library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

31 mart 2015 yil, 6,647
.

Malakaviy pedagogik amaliyot obyektlarida professor-о‘qituvchilar tomonidan “namunaviy darslar” tashkil etilmoqda

2014-2015 о‘quv yili ishchi о‘quv reja va о‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq universitetning 24 ta’lim yо‘nalishida 1821 nafar bitiruvchi 4-kurs talabalari malakaviy pedagogik amaliyot (MPA) о‘tash uchun Toshkent shahridagi 137 ta о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy о‘rta maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari universitet rektorining tegishli buyruqlari asosida о‘n bir haftalik MPA о‘tash uchun safarbar etilgan.

2014-2015 о‘quv yili ishchi о‘quv reja va о‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq universitetning 24 ta’lim yо‘nalishida 1821 nafar bitiruvchi 4-kurs talabalari malakaviy pedagogik amaliyot (MPA) о‘tash uchun Toshkent shahridagi 137 ta о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy о‘rta maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari universitet rektorining tegishli buyruqlari asosida о‘n bir haftalik MPA о‘tash uchun safarbar etilgan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining malakaviy pedagogik amliyoti tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq universitet mutaxassis chiqaruvchi kafedralarining MPAga biriktirilgan metodist – professor-о‘qituvchilar tomonidan pedagogik amaliyot о‘tayotgan obyektlar - о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari, akademik litsey va о‘rta maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalari fan о‘qituvchilari, о‘quvchi va universitet talabalari uchun “namunaviy dars”lar о‘tib berilmoqda.

“Rus tili va adabiyoti о‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan о‘tkazilgan namunaviy dars

Ushbu maqsadlar yо‘lida 2015 yil 24 mart kuni soat 15:00 universitetning anjumanlar zalida “Umumiy pedagogika” kafedrasi professori A.S.Kaldibekova tomonidan “Zamonaviy dars jarayonini loyihalash va rejalashtirish” mavzusida о‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur seminarda universitetning 24 ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha professor-о‘qituvchi - metodistlar ishtirok etdi.

О‘quv seminarni universitetning о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori D.U.Ergashev ochib, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktabr 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyot haqida”gi Nizom talabalarini bajarilishini ta’minlash, Respublikaning iqtisodiyot tarmoq sohalari bо‘yicha malakali pedagog kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni qondirish, ta’limning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash oliy ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan izchil о‘zgarishlarni, fan, ta’lim sohasidagi islohotlarni ta’limning quyi bо‘g‘ini hisoblangan akademik-litsey, kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini xabardor etish maqsadida universitet professor-о‘qituvchilari oldiga MPA obyektlari pedagog xodimlari uchun “namunaviy dars” о‘tib berish vazifasi belgilanganligi haqida ma’lumot berib, professor-о‘qituvchilar uchun mazkur о‘quv seminari tashkil eilganligi xususida tо‘xtalib о‘tdi. О‘quv seminari qizg‘in munozarali holatda yuqori saviyada tashkil etildi.

31 mart 2015 yil, O`qilgan:6647



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar