|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


“Yosh musavvir” to‘garagi

“Yosh musavvir” kasbiy to‘garagi rahbari H.Sultonov qator yillardan buyon talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib borishda fidoiylik bilan mehnat qilib kelmoqdalar.

To‘garak – guruh bilan ishlashga mo‘ljallangan auditoriyadan tashqari ishlarning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. U to‘liq ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Yoshlarga sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, giyohvandlik, kashandalik va boshqa zararli odatlarga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida universitetimizning barcha fakultetlarda turli yo‘nalishlarda turli xil, ya’ni ilmiy, kasbiy, ma’naviy-ma’rifiy va sport to‘garaklari tashkil etilgan.

Kasb ta’limi fakultetida faoliyat olib borayotgan “Yosh musavvir” kasbiy to‘garagi talabalarda milliy madaniyatimiz an’analari va turli san’at asarlarining yaratilish jarayonini o‘rgatib, shaxsiy, psixologik, hissiy qobiliyatlari shuningdek, millliy urf-odatlarni qadrlash sifatlarini rivojlantib, badiiy ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda, talabalardagi mustaqil ijod qilish jarayonini faollashtiradi. Talabalarga san’at orqali boshqalar bilan muloqot qilish, ijodiy jarayonda o‘z o‘ziga ishonch ko‘nikmalarini singdirib, o‘zining ezgu niyatlarini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

“Yosh musavvir” kasbiy to‘garagi rahbari H.Sultonov qator yillardan buyon talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib borishda fidoiylik bilan mehnat qilib kelmoqdalar. 2015 yil 21 sentyabrda “Yosh musavvir” to‘garagi a’zolari o‘zlarining “Sizga ta’zim, sizga ehtirom...” deb nomlangan ijodiy ko‘rgazmasini namoyish etdi. Ko‘rgazmada “Kasb ta’limi” fakulteti 102-guruh talabasi N.Azimjonova, 103-guruh talabasi M.Gulyamova, Yu.Xurramova, 203-guruh talabasi M.O‘ktamova, 301- guruh talabasi N.Chornieva, 303-guruhi talabasi E.Shukurovalarning ijodiy ishlaridan namunalar namoyish etildi. Ko‘rgazmada faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliqlar topshirildi.

19 noyabr 2015 yil, O`qilgan:4112

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • “Yosh musavvir” to‘garagi



  • Pedagogikadan savol

    Metodologiya nima?

    Javob: Metodologiya – metod haqidagi ta`limot yoki metodlar nazariyasi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-30 01:59:51