library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

5 oktyabr 2015 yil, 3,888
.

Tarix fakulteti talabalarining malakaviy pedagogik amaliyoti: nazariyadan amaliyotga

Toshkent turizm va biznes KHK va TTESI qoshidagi akademik litsey bilan tarix fakultetining bir necha yillik hamkorligi doirasida bu yilgi malakaviy pedagogik amaliyot jarayonlari ham qizg‘in davom etmoqda.

Talabalar dastlabki ikki hafta mobaynida passiv amaliyot olib borib, bu davrda barcha fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar va amalda darsning tashkil etilishi, o‘quvchilar bilan muomala madaniyati, darsga oid bo‘lgan hujjatlar va ularni rasmiylashtirish tartib-qoidalari bilan tanishdilar. Keyingi haftadan boshlab esa biriktirilgan professor-o‘qituvchilar ko‘magida mustaqil dars mashg‘ulotlarini olib bora boshladilar.

Malakaviy pedagogik amaliyotning muhim xususiyati shundaki talabalar bo‘lajak kasblarining haqiqiy ustasi bo‘lish uchun tamal toshini aynan mazkur amaliyot jarayonidan boshlashadi. Shuningdek OTMda o‘qitilgan ixtisoslik va boshqa fanlar bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliymashg‘ulot va laboratoriya mashg‘ulotlari davomida o‘rgangan bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishlariga bevosita ko‘mak beradi. Shu bilan birga nafaqat dars mashg‘ulotlarini olib borishni, balki, jamoani boshqarishni, ular bilan bevosita muloqotni amalga oshirish masalalarida malakaviy pedagogik amaliyotning ta’siri kattadir. Malakaviy pedagogik amaliyot o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimidagi o‘quvchi yoshlarga ta’lim tarbiya berishning usul va vositalarini o‘rgatadi. Shuningdek yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni bevosita amalda qo‘llash va uning samaralari ham aynan amaliyot jarayonida ko‘zga tashlanadi.

Talabalarning fikrlariga qaraganda AL va KHKlarda ta’lim-tarbiya olish uchun barcha vositalar mavjudligi, barcha e’tibor mazkur dolzarb masaldaga qaratilganligi haqida fikr bildirib nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovut juda kattaligi, bundan tashqari o‘qituvchilik kasbi birinchi navbatda katta mas’uliyat talab etishini qisqa vaqt ichida anglab yetdilar. Talabalar kafedralardan biriktirilgan professor-o‘qituvchilarga darslar davomida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini ko‘paytirish, eng avvalo fundamental bilim berishni yanada takomillashtirish zarurligini ta’kidlab o‘tishdi. Shu bilan birga bugungi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayonlariga tadbiq etishning samarasi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdilar.

Elektron varianti

5 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:3888



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar