XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Talabalar Chilonzor akademik litseyida malakaviy amaliyotda

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalarining Toshkent Davlat texnika universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyidagi malakaviy amaliyotidan lavhalar

Amaliyotchi talabalarning ona tili va adabiyoti darslariga tayyorlagan dars ishlanmalari va ko‘rgazmali qurollarini amaliyot rahbari G.Eshchanova va pedagog K.Qilichevalar doimo nazorat qilib borishadi.

Innovatsiyon texnologiyalarga asoslangan darslarda guruhning barcha o‘quvchilari faol ishtirok etadi.

– Amaliyotchi talabalarning darslarini kuzatib, ularga amaliy ko‘mak berishga doimo vaqt topamiz,- deyishadi fakul’tet dekani I.Azimov, akademik litseining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. Tavaldiyev va “Hozirgi o‘zbek tildhunosligi” kafedrasi mudiri

M. Safarniyozovalar.

Amaliyotchining ochiq darsida amaliyot rahbari G.Eshchanova, akademik litseyning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari Z. Rahmonova, S. To‘xtaboyevalarning hayajonlarini tushunish mumkin. Shogirdlarining darsini bugun o‘ndan ortiq o‘qituvchi va barcha amaliyotchilar kuzatmoqda. Ular amaliyotchi shogirdlarining darslarini diqqat bilan kuzatishadi, yutuqlaridan xursand bo‘lishadi.

Dars jarayonida, amaliyotchining har bir harakatini G.Eshchanova va amaliyotchilar talabaning diqqat bilan kuzatib borishadi. Chunki, bugungi amaliyotchi ertangi o‘qituvchidir.

Hayajonli dars jarayonidan va amaliyotchining yutug‘idan fakultet rahbariyati hamda akademik litsey o‘qituvchilari ham, amaliyotchi talabaar ham xursand.

Biz har doim fakultet rahbari va ustozlarimizning ishonichini oqlashga harakat qilamiz.

28 mart 2015 yil, 14,314
.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering