Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar kafedrasi

Vazirlar mahkamasining 2016 yil 13 may qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi TDPU ning optimallashtirish to`g`risidagi qarori muvofiq “Falsafa” va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedralarini birlashtirib “Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kafedrasi nomi bilan atala boshlandi.






“Falsafa” kafedrasi o‘z faoliyatini 1952 yilda boshlagan. U dastlab tashkil qilingan paytda “Dialektik va tarixiy materializm” kafedrasi deb nomlangan. 1992 yildan e’tiboran “Falsafa” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritgan. 2004 yil oktyabr oyida kafedraga akademik J.T.Tulenov nomi berilgan. 2005 yildan K.J.Tulenova “Falsafa” kafedrasiga rahbarlik qila boshlagan.

Respublika miqyosida milliy faylasuf kadrlarni tayyorlashda falsafa kafedrasini salkam yarim asr mobaynida boshqargan akademik E.Yu.Yusupov (1958-1972 yillar) va akademik J.T.Tulenov(1972 – 2002-yillar) larning xizmatlari beqiyos. Ular respublikada o‘z ilmiy maktablarini yaratgan va yuzlab faylasuf kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo‘shganliklari uchun respublika ilmiy jamoatchiligining chuqur hurmat va e’tirofiga sazovor bo‘lgan olimlardir.

“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi 1951 yil tashkil topgan. O‘tgan yillar davomida kafedraga professorlar – G.R.Rizaev (1951-1954), Sh.N.O‘lmasboev (1954-1964), A.E.Egamberdiev (1964-1965), K.Yu.Yusupov (1966-1988) va dotsentlar - T.J.Qosimbekov (1988-1992), U.P.Pozilxonov (1992-1999), A.A.Alimov (1999-2001), professor Yu.Q.Yo‘ldoshev (2001-2010) va 2010 yildan boshlab , i.f.n.dotsent O.Ismailov rahbarlik qildi.

O`zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016 yil 13 may 153-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2016 yil 20 maydagi 200-sonli buyrug’i va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorining 04.06.2016 yil № 320-U sonli buyrug’i hamda universitet kengashi qaroriga muvofiq “Falsafa” va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedralarini birlashtirib “Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kafedrasi nomi bilan atala boshlandi.

Hozirgi kunda Universitet miqyosida salohiyati kuchli bo`lgan kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedrada 2 nafar fan doktori, professor (K.Tulenova, B.Li), 2 nafar fan nomzodlari, professorlar (S.Valieva, I.Hakimov), 4 nafar fan nomzodlari, dosentlar (O.Ismailov, A.Bobotoyev, M.Tillavoldiyeva, Ye.Li), 1 nafar universitet dotsenti (X.Jumanov), 6 nafar katta o‘qituvchi (G.Ibragimova, Sh.Xolmatova, N.Isayeva, U.Mamayusupov, M.Mamadjonova, M.Nurto‘lashev), 2 nafar o‘qituvchi (A.Aymuhammedova, O.Toshev)lar faoliyat yuritmoqda.

Kafedraning 11 nafar a’zosi (O.Ismoilov, M.Tillavoldiyeva, X.Jumanov, G.Ibragimova, N.Isayeva, Sh.Xalmatova, U.Mamayusupov, A.Aymuhammedova, M.Mamadjonova, M.Nurtulashev, O.Toshev) doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari bakalavriat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha “Falsafa (etika, estetika, mantiq)”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Menejment va marketing” shuningdek Tarix fakulteti qoshidagi “Milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq ta’limi” maxsus yo‘nalishi bo‘yicha “Ijtimoiy falsafa”, magistratura yo‘nalishida “Ilmiy tadqiqod metodologiyasi” va “O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradilar.

“Ijtimoiy-iqtosodiy fanlar” kafedrasida hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilgan. Respublika miqyosida O`zbekiston Milliy Universiteti, Sharqshunoslik, Iqtisodiyot universitetlari bilan; xalqaro miqyosida esa Amerika qo`shma shtatlari, Janubiy Koreyalar bilan shartnomalar asosida hamkorlik qilinmoqda.

Kafedrani professor-o‘qituvchilar quyidagi darslik, o’quv qo’llanma, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni nashr etmoqda.

Tulenov J., Tulenova G., Tulenova K. «Falsafa». Darslik. – Toshkent, 2016 yil

Tulenova K.J., Valieva S., Karimov I. Ijtimoiy falsafa. O‘quv qo‘llanma- Toshkent, 2016 yil.

Tulenova K. Valieva S. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. O‘quv qo‘llanma- Toshkent, 2016yil.

Bronislav Li, Lidiya Shim Очерки по истории, культуре и экономике Кореи. O‘quv qo‘llanma .TDPU 29 mart 2017 yildagi 10-son bayonnoma asosida.

Bronislav Li, Omilxon Ismailov, Lidiya Shim Koreya tarixi, madaniyati va iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. TDPU 29 mart 2017 yildagi 10-son bayonnoma asosida.

Aminova N. Odamning ijtimoiylashuvida ma’naviyatning o‘rni. Monografiya- Toshkent, 2016 yil.

Mamayusupov U.Q. Ilmiy bilishda bashorat muammosi. Monografiya. – Toshkent, 2016 yil

Nurtullashev Mansur Globallashuv jarayonning falsafiy-metodologik tahlili. Monografiya.-Toshkent, 2017yil

Tulenova K., Izzetova E, Agaronyan Yu., Li Ye. Философия (этика, эстетика, логика). Uslubiy qo’llanma - Toshkent, 2016 yil

Tulenova K.J., Ye.V.Li Философия (этика, эстетика, логика). Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017 yil

S.I.Valieva, A.P.Bobataev Mantiq. Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017 yil

N.X.Isaeva. Menejment va marketing. Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017 yil

O.Ismailov, A.Aymuxammedova. Экономическая теория. Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017 yil

Tulenova K.J.,U.Mamayusupov, M.Nurtulashev, O.Toshev. Falsafa fanidan o’zbekcha-ruscha-inglizcha atamalar lug’ati. Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017 yil

4 yanvar 2018 yil, 7,887
Yuldasheva D.

Kafedra yangiliklari

14 dekabr 2017 yil


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering