Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyot yakunlariga bag’ishlangan yakuniy konferentsiyasi

2015 yil 28 aprel kuni Tabiyot fanlari fakultetida 4-kurs 5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyot yakunlariga bag’ishlangan yakuniy konferentsiyasi bo’lib o’tdi.






Konferentsiyada universitet malakaviy pedagogik amaliyot bo’limi boshlig’i Q.Panjiev, o’quv adabiyotlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul D.Muxamedjanova, kafedra mudiri N.Alimqulov, fakultet AL va KHK hamkorligi bo’yicha mas’ul N.Tashmonov va “geografiya va uni o’qitish metodikasi” kafedrasining professor-o’qituvchilari hamda 4-kurs talabalari ishtirok etishdi. Konferentsiyada talabalarning o’quv rejasida belgilangan pedagogik amaliyot davomida olingan bilim va tajribalari, olib borilgan o’quv, o’quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlari tahlil qilindi, fikr-mulohazalar bildirildi va talabalarning hisobotlari tinglandi. Malakaviy pedagogik amaliyotni o’tash davrida faol qatnashgan talabalarga “Eng yaxshi amaliyotchi”, “Eng faol amaliyotchi”, “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy targ’ibotchi” nominatsiyalari bo’yicha talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. Konferentsiya mazmunli, tasurotlarga boy tarzda tashkil qilindi, professor-o’qituvchilar tomonidan kerakli maslaxatlar berildi.

29 aprel 2017 yil, 5,957
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering