library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

17 mart 2015 yil, 5,624
.

“Kamolot kubogi” sohibi.

Bahorning ilk kunlarida “Kamolot” YoIH BT tomonidan universitet miqyosida hammaning sevimli sport turiga aylangan va bugungi kunda “Millionlar o‘yini” deb nom olgan sportning futbol turi bo‘yicha “Kamolot kubogi”ga start berildi.

Bahor – yosharish va yangilanish fasli ekanligi barchamizga ma’lum. Bahor kelishi bilan bayramlar, hasharlar, sayllar birin – ketin saf tortishadi. Istiqlolimizning yigirma to‘rtinchi bahori qadam qo‘yishi bilanoq yurtimizda bo‘lgani kabi universitetda ham bayram-u shodiyonalar va sport o‘yinlari boshlanib ketdi.

Ushbu turnirda 12 ta jamoa qatnashish istagini bildirdi va jamoalar ikki guruhdan joy olishdi.

A-guruh: Bu guruhdan Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat, Chaqiriqqacha xarbiy ta’lim, Fizika-matematika, Kasb ta’limi, Chet tillari, Defektologiya fakultetlari;

B-guruh: Bu guruhdan esa Tarix, O‘zbek tili va adabiyoti, Tabiyot fanlari , Pedagogika va psixologiya, San’at fakultetlari va Magistratura bo‘limi jamoalari joy olishdi.

Universitetimiz hovlisida joylashgan ko‘rkam sun’iy qoplamali futbol maydonida 1-tur o‘yinlari 2-mart kuni start oldi va bu o‘yinlarni Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat hamda Chaqiriqqacha xarbiy ta’lim fakulteti jamoalari ishtirokidagi murosasiz o‘yin boshlab berdi. Juda qiziqarli kechgan bahsda ChXT fakulteti jamoasining qo‘li baland keldi (0:2). So‘ngra birin- ketin boshqa jamoalar ham tur o‘yinlarini o‘tkazisha boshlashdi. 7-mart kuniga qadar qiziqarli kechgan tur uchrashuvlari yarim final ishtirokchilarini aniqlab berdi. Turnir yarim finaliga guruh uchrashuvlarida har tomonlama mahorat ko‘rsata olgan, yorqin o‘yin ko‘rsatib muxlislar mehrini qozongan va ko‘pchilik taxmin qilgan ChHT, Fizika-matematika, Tarix hamda Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoalari yo‘l olishdi.

Yarim final o‘yinida Tarix fakulteti qiyin kechgan o‘yinda ChXT jamoasini mag‘lub etib finalga yo‘llanma olgan bo‘lsa, bundan farqli ravishda ikkinchi final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda Fizika-matematika fakulteti jamoasi Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasini osonlik bilan yirik hisobda (4:1) mag‘lub etib finalga yo‘llanma olishdi.

13-mart kuni sovrinli o‘rinlar uchun o‘yinlar boshlandi. 3-o‘rin uchun kechgan bahsda ChXT jamoasi Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasini mag‘lub etib (2:1), 3-o‘rinni egallashdi. So‘ngra hamma hayajon bilan kutayotgan finalga navbat yetib keldi. Final o‘yinida o‘tgan yilgi “Kamolot kubogi” sohibi Tarix va Fizika-matematika fakulteti jamoasi ishtirok etishdi. Futbol maydoni har ikkala jamoa muxlislari va futbol o‘yinidan zavq oluvchi muxlislar bilan to‘lgan. O‘yinga qiziqish judayam kata. O‘yinga start berildi va jamoalar murosasiz kurashga kirishishdi. Buni birinchi bo‘limda bir qancha vaziyatlar bo‘lishiga qaramay darvozalar daxlsiz qolganidan ham bilib olish mumkin. Birinchi bo‘limda xar ikkala jamoa ehtiyotkor, lekin kuchli o‘yin ko‘rsatishdi. Ikkinchi bo‘lim ham ketma-ket xujumlar bilan boshlandi va aksariyat hollarda Fizika-matematika jamoasi himoya qo‘rg‘oni va darvozabon ishonchli harakat qilishdi. Va nihoyat bo‘lim o‘rtalariga kelib Fizika-matematika jamoasi hisobni ochishdi(1:0). Kiritilgan golga birinchi bo‘limda maydonda chiroyli o‘yin ko‘rsatib (kichik jarohat olishga ham ulgurgan) hammadan ko‘p mehnat qilgan Bobomurodov Alisher mualliflik qildi. Shundan so‘ng o‘yin darajasi va xujumlar soni yanada oshgan bo‘lsada darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va butun turnir davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan hamda biror marotaba mag‘lubiyatga uchramagan Fizika-matematika fakulteti “Kamolot kubogi” sohibiga aylandi.

Bu g‘alaba bilan Fizika-matematika fakulteti jamoasini tabriklaymiz va zafarlar doimiy bo‘lishini tilaymiz.

17 mart 2015 yil, O`qilgan:5624



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Sport