|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      




Pedagog kadrlarni QT va MO markazi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1533-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1761-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 278-son qarori hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash to’g’risidagi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug’i asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etilgan.

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazi faoliyati haqida ma’lumot

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1533-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1761-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 278-son qarori hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash to’g’risidagi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug’i asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etilgan.

Markazning tashkiliy tuzilmasi quyidagi ma’muriy va boshqaruv bo’limlardan iborat:

• Markaz direktori;

• Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini o’rganish bo’limi;

• Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg’or tajribani joriy etish bo’limi;

• Buxgalteriya.

Tarmoq markazi respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilarni pedagogika yo’nalishi bo’yicha qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ko’zda tutadi.

Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari reja-grafik asosida tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari tashkil etilgan.

Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan yaratilgan Internet tizimidagi yagona axborot-ta’lim portali doimiy ravishda resurslar bilan ta’minlash va ma’lumotlar almashish bo’yicha ishlar yo’lga qo’yilgan.

O’quv mashg’ulotlari o’tkaziladigan auditoriyalar to’liq kompyuterlar bilan jihozlangan.

O’quv mashg’ulotlari tizimli tashkil etilgan bo’lib, mashg’ulotlarni Respublikamizning eng yetuk olimlari, jumladan akademik S. S. G’ulomov, professorlar J. G’. Yo’ldoshev, S. Ashirboev, J. Tolipova, Sh. Shodmonova, M. Qaxxorova va boshqalar tomonidan nazariy, amaliy, ko’chma va tajriba almashish mashg’ulotlari hamda mustaqil ishlarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalarda o’tkazilmoqda. Tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga asosan amaliy mashg’ulotlar ularning mutaxassisliklari bo’yicha universitetning tegishli kafedralarida o’tkazilib kelinmoqda. Bundan tashqari tajriba almashish va ko’chma mashg’ulotlar respublikamizda faoliyat yuritayotgan dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallari (Turin politexnika universiteti, M. L. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I. M Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti) da tashkil etilgan.

Tinglovchilar o’quv mashg’ulotlaridan bo’sh vaqtlarida ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham shug’ullanishga imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, ular universitetning axborot texnologiyalar markazidan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Tinglovchilarning kirish va chiqish nazorat testlari Online tizimida yo’lga qo’yilgan.

Kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat va diplomlar o’rnatilgan tartibda topshiriladi.

Tarmoq markaziga qabul qilingan tinglovchilar uchun TDPU ning 3-sonli yotoqxonasidan yashash joylari ajratilgan.


NIZOMIY NOMIDAGI TDPU

Huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar ¬Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini¬ oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori hamda ushbu qarorning ijrosini -ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘i asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi.

Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida 2015 yil 12 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ¬malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732 sonli farmoni qabul qilindi.

Tarmoq markazining maqsadi pedagogika ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim muasssasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek umumta’lim fanlari, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Toshkent viloyati va Toshkent shahri o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

Tarmoq markazi Respublika Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi; Toshkent viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti; Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI; O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti; Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti; -Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti; Toshkent farmasevtika instituti; Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti; Toshkent arxitektura va qurilish instituti kabi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

5 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:12786

Markaz haqida

30 yanvar

Me`yoriy hujjatlar

30 yanvar

Markaz xodimlari

30 yanvar

MO o`quv-metodik hujjatlar

30 yanvar

QT o`quv-metodik hujjatlar

30 yanvar

Yangiliklar

30 yanvar

E`lonlar

30 yanvar

Hamkor tashkilotlar

30 yanvar

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    O`qituvchining kommunikativ qobiliyati qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

    Javob: Talabaga to`g`ri muomala qila olish, ularga yaqin bo`lish, ular bilan pedagogik samarali hamkorlik o`rnata bilish qobiliyati

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-30 01:59:27