library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          
Kafedra 1968 yilda Nizomiy nomidagi TDPIning tarix fakulteti qoshida “Tarix va jamiyatshunoslik о‘qitish metodikasi” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. 1992 yilda kafedraning nomi “Tarix, inson va jamiyat о‘qitish metodikasi” deb atalib, uning faoliyati mazmuni, yо‘nalishini ham о‘zgardi.

9 dekabr 2016 yil, 16,280
.

“Tarix va uni о‘qitish metodikasi” kafedrasi



Kafedraning tashkil etilishi:

1998 yil Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning tarixchi olimlar bilan uchrashuvida tarix fani, tarixchilar va tarix fani о‘qituvchilari oldiga milliy tariximizni obyektiv, haqqoniy yoritish borasida qator talab va vazifalar qо‘yildi. Mazkur vazifalardan kelib chiqib, tarix ixtisoslik fanlarini chuqur о‘rganish, tarix fani tarmoqlarini tо‘liq anglab yetish va tarixiy jarayonlarni tо‘g‘ri tahlil etish maqsadida kafedra “Manbashunoslik va tarix о‘qitish metodikasi” deb nomlandi.

2011 yil tarix va ijtimoiy fanlarni о‘qitish metodikasi, malakaviy pedagogik amaliyot samaradorligini yanada oshirish maqsadida kafedra “Tarix va ijtimoiy fanlarni о‘qitish metodikasi” nomi bilan qayta tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida:

1991-1996 yillarda professor A.Sa’diyev

1996-1998 yillarda dotsent E.Safayeva

1998-2001 yillarda professor N.Bababekov

2001 yildan dotsent G.Fuzailova kafedrani boshqargan

Kafedra tarkibi va ilmiy salohiyati:

Jami 17 nafar professor-о‘qituvchilar, ulardan 10 nafari asosiy shtatda 7 nafari о‘rindoshlik asosida faoliyat yuritib, 3 ta professor, 7 ta dotsent, 1 ta katta о‘qituvchi va 6 ta о‘qituvchilar yosh avlodga ta’lim bermoqda.

Kafedra ilmiy salohiyati 58.8%ni, о‘rtacha yosh esa 38 yoshni tashkil etadi.

Sо‘ngi yillarda erishilgan muvaffaqiyatlar:

Har yili professor-о‘qituvchilari tomonidan kafedrada о‘qitiladigan fanlar bо‘yicha darslik, о‘quv, о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar va ilmiy maqolalar chop etiladi.

Kafedraning ilmiy tadqiqot yо‘nalishlari va loyihalar:

О‘rta maxsus ta’lim tizimida О‘zbekiston va jahon tarixlarini kasbiy sohalarga yо‘naltirib о‘qitish metodikasi muammolari

Uzluksiz ta’limda Tarix о‘qitish metodikasining dolzarb masalalari

О‘rta maxsus ta’lim tizimida ijtimoiy fanlarni kasbiy sohalarga yо‘naltirib о‘qitishning dolzarb masalalari

Kafedraning malakali pedagoglari:

Yosh avlodga ta’lim berishda t.f.n. dots. G.S. Fuzailova (07.00.02-О‘zbekiston tarixi), t.f.d. professorlar A.A. Madraimov (07.00.09-Tarixnavislik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari), A.Ashirov (07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya), t.f.n. dots. О‘.N.Mansurov (07.00.09-Tarixnavislik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari), V.Ishquvvatov (07.00.09-Tarixnavislik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari), Q.R.Shonazarov (13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi), dots. SH.SH. Atadjanov, t.f.n. O.R.Raxmatullayeva (07.00.09-Tarixnavislik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari), katta о‘qituvchi H.Jamoldinov, metodist-о‘qituvchilar L.Muxammadiyev, M Allayarova, E.Ashuraliyev, J.Karimberdiyeva faoliyat olib bormoqdalar

Kafedra istiqbol rejalari:

Universitetdagi metodika kafedralari bilan hamkorlikda “Metodik markaz” tashkil etish.

Respublika OTMlari turdosh ta’lim yо‘nalishlari talabalari va magistranlari ilmiy ishlari (kurs ishi, BMI, MD) ni muvofiqlashtirish bо‘yicha yagona axborot markazini tashkil etish.

“TARIX VA IJTIMOIY FANLARNI O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN E’TIBORGA MOLIK ISHLAR

O‘quv uslubiy ishlar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tasdiqlangan istiqbol rejaga asosan quyidagi o‘quv adabiyotlar yaratildi.

• Fuzailova G., Rahmatullaeva O., Jamoldinov H. Tarix fanini sohalarga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. – T., TDPU, 2012.

• Fuzailova G., Rahmatullaeva O., Ganieva M. SHaxs va jamiyat fanini kasbiy sohalarga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. - T., TDPU, 2012.

• Fuzailova G., Rahmatullaeva O. Tarix. O‘quv qo‘llanma. – T., TDPU, 2012.

• Rahmatullaeva O., Salomov J. Xronologiya. Metodik qo‘llanma. – T., Fan va texnologiyalar. 2012.

• Rahmatullaeva O., Salomov J. Numizmatika. Metodik qo‘llanma. – T., Fan va texnologiyalar. 2012.

• Atadjanov SH., Zokirov SH., Musaev U. Osiyo va Afrika mamlakatlari yangi tarixi (1640-1914). Metodik qo‘llanma.- T., TDPU, 2011.

• Atadjanov SH., Ilxomov Z., Ishquvvatov V, Allaeva N. O‘zbek xonliklari tarixshunosligi. Metodik qo‘llanma - T., TDPU, 2011.

• Atadjanov SH, Zokirov SH. Jahon tarixi.(Osiyo mamlakatlarining eng yangi tarixi 1918-1945 yy). Metodik qo‘llanma. - T., TDPU, 2012.

• Jahon tarixi.(Osiyo mamlakatlarining eng yangi tarixi 1918-1945 yy). Metodik qo‘llanma. - T., TDPU, 2013.

• Ashirov A.A., Atadjanov SH. Etnologiya. O‘quv qo‘llanma. -T.: YAngi nashr, 2012.

• Ashirov A.A., Doniyorov A, Bo‘riev O. Markaziy Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixi. O‘quv qo‘llanma. -T.: YAngi nashr, 2012.

• Karimova O. Konstitutsiya alifbosi. 1-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma.—T., YAngiyo‘l poligrafservis, 2012.

• Karimova O. Konstitutsiya alifbosi. 2-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma.—T., YAngiyo‘l poligrafservis, 2012.

• Karimova O. Konstitutsiya alifbosi. 3-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma.—T., YAngiyo‘l poligrafservis, 2012.

• Karimova O. Konstitutsiya alifbosi. 4-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma.—T., YAngiyo‘l poligrafservis, 2012.

• Ganieva M.A., Fayzullaev D.M., Ne’matov I. Nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlarda o‘qitish texnologiyalari to‘plami. (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida innovatsion texnologiyalar) -T.: Iqtisodiyot, 2013.

• Ganieva M.A., Fayzullaev D.M. Zamonaviy o‘qitish vositalarining pedagogik texnologiyalari to‘plami. (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida innovatsion texnologiyalar) -T.: Iqtisodiyot, 2013.

• Ganieva M.A., Fayzullaev D.M. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash pedagogik texnologiyalar to‘plami. (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida innovatsion texnologiyalar) -T.: Iqtisodiyot, 2013.

• Ganieva M.A., Fayzullaev D.M. O‘qitishning loyihaviy texnologiyasi to‘plami. (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida innovatsion texnologiyalar) -T.: Iqtisodiyot, 2013.

• Ganieva M.A., Fayzullaev D.M., Ne’matov I. Maqsadni belgilash va uch darajali testlarni ishlab chiqishning pedagogik texnologiyalari to‘plami. (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida innovatsion texnologiyalar) -T.: Iqtisodiyot, 2013.

• Ganieva M.A., Fayzullaev D.M. Keys-stadi o‘qitishning pedagogik texnologiyalari to‘plami. (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida innovatsion texnologiyalar) -T.: Iqtisodiyot, 2013.

• Ganieva M.A. Ta’lim jarayonida falsafiy tushunchalarni shakllantirishning mantiqiy asoslari. - T.: Fan va texnologiya, 2013.

KAFEDRANING “MAHORAT MAKTABI”DA UMUMIY O‘RTA TA’LIM BILAN HAMKORLIGI YUZASIDAN AMALGA OSHIRGAN ISHLARI

Toshkent viloyati tarix fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan “Mahorat maktabi”da “Tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasining mudiri t.f.n. dots. G.Fuzailova va katta o‘qituvchi t.f.n. O.Rahmatullaevalar tomonidan har oyda rejaga ko‘ra o‘quv seminari o‘tkazib boriladi. Ushbu seminarda “O‘rta ta’lim tizimida tarix ta’lim jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari”, “Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish” kabi mavzularni qamrab olgan ma’ruza va trening mashg‘ulotlari o‘tkazilib boradi.

O‘rta Chirchiq tumani tumani 72–ixtisoslashgan umumta’lim maktabi o‘qituvchisi F.Sultonov, Olmaliq tumani 18-maktab o‘qituvchisi O.Abdullaev, Oqqo‘rg‘on tumani 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi X.Abdieva, Zangiota tumani 42-maktab o‘qituvchisi B.Xalillaev, Bo‘ka tumani 46-maktab o‘qituvchisi B.Mamatov, Angren shahar 26-maktab o‘qituvchisi B.Normatov, Quyi CHirchiq 11-maktab o‘qituvchisi S.Bobosaidov va boshqalar.

Har bir o‘quv seminardan so‘ng, qizg‘in muhokama va ta’lim jarayonidagi muammolar bartaraf etish bo‘yicha fikrlar almashinadi, kelgusi seminarga qadar bajarilishi kerak bo‘lgan o‘quv topshiriqlari beriladi. Jumladan, belgilab olingan mavzular asosida uslubiy tavsiyalarni tayyorlab kelish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.

O‘quv seminaridagi hamkorlikning amaliy natijasi sifatida “Tarixchi mahorati” nomi bilan masofaviy ta’limda ishtirok etishni ta’minlash maqsadida elektron manzili tashkil etildi. Bundan maqsad “Mahorat maktabi” a’zolari bilan muntazam aloqada bo‘lish va tajriba almashish, jumladan O‘zbekiston va jahon tarixi fanlari bo‘yicha elektron o‘quv metodik majmualar yaratish bo‘yicha fikr almashish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari “Mahorat maktabi” a’zolariga hamkorlik yuzasidan alohida topshiriqlar berilgan va belgilangan muddat asosida mazkur topshiriqlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TARIX FAKULTETI “TARIX VA IJTIMOIY FANLARNI O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASINING AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI BILAN HAMKORLIGI

“Tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi doimiy ravishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqada bo‘lib kelmoqda. Xususan 2013-2014 o‘quv yilida 1-Toshkent pedagogika kolleji va TTESI qoshidagi akademik litseyda kafedra filiali tashkil etilgan.

Kafedraning kurs va BMIlar mavzulari bankini yaratishda korporativ hamkorlikdan kelib chiqqan holda filial bilan muntazam ravishda ish olib borilmoqda. BMIlarning tajriba sinov ishlari va dastlabki himoyalari mazkur filiallarda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zaro hamkorlik doirasida turli ilmiy-amaliy tadbirlar, uchrashuvlar, shonli sanalar munosabati bilan badiiy kechalar uyushtirish urfga aylangan. Kafedra professor-o‘qituvchilari AL va KXK o‘qituvchilari bilan hamkorlikda, shuningdek AL va KXKlarda dars mashg‘ulotlarini olib borish, darslarni zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida olib borish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilgan va bu boradagi ishlar bugungi kunda ham davom etib kelmoqda.

“Tarix o‘qitish nazariyasi va metodikasi” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari bevosita kafedra filiallarida o‘tkaziladi. Ushbu mashg‘ulotlarda talabalar filialning tajribali o‘qituvchilarining ochiq darslarini kuzatadilar.

ALISHER NAVOIY TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR

Amir Temur jamg‘armasi tomonidan Temuriylar tarixi davlat muzeyida 2014 yil soat 7 fevral soat 11.00 da sheriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda TDPU “Tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan navoiyshunos olim t.f.d. prof. A.A.Madraimov va t.f.n., temurshunos olima O.Rahmatullayeva ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ushbu ilmiy – amaliy anjumanda kafedraga biriktirilgan iqtidorli talabalar ham ishtirok etdilar.

9 dekabr 2016 yil, O`qilgan:16280



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi tarixi

13 oktyabr 2015 yil

Bugungi kunda faoliyat kо‘rsatayotgan “Tarix va ijtimoiy fanlarni о‘qitish metodikasi” kafedrasi 1968 yilda Nizomiy nomidagi TDPIning tarix fakulteti qoshida “Tarix va jamiyatshunoslik о‘qitish metodikasi” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan.

"Kafedra oyligi"

1 aprel 2014 yil

O‘quv uslubiy ishlar

24 yanvar 2014 yil

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tasdiqlangan istiqbol rejaga asosan quyidagi o‘quv adabiyotlar yaratildi.

Kafedraning hamkorligi

21 yanvar 2014 yil

Pedagogik amaliyot

20 yanvar 2014 yil


Bizning loyihalar

        

Ilxomov Ziyovutdin Adxamovich
Kafedra mudiri
tarix fanlari nomzodi, dotsent