Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Axborot texnologiyalari Markazi 23.05.2001 yilda tashkil etilgan. Markaz 26 ta zamonaviy kompyuter va texnikalar bilan jihozlangan sinflar va filiallarga ega. Markaz faoliyatining asosiy yo`nalishi - Universitetning komp'yuter va axborot infratuzilmasini yaratish va uning dasturiy ta`minotini amalga oshirishdir

Axborot texnologiyalari markazi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti-ning Axborot texnologiyalari Markazi 23.05.2001 yilda tash-kil etilgan. Markazimiz 26 ta zamonaviy komp'yuter va tex-nikalar bilan jihozlangan sinflar va filiallarga ega. Markazimiz faoliyatining asosiy yo`nalishlari quyidagilarni tashkil etadi:

- Universitetning komp'yuter va axborot infratuzilmasini ya-ratish va uning dasturiy ta`minotini amalga oshirish;

- Axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish tizimini ta`-lim jarayoniga kiritish, o`quv jarayonini boshqarishni kom-p'yuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxonalarni yaratish;

- Zamonaviy axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish sohasida universitet professor-o`qituvchilari uchun seminar-treninglar o`tkazish;

- Professor-o`qituvchilar, doktorantlar, aspirantlar, ilmiy tadqiqot-chilar magistratura va bakalavriat talabalari uchun INTERNET va milliy ilmiy-o`quv tarmog`idan foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish;

- Axborot - kommunikatsiya tarmog`inining o`quv-metodik ta`-minotini va masofaviy o`qitish tizimini yaratish borasida univer-sitet fakul'tetlari va kafedralarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

- Axborot-kommunikatsion texnologiyalar, masofaviy ta`limni qo`llash, rivojlantirish muammolariga bag`ishlangan ko`rgazma-lar, anjumanlar, amaliy seminarlarni tashkil etish;

- Respublikaning boshqa o`quv muassasalari, chet el davlatlari ta`lim muassasalari bilan o`zaro tajriba almashish, axborot texno-logiyalari va masofaviy o`qitish bo`yicha hamkorlikdagi o`quv kurslarini yaratish maqsadida ijodiy aloqalarni o`rnatish va rivojlantirish;

- Axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish bo`yi-cha o`quv-metodik adabiyotlarning, dasturiy ta`minot-ning avtomatlashgan axborot tizimining sifatini dastlab-ki ekspertizadan o`tkazish;

- Markaz haqidagi informatsion byulletenlar tarqatishni tashkillashtirish;

- Universitetning INTERNETdagi saytini yaratish va uning masofaviy o`qitish kurslari, masofaviy o`qitish Markazi, universitet yangiliklari haqidagi axborotlar bilan doimiy yangilanishini ta`minlash;

- Universitetda axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitishni rivojlantirish bo`yicha chet el v mahalliy tashkilotlarning grant va investitsiyalarini jalb qilinishini tashkil etish.

Axborot texnologiyalar markazi faoliyati

Markaz tomonidan axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish tizimini ta`lim jarayoniga kiritish, o`quv jarayonini boshqarish komp'yuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxonalarni yaratish va takomillashtirish ustida ishlar olib borilmoqda.

Elektron o`quv metodik majmualar yaratilib, universitetning lokal tarmog`i hamda www.tdpu.uz va www.pedagog.uz saytlariga joylash-tirilgan.

Markazda hozirgi kungacha universitetda oqitiladigan birqancha fanlardan elektron darsliklar yaratilgan va yaratilmoqda

Universitetimizda videokonfe-rentszal zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan va TerDU, GulDU, BuxOOESTI, AndMI, QarshiDU bilan anjumanlar video-konferentsiya vositalari yordamida o`tkazilmoqda.

Markazda zamonaviy Pentium komp'yuterlaridan iborat 26 ta o`quv sinflari mavjud bo`lib, universitet o`quv ishlarida keng foydalanilmoqda. Hozirda professor-o`qituvchilarimiz, talabalarimiz Markaz xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Ularga INTERNET tizimidan o`zlarining fanlariga oid yangiliklarni olishlariga barcha sharoitlar yaratilgan.

Universitet yangi binolarida xar bir auditoriya va xonalar lokal tarmoqqa ulangan.

Kompyuterlarni tuzatish jarayonida ehtiyot qismlarini almashtirish bilan birga Prosessor, Blok Pitaniya, Vinchester, Operativ xotira kabi qismlari kozdan kechiriladi.

Printerlarni tuzatish jarayonida ehtiyot qismlarini almashtirish bilan birga Baraban Magnit vali, Rezina vali Termoplyonki kabi qismlari kozdan kechiriladi.


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Axborot texnologiyalari Markazi 2001 yilning 23 mayida tashkil etilgan.

1992 yillarda Praves, Yamaxa, Korvet kompyuterlaridan iborat 5 ta kompyuter oquv xonalari mavjud edi. 1998 yillarga kelib IBM-286, IBM-386, IBM-486 kompyuter xonalari tashkil etildi.

