygulariga toldiradi.

Bugun yurtimizda yosh avlodga talim-tarbiya berayotgan, kasb-hunar sirlarini orgatayotgan ustozlarning zimmasidagi masuliyat juda ulkan. Shiddat bilan rivojlanayotgan va axborot xurujlari kopaygan ayni zamonda kelajagimiz vorislarini barkamol va oz mustaqil fikriga ega yuksak intellektual salohiyatli kadrlar sifatida tarbiyalash, ularda milliy gurur va iftixor tuygularini shakllantirish bosh vazifamizdir. Universitetimizning ahil jamoasi mana shu ezgu maqsad atrofida jipslashib, qolni-qolga berib mehnat qilmoqda.

Yosh avlodni kamolot sari yollashdek mashaqqatli hamda sharafli vazifangizni alo darajada uddalashda barchangizga kuch-gayrat va omad yor bolishini tilayman. Yurtimizdan, oilamizdan qut-baraka arimasin.

Shavkat Sharipov, Universitet rektori

30 sentabr, O`qilgan:4795

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Pedagogik mahorat tushunchasi qaysi javobda to`g`ri berilgan?

    Javob: Pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish harakatga keltira olish, pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari tahlili

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar