library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

Malakaviy pedagogik amaliyot (MPA) yakuni bо‘yicha tadbirlar о‘tkazilmoqda

29 aprel 2015 yil, 6,960
.

2015 yil 16 aprel kuni Shayhontohur sanoat kasb-hunar kollejida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universteti Kasb ta’limi fakulteti 4-kurs talabalari va professor-о‘qituvchilari О‘zbekiston ekologik harakati bilan hamkorlikda “Ekologik ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalansh” mavzusida davra suhbati о‘tkazdi.

2015 yil 16 aprel kuni Shayhontohur sanoat kasb-hunar kollejida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universteti Kasb ta’limi fakulteti 4-kurs talabalari va professor-о‘qituvchilari О‘zbekiston ekologik harakati bilan hamkorlikda “Ekologik ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalansh” mavzusida davra suhbati о‘tkazdi. Tadbirda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, О‘zbekiston ekologik harakati faollari, ekologiya va tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan nodavlat tijorat tashkilotlari vakillari, Shayhontohur tumani sanoat kasb-hunar kolleji о‘qituvchi va о‘quvchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan iborat 150 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. Mazkur Yoshlar teleradio kanalining “DAVR” informatsion dasturi orqali namoyish etildi.

“Kasb ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-о‘qituvchilari hamda bitiruvchi kurs talabalari tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Olmazor tumanidagi 243-sonli umumiy о‘rta maktabida о‘quvchi yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashga bag‘ishlangan “KASBIM-FAXRIM” mavzusida madaniya-ma’rifiy tadbir о‘tkazdi. Shuningdek, “Rus tili va adabiyoti”, “Biologiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishlari ta’lim yо‘nalishi talabalari tomonidan pedagogik amaliyot obyektlarida tayyorlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar OAV lari orqali nomoyish etildi.

Shuningdek, “Matematika о‘qitish metodikasi”, “Fizika о‘qitish metodikasi”, “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish”, “Kasb ta’lim metodikasi”, “Biologiya о‘qitish metodikasi”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”, “Tarix о‘qitish metodikasi” kabi qator ta’lim yо‘nalishlarida talabalarning MPA yuqori saviyada о‘tkazganligi uchun amaliyot ob’ktlari ma’muriyati tomonidan universitet rektori nomiga “Tashakkurnoma” xatlari kelmoqda.

29 aprel 2015 yil, O`qilgan :6960



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar