|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      




Quvnoqlar va zukkolar korik-tanlovi

Talaba-yoshlarning darsdan keyingi faoliyatlarini mazmunli, samarali, bir maqsad sari olib borishda, ularni turli tanlovlarda, intellektual klublarda, turli xil togaraklarda jalb qilish, talabalarni oz ustida ishlashni, mustaqil fikrlay olishni, muloqot qilishni, aqliy salohiyatlarini oshirishni, sahnadagi aktyorlik, aktrisalik madaniyatini shakllantirishlari uchun fakultetlarda tizimli va uzluksiz talim tizimini olib borsagina universitetning, fakultetning reytingi oshishiga zamin yaratadi.

Har bir oliy talim tizimida talaba-yoshlarga talim-tarbiya berish bilan birga ularni qiziqishlari, intilishlari, xohish-istaklariga qarab barcha shart-sharoitlarni yaratish, keng imkoniyatlar ochib berish, istedodli, iqtidorli talabalarni izlash, ularni ragbatlantirish va qollab-quvvatlash har bir talim dargohida faoliyat olib borilayotgan faol jamoatchi, tashkilotchi oqituvchilarning vazifalaridan deb bilaman.

Ozbek tili va adabiyoti fakultetida korik-tanlovlar, togaraklar va intellektual klublarning uzluksiz va tizimli olib borilayotganligi fikrimizni tasdiqlaydi. Bir necha yillardan buyon fakultetning barcha kurslari ortasida ananaviy otkazilib kelinayotgan Quvnoqlar va zukkolar korik-tanlovi ham talabalar hayotida oz orni va ahamiyatiga egadir. Quvnoqlar va zukkolar korik-tanlovini tashkil etishimizdan asosiy maqsad:

- fakultet talaba-yoshlarni manaviy saviyasini yuksaltirish, ularni har xil zararli oqimlardan saqlash immunitetini shakllantirish, ularni milliy goya va mafkura ruhida tarbiyalashga qaratilgan dasturlar tayyorlash va ushbu dasturlarni talaba-yoshlar ortasida keng targib qilish;

- talaba-yoshlarning darsdan keyingi bosh vaqtlarini kongilli otkazishlari, maroqli dam olishlari uchun ularni Vatanga sadoqatli, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qoshishdan iboratdir.

Ozbek tili va adabiyoti fakultetida ananaviy otkazilib kelinayotgan Quvnoqlar va zukkolar korik-tanlovining 2014 yilgi mavsumi ham oz faoliyatini allaqachon boshlagan. Korik-tanlovning ilk soni 2014 yil 22-oktabrda universitetning 5-anjumanlar zalida otkazildi. Korik-tanlovni ochib berish va jamoalarga omadlar, zafarlar tilash uchun fakultet dekani f.f.n., dots. Azimov Inomjon oz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ilk oyinda fakultetning 202-guruhning PARVOZ jamoasi hamda 204-guruhning OMADLI TALABALAR jamoalari 4 shart asosida oz iqtidorlarini, istedodlarini namoyish etdilar. Jumladan, 1-shart Tashrif, 2-shart Talaba bir kuni..., 3-shart Boshlovchi savollariga javob, 4-shart Mashhurlar talabalar nigohida deb nomlanuvchi shartlar boyicha jamoalar bir-biridan qiziqarli, kongilochar chiqishlarini namoyish etishdi. Jamoalarni 5 ballik asosida baholash uchun 3 nafar hakamlar hayati jamoasi ham tuzildi. Jismoniy tarbiya instituti Chet tillar kafedrasi dotsenti Axmedova Hulkar, Ozbek tili va adabiyoti fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi Aliqulova Hulkar, Ozbek adabiyoti kafedrasi katta oqituvchisi Axmedova Vaziralar jamoalarni baholab borishdi. Korik-tanlovning yakuniy ballarini elon qilish va shartlar boyicha izohlarni bildirish uchun Axmedova Hulkar oz fikr-mulohazalarini bildirishdi. OMADLI TALABALAR jamoasi 42 ball topladi. PARVOZ jamoasi 49 ball toplab final yollanmasini qolga kiritdi.

Amriddin Ikromov, Ozbek tili va adabiyoti fakulteti Talabalar dekani, Quvnoqlar va zukkolar korik-tanlovi hamda Zakovat intellektual oyinlarining boshlovchisi va tashkilotchisi.

10 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:5119

`Quvnoqlar va zukkolar` ko`rik-tanlovining 2014 yilgi ikkinchi saralash soni

11 noyabr

Rim donishmandlaridan Pubiliy aytganlaridek: Maqsadsiz faoliyat, manfaatsiz maqsad, faoliyatsiz hayot yo`q. Bir necha yillardan buyon O`zbek tili va adabiyoti fakultetining barcha kurslari o`rtasida an`anaviy o`tkazilib kelinayotgan Quvnoqlar va zukkolar ko`rik-tanlovi ham talabalar hayotida o`z o`rni va ahamiyatiga egadir.

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Bo`lajak o`qituvchining pedagogik faoliyatga tayyorlanishida o`z ustida ishlashining maqsadini toping.

    Javob: O`quv dasturlarini egallashda yuksak professional saviyada ta`lim berishni ta`minlash, pedagogik nazokatga rioya qilish, bolaning obro`sini xurmat qilish, o`z ko`nikmasi va professional mahoratini takomillashtirish

So`nggi yangiliklar

28 aprel 2017 yil Xizmat beminnat
28 aprel 2017 yil Jannatga yol
28 aprel 2017 yil Sumalak sayli
28 aprel 2017 yil 2017 26 ,
28 aprel 2017 yil - :

Foydali manbalar









Bizning loyihalar