Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash

2015-2016 o‘quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida magistratura mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash suhbati savolnomasi

Fanni tadqiq qilishning ilmiy yo‘nalishlari

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mohiyati, uzluksiz ta’limni tashkil etish va malakali kadrlarni tayyorlashdagi o‘rni.
  2. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning milliy modeli.
  3. Uzluksiz ta’lim tizimi. Uzluksiz ta’lim bosqichlari: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlarni  qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining vazifalari.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Ilmiy-tadqiqot institutlarining vazifalari.
  6. Fundamental va amaliy fanlar.
  7. Fanning tadrijiy rivojlanish bosqichi.
  8. Fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari.
  9. Fanning mohiyati va vazifalari.
  10. Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabatlari va aloqadorligi.
  11. O‘quvchilarning tafakkuri va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish.
  12. Fanni o’qitish metodikasining nazariy asoslari.
  13. Nazariy izlanish metodlari, tahlil qilish usullari.
  14. Amaliy izlanish metodlari, tahlil qilish usullari.
  15. Ilmiy xulosalar yozish tartibi, tuzilishi, misollar keltiring.
  16. Tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilash tartibi qanday?
  17. Dissertatsiyada ilmiy ishlar tahlili qanday shaklda o‘z aksini topadi?
  18. Referat yozish usullari va ularga qo‘yiladigan umumiy talablar.
  19. Kurs ishlarining yozilishi va bajarilishiga qo‘yiladigan talablar.
  20. Bitiruv malakaviy ishlarining yozilishi va bajarilishiga qo‘yiladigan talablar.
  21. Ilmiy maqola va tezislarning mazmuni, ularning yozilishiga qo‘yiladigan talablar.
  22. Tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilash.
  23. Mavzuning dolzarbligi va konyuktura tushunchalarini sharhlab bering.
  24. Metod va uning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
  25. Olimlarining fanni o‘qitishga oid qarashlari.
  26. O‘quvchilarda mantiqiy va dialektik fikrlashni rivojlantirish.
  27. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda mustaqil ta’lim imkoniyatlari.
  28. Didaktik tamoyillar va ulardan fanlarni o‘qitishda foydalanishning o‘ziga xos jihatlari.
  29. Induktiv va deduktiv o‘qitish metodlari.

    1. O‘qitishning an’anaviy va innovatsion shakllari.

Tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g‘oyalarni shakllantirish

 

  1. Pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan farmon, qaror  va farmoyishlar.
  2. Fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni bajarish tendensiyalari.
  3. Uzluksiz ta’lim konsepsiyasi.
  4. O‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish” konsepsiyasi, uning afzalliklari va salbiy jihatlari.
  5. Ta’limga axborot texnologiyalarni joriy etish va natijalarini tahlil qilish.
  6. Ilmiy masala va muammo deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.
  7. Ilmiy natijalarni tahlil qilish tartibi qanday?
  8. Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash tartibi qanday? Misollar keltiring.
  9. Ilmiy ma’ruza qilish tartibi qanday bo‘ladi? Tuzilishini izohlab bering.
  10. Ilmiy izlanishlaringiz bo‘yicha ilmiy yangiligingiz nimadan iborat? Izohlab bering.
  11. Ilmiy natijalarning fundamental va amaliy ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot bering.
  12. Ilmiy adabiyot qanday tahlil qilinadi?
  13. Modellashtirish haqida tushuncha bering.
  14. Fanning ilmiy o‘rganish tamoyillari, uslublari hamda ularning xususiyatlari.
  15. Fanning ilmiy falsafiy yondashuvlar asosidagi bilish haqidagi nazariyalari.
  16. Fanning ilmiy tadqiqot uslublari va yondashuvlari.
  17. Ilmiy tadqiqotlar jarayonida xulosalar chiqarish.
  18. Fanning ilmiy rivojlanish jarayonining asosiy qonuniyatlari.
  19. Fanni ilmiy tadqiq va tahlil qilishda turli qarashlarning taqqoslanishi.
  20. Tadqiqot olib borishda material yig‘ish, tahlil qilish, bir tizimga keltirish.
  21. Ilmiy salohiyatingizni o‘stirish bo‘yicha kelajak rejalaringiz qanday? Soha fani, ilmiy yo‘nalish bo‘yicha qanday ilmiy masalalarni yechgansiz?
  22. Fan haqidagi qanday falsafiy yo‘nalishlarni bilasiz?
  23. Nazariyaning ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni.
  24. Axborot nima?
  25. Tadqiqot jarayonida ilmiy xulosalarni asoslab bera olish.
  26. Tadqiqot jarayonida ilmiy tavsiyalarni ilgari sura olish.
  27. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyatini aniqlash.
  28. Tadqiqot jarayonida sifat va samaradorlikka erishish bo‘yicha belgilangan vazifalar.
  29. Tadqiqot natijalarini aniqlash.
  30. Tadqiqotning ob’yekti va predmetini aniqlash.

 

Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish

  1. Ilmiy maqola nima? Uning tuzilmasini tushuntirib bering.
  2. Monografiya nima va u qanday ilmiy-tadqiqot ishi hisoblanadi?
  3. Ilmiy daraja va ilmiy unvonlar haqida ma’lumot bering.
  4. Dissertatsiya ishi nima va u qanday ilmiy-tadqiqot ishi hisoblanadi?
  5. Tezis, referat, annotatsiya haqida ma’lumot bering.
  6. Katta ilmiy xodim izlanuvchi instituti haqida to‘liq ma’lumot bering.
  7. Ilmiy etika tamoyillari haqida ma’lumot bering.
  8. Ilmiy maqolalarni chop etishga tayyorlash tartibi qanday?
  9. Katta ilmiy xodim izlanuvchi institutiga qabul qilish tartibi qanday?
  10. Ilmiy seminar, ilmiy kengash haqida ma’lumot bering.
  11. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini o‘quv jarayoniga qo‘llanish tartibi qanday?
  12. Siz shug‘ullanayotgan soha fanining rivojlantirishida qanday olimlar asoschi hisoblanadi? Ular haqida ma’lumot bering.
  13. Sohani (fanni) rivojlanishi qanday omillarga bog‘liq? Misollar keltiring.
  14. Tadqiq qilmoqchi bo‘lgan ilmiy mavzuingiz bo‘yicha qo‘yilgan ilmiy masala mohiyati, ilmiy maqsad va olinadigan natijalar mohiyatini izohlab bering.
  15. Shu kungacha bajargan tadqiqot ishlaringiz haqida ma’lumot bering.
  16. Soha fani bo‘yicha Respublika va dunyoda rivojlanish yo‘nalishlari haqida ma’lumot bering.
  17. Fanning ilmiy tadqiqotlarida maxsus tadqiqot uslublar.
  18. Soha fani bo‘yicha ilmiy maktablar haqida ma’lumot bering.
  19. Chet el bilan ilmiy aloqalar qanday o‘rnatiladi?
  20. Tadqiqotlar jarayonida manbalar bilan ishlash.
  21. Tadqiqotlar jarayonida hujjatlar bilan ishlash.
  22. Tadqiqotlar jarayonida axborotning yetishish va yetishmaslik muammosi.
  23. Asosiy va qo‘shimcha manbalar.
  24. Tadqiqotlarni samarali olib borish muammolari, ilmiy ishlarni yozish usullari.
  25. Topilgan dalillarni tanlash va reja bo‘yicha joylashtirish.
  26. Tadqiqotning axborot-manbaviy asoslarini aniqlash va uning tadqiqotlar jarayonidagi ahamiyatini tushuntirib bering.
  27. Dissertatsiya ishini bajarish tartibi haqida ma’lumot bering.
  28. Dissertatsiya mavzusiga qo‘yilgan talablar va uni tanlash, tasdiqlash tartibi qanday amalga oshiriladi?
  29. Dissertatsiya mundarijasini tuzilishi qanday bo‘lishi kerak? Bo‘limlari mazmunini tushuntirib bering.
  30. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida tatbiq etish usullari.

 

 

Ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga egalik

  1. Pedagogik texnologiyalarning mohiyati, turlari va mazmuni.
  2. Iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi haqida ma’lumot bering.
  3. Fan bo‘yicha kurs ishlari, bitiruv-malakaviy ishlarida ilmiy tadqiqot qanday amalga oshiriladi? Misol keltiring.
  4.  “Ustoz-shogird” tizimi mazmuni qanday shakllangan?
  5. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi vazifalari va tuzilishini izohlang.
  6. Talabalar olimpiadasi o‘tkazish tartibi qanday?
  7. Fan ilmiy to‘garaklari tashkil etilishi va faoliyati qanday amalga oshiriladi?
  8. Iqtidorli talabalar qanday tanlanadi? Fanni o‘qitish metodikasining ilmiy tadqiqot o‘tkazish shakllari.
  9. Fanni o‘qitish metodikasida ilmiy-metodik tadqiqotlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar.
  10. Fanni o‘qitish metodikasida o‘quv jarayonining axborot ta’minoti.
  11. Fanni o‘qitish metodikasida o‘qitishning zamonaviy talablari.
  12. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning tuzilmasi.
  13. Fanni o‘qitishda o‘qituvchining ilmiy-metodik mahorati
  14. Fanni o‘qitishda o‘qituvchining ijodiy yondoshuvi va mahorati.
  15. Fanni o‘qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha axborotlar oqimi va ularning tanlanishi.
  16. O‘quv jarayonini loyihalashtirish.
  17. Fanni o‘qitish metodikasining ilmiy-metodik tadqiqotlarida izlanish, qidirish ishlarining tashkil etilishi.
  18. Fanni o‘qitish metodikasining  ilmiy-metodik tadqiqotlari.
  19. Fanni o’qitish metodikasininng nazariy asoslari.
  20. Axborotlashtirish jarayoni haqida tushunchangizni aytib bering.
  21. Ma’lumotlar bazasi va kompyuter texnologiyalari haqida ma’lumot bering.
  22. Kutubxonaning elektron katalogi nima?
  23. Elektron jurnal va u haqidagi fikringiz.
  24. Kompyuter va uning  tarixiy tadqiqotlar hamda fandagi  imkoniyatlarini bilasizmi?
  25. Fan yuzasidan tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishning faol hamda ijodiy metodlari.

    1. Fan bo‘yicha elektron o‘quv adabiyotlar va ulardan foydalanish metodikasi.  
    2. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari.
    3. Ma’naviy-axloqiy va tarbiya ishlarini tashkil etish texnologiyalari.
    4. Xorijiy tillarni o‘rganishga doir olib borilayotgan ishlar.
    5. Darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, elektron resurslarni yaratish texnologiyasi va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish.

 

Qabul komissiyasi mas’ul kotibi                            V.Ishquvatov

11 sentabr 2015 yil, O`qilgan:6788

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    O`qitish jarayonida nazoratning rivojlantiruvchi funktsiyasini toping.

    Javob: O`z-o`zini nazorat qilish va baholash

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