2000 yillarda esa Pentium I, II kompyuter xonalari, 2004 yillarda Pentium III, keyinchalik Pentium IV kompyuter oquv xonalaridan universitet professor-oqituvchilari, xodimlar va talabalarga foydalanib kelishdi.

2002-2003 yillarda universitetning 7 ta oquv binosida axborot texnologiyalari Markazlari tashkil qilindi.Universitetning yagona lokal kompyuter tarmogi hosil qilindi. Universitetda videokonferens zal jihozlandi va videokonferensiyalar tashkil qilindi. INTERNET YaNGILIKLARI nomli axborotnomalarni nashrdan chiqarib talim muassasalariga tarqatish yolga qoyildi. Universitetning INTERNETdagi dastlabki sayti www.ntgpu.uzsci.net yaratildi: 2005-2006 yillarda TDPUning rasmiy web-sayti www.tdpu.uz yaratildi.

Hozirgi vaqtda markaz tomonidan muntazam ravishda universitetning kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish va uning dasturiy taminotini amalga oshirish, milliy elektron talim tarmogi asosida tashkil etiladigan videokonferensiyalarni tashkil etishda texnik, dasturiy taminotni amalga oshirish, oquv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxona ishini takomillashtirish, universitet saytini interaktiv xizmatlar, universitet yangiliklari haqidagi axborotlar, qoshimcha xizmat turlari bilan doimiy yangilab borish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

2013-2014 oquv yilida universitetning barcha oquv binolari optik tolali yagona lokal tarmoqqa birlashtirildi va yuqori tezlikka ega bolgan Internet tarmogiga ulandi va universitet hududi simsiz (Wi-Fi) Internet tarmogi bilan toliq qamrab olindi.

Otgan oquv yili davomida markaz xodimlari tomonidan universitetda yagona elektron axborot muhitini yaratish loyihasi doirasida marketing bolimi uchun Talabalar tolov-kontraktini oshirish hisobotini yuritish, arxiv bolimi uchun Arxiv xujjatlari hisobini yuritish, diplom bolimi uchun Bitiruvchilar diplom raqamlari hisobini yuritish va Qayta tayyorlash diplomlari va malaka oshirish sertifikatlarini berish, Shaxsiy reja, Elektron oquv metodik majmua kabi dasturlarni mukammal ishlab turishi yuzasidan xizmatlar korsatilib, ushbu dasturiy taminotlar muntazam ravishda nazorat qilib kelinmoqda.

Shu bilan birga markaz dasturchisi (S.Dottoev) tomonidan TDPU elektron xujjatlar tizimi dasturi yaratilgan bolib, yuqori tashkilotlardan kelayotgan barcha meyoriy xujjatlar va ichki buyruqlarning fakultetlar va bolinmalararo elektron tarzda xujjat almashinuvi joriy etilgan. Bu jarayon masul xodimlarning ozlariga yuklatilgan vazifalarni tez va sifatli bajarishi bilan bir qatorda qogozdan tejash kabi afzalliklarga ega bolindi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 8 dekabrdagi 817-F sonli farmoyishi, 2012 yil 10 dekabrdagi 1875-sonli qarori ijrosini taminlash yuzasidan universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda chet tillarini organish boyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan boshlangich malumotlarga ega bolganlar uchun Ingliz tilini organamiz kabi axborot tizimlari va elekron multimediali dasturlar yaratildi va universitet saytiga joylashtirildi.

2014-2015 oquv yili davomida universitetning web-sayti (www.tdpu.uz) toliq qayta ishlab chiqildi va uning interfeysini yangilanishi bilan bir qatorda saytga kiritilayotgan malumotlarning sifati va mazmundorligiga katta etibor qaratilmoqdaki, hozirgi kunda universitet sayti reyting korsatkichiga kora oliy talim muassasalari ortasida yuqori orinlardan birini egallab turibdi. Universitet rahbarlari, professor-oqituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilar va bitiruvchi kurs talabalarining kasbiy faoliyatlarini va yutuqlarini yuzaga chiqarish maqsadida portfoliolarni joylashtirish tizimi yaratildi va portfolio bilan ishlash boyicha yoriqnomalar tayyorlandi hamda ushbu tizimga ular haqidagi barcha malumotlar kiritildi. Shu bilan bir qatorda universitet saytida elektron kutubxona, OTMga qabul, diplom olganlik togrisida malumot, vakant lavozimlar, ilmiy faoliyat, elektron qabulxona, ishchi oquv rejalari kabi interaktiv xizmatlar ishga tushirildi.

13 sentabr 2016 yil, O`qilgan:15432

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    "Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va vazifasini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, darsga yakun yasash va uyga vazifa berish" tuzilishidagi darsning tipini ko`rsating.

    Javob: Kombinatsion (aralash) dars

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar