library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

10 dekabr 2014 yil, 12,290
.

Malakaviy pedagogik amaliyot yakunlandi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-2015 о‘quv yili о‘quv jarayoni jadvaliga asosan Tabiiy fanlar, Defektologiya, О‘zbek tili va adabiyoti hamda Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetlari 4-kurs talabalari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari hamda Toshkent shahridagi yordamchi mehnat ta’limi maktablari, maxsus kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maktab-internatlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida malakaviy pedagogik amaliyotni о‘tadilar.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-2015 о‘quv yili о‘quv jarayoni jadvaliga asosan Tabiiy fanlar, Defektologiya, О‘zbek tili va adabiyoti hamda Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetlari 4-kurs talabalari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari hamda Toshkent shahridagi yordamchi mehnat ta’limi maktablari, maxsus kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maktab-internatlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida malakaviy pedagogik amaliyotni о‘tadilar.

Kimyo о‘qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishidan 61 nafar, defektologiya ta’lim yо‘nalishidan 132, qozoq tili va adabiyoti ta’lim yо‘nalishidan 22 nafar chaqiriqqacha harbiy ta’lim yо‘nalishidan 102 nafar talabalar 10-12 nafardan iborat bо‘lgan kichik guruhlarga ajratilgan holda jami 34 ta о‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va umumta’lim maktablarida malakaviy pedagogik amaliyot о‘tash uchun safarbar etildi.

Talabalarning malakaviy pedagogik amaliyoti tasdiqlangan dastur asosida rejaga muvofiq yuqori saviyada, kо‘tarinkilik ruhda tashkil etildi. Talabalar malakaviy pedagogik amaliyot jarayonida о‘zlarini pedagog-о‘qituvchi sifatida sinab kо‘rishdi. Avvallari pedagoglik kasbini og‘ir va mashaqatli deb bilgan yoshlarimiz 4 yil davomida olgan bilimlarini amaliyotda qо‘llay olish sinovidan о‘tishdi.

Talabalarimiz malakaviy pedagogik amaliyot о‘tagan ta’lim muassasalarining о‘quv, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarida faol qatnashdilar. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumta’lim hamda yordamchi mehnat ta’limi maktablari, maxsus kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maktab-internatlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarining tavsiyalariga kо‘ra, ayrim amaliyotchi talabalar egallagan sohalari bо‘yicha universitetni tugatgandan sо‘ng ishga joylashish imkoniyatiga ega bо‘ldilar.

Malakaviy pedagogik amaliyot yakunida fakultetlar kesimida talabalarning hisobot konferensiyalari tashkil etildi. Unda talabalarni amaliyotda egallagan kо‘nikma va malakasi, shuningdek amaliyot jarayonida uchragan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.

Mutaxassis chiqaruvchi kafedradan tayinlangan professor-о‘qituvchilar hamda “Pedagogika” fanidan biriktirilgan mas’ullar amaliyotchi talabalarga har jihatdan uslubiy yordam kо‘rsatishdi. Amaliyot yakunida amaliyotchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tо‘plangan ma’lumotlarni tekshirib, reyting ballari qо‘yildi.

Talabalarning malakaviy pedagogik amaliyotida olgan bilimlari 100 ballik tizim asosida baholanib borildi.

Amaliyot davrida eng faol ishtirok etgan talabalar kafedra va fakultetning Faxriy Yorlig‘i hamda tashakkurnoma bitilgan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

10 dekabr 2014 yil, O`qilgan:12290



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar