Foydali manbalar













OTM web-reytingi



Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

Tulenova
Karima
Jandarovna

Kafedra mudiri
Fan doktori
falsafa fanlar doktori
Tulenova K.J. 1958 yilda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent viloyatida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1975-1980 yillarda Toshkent davlat universitetining Falsafa-iqtisod fakultetida tahsil oldi va uni imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1981-1990 yillarda K.J.Tulenova O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Falsafa va huquq” institutining aspiranti, so‘ngra esa mazkur institut katta laboranti lavozimida ishlagan.
1985 yilda Tulenova K.J. 09.00.01 - Dialektika va bilish nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha «Predvidenie kak forma nauchnogo poznaniya» mavzuidagi nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
1990-1995 yillarda Tulenova K.J. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Falsafa va huquq” institutining katta ilmiy xodimi, 1994-1997 yillarda doktoranti, 1998-2004 yillarda mazkur institutining avval katta ilmiy xodimi, keyinchalik esa etakchi ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 2001 yilda Tulenova K.J. 09.00.01 - dialektika va bilish nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha «Nauchnoe predvidenie kak filosofskaya problema i yee metodologicheskoe znachenie dlya sotsialnoy praktiki v usloviyax nezavisimogo Uzbekistana» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
2003 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ma’muriyatining taklifiga ko‘ra Tulenova K.J. mazkur universitetning “Falsafa” kafedrasida o‘z pedagoglik faoliyatini boshladi. Dastlab mazkur kafedra professori, so‘ngra kafedra mudiri lavozimiga loyiq ko‘rilib, bu vazifada hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelmoqda.
Tulenova K.J. 2002 yildan boshlab O‘zbekiston Olima ayollar kengashi a’zosi, 2005 yildan boshlab YuNESKO qoshidagi Faylasuf ayollar Umumjahon jamiyatining a’zosi ham hisoblanadi.
2003 yildan boshlab K.J.Tulenova Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti huzuridagi falsafa ixtisosligida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha D.067.02.01 raqamli Birlashgan ixtisoslashgan kengash a’zosi, 2005 yildan esa M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi “Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari” (O‘zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimov asarlari) bo‘yicha Maxsus imtihon komissiyasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan.
2013 yildan M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi yangi tartibda faoliyat olib borayotgan Falsafa ixtisosligi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash raisi muovini vazifasini bajarib kelmoqda. Tulenova K.J. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining OAK Falsafa, huquq, tarix, sotsiologiya, san’atshunoslik fanlari va arxitektura bo‘yicha ekspert kengashining 2014 yil 26 dekabr №10- sonli tavsiyasiga asosan M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 09.00.01 – “Ontologiya, gnoseologiya va logika” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tarkibida samarali ishtirok etib kelmoqda.
Shu o‘rinda Tulenova K.J. M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda ITD-1-136- “Aholini axborot-psixologik xurujidan himoya qilish texnologiyalarining nazariy-asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida ham ishtirok etib kelmoqda.
GrantA-1-163- “Demokratik jarayonlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishining nazariy-smetodologik asoslari” mavzusida 01.04.2015 yildan 31.12.2015 yilgacha ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo komissiyaning 2015 yil 23 oktyabrdagi 1-son yig‘ilish bayoniga ko‘ra (1.5- ilova) M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Mintaqaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish markazida Gumanitar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan Attestatsiya komissiyasi tarkibi a’zosi hisoblanadi.
Shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga kirish bo‘yicha “Fanning bilish nazariyasi va metodologiyasi hamda falsafa, fan metodologiyasi” fani va 09.00.01 - “Ontologiya, gnoseologiya va logika” ixtisosligi bo‘yicha imtihon komissiyasining raisi sifatida ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Falsafa, ijtimoiy falsafaning dolzarb muammolariga bag‘ishlab 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, risolalar, uslubiy qo‘llanmalar nashr etdi. “Fanning falsafiy muammolari”, “Ijtimoiy falsafa”, “Osnovы filosofskoy nauki”, “Milliy istiqlol g‘oyasining ayrim muammolari” qo‘llanmalaridan talaba yoshlar foydalanib kelmoqdalar.
Uning rahbarligida universitetning “Falsafa” kafedrasi M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Jahon diplomatiyasi va iqtisodiyoti universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Qaroqalpoq davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika institutlari, shuningdek, Moskva davlat universiteti, Moskva texnologiya instituti, Qozog‘iston Politologiya institutlari Falsafa kafedralari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
2008 yilda Tulenova K.J. tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Hozirgi zamon falsafasi: holati va taraqqiyotining istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi. Mazkur ilmiy-nazariy anjumanda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi respublikalaridan yetakchi akademik, professorlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. K.J.Tulenovaning kafedrada uzoq yillar ilmiy-pedagoglik faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilarining yubiley tadbirlarini ham uyushtirishda katta tashabbus ko‘rsatib kelmoqda. Shu jumladan, 2013 yil 3 may kuni falsafa fanlari doktori, professor Ibrohim Karimov tavalludining 80 yoshligiga bag‘ishlangan “Olimning yosh avlodga ibratli hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati” mavzusidagi ilmiy anjuman va 2013 yil 12 iyun kuni O‘zbekiston Xalq maorifi a’lochisi, falsafa fanlari nomzodi, professor Sirojiya Valieva tavalludining 70 yillik yubileyi munosabati bilan “Olimaning yosh avlodga ibratli hayoti va ilmiy ijodiy faoliyati” mavzusida ilmiy anjumanni uyushtirdi.Tulenova K.J. muntazam ravishda o‘z ustida ishlaydi, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanadi. Dars mashg‘ulotlari nafaqat talabalar tomonidan, balki malaka oshirish fakulteti tinglovchilari tomonidan ham yuksak baholanib kelinmoqda.
Tulenova K.J. tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishda juda katta jonbozlik ko‘rsatab kelmoqda. Shuningdek, Tulenova K.J. tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida 2014 yilning 10 dekabr kuni “Hozirgi zamon falsafasi: holati va taraqqiyotining istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazildi. Mazkur anjumanda respublikamiz, shuningdek O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining taniqli faylasuf olimlari, tarixchilar, pedagogika mutaxassislari, tadqiqotchilar va talabalar faol ishtirok etdi.
Tulenova K.J. ilmiy pedagogik kadrlarni tarbiyalashga katta e’tibor bilan qaraydi. Kafedraga rahbarligi davrida 7 ta yosh pedagog ishga qabul qilindi. Uning rahbarligida 1 nafar shogirdi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. Tulenova K.J. kafedrada sog‘lom va ishchan muhitni shakllantirishda, kafedraga yosh iste’dodli mutaxassislarni jalb etib, ularning ilmiy salohiyatini oshirish ustida samarali faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda mazkur kafedraning 2 nafar Katta ilmiy xodim-izlanuvchilariga va 4 nafar mustaqil tadqiqotchisiga ilmiy maslahatchi hisoblanadi.
Tulenova K.J. ishga munosabati, insoniyligi bilan jamoamiz orasida katta hurmatga ega bo‘lib Respublikamizda falsafa fanini rivojlantirish, kafedraning istiqbolini belgilash va amalga oshirish bo‘yicha salmoqli mehnat qilmoqda.
Shuningdek, o‘zining yetakchilik va tashkilotchilik qobiliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib, yoshlarni bitta g‘oya, aniq maqsad sari olg‘a undaydigan, ularni mustahkam jipslashtiradigan mavzulardagi ko‘plab ilmiy-amaliy seminarlar, turli xil tadbirlar tashkilotchisihamdir.
Karima Jandarovna halol, to‘g‘ri so‘z, o‘zining mehnatsevarligi, kamtarligi va samarali mehnati bilan keng jamoatchilik orasida e’tiborga tushgan. Shuningdek, turmush o‘rtog‘i – Rasulev Erkin Xasanovich bilan 3 nafar farzandlarini tarbiyalagan, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsata olgan, o‘z oilasida va jamiyatda o‘zning munosib o‘rnini topa olgan mehribon ona hamdir.

Mamayusupov
Umid
Qurbonovich

Katta o`qituvchi
Magistr
-
Men Mamayusupov Umid Qurbonovich. 1976 yil 26 martda Toshkent viloyati, Bekobod tumanida tug`ilganman.O'zMUning "Falsafa" fakultetini 2003 yilda bakalavr, 2005 yilda magistratura bosqichini tugatganman. Xozirgi kunda Nizomiy nomidagi TDPU "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar" kafedrasida faoliyat yurutayapman. "Ilmiy bilishda bashorat muammosi" mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqdaman.

Mamadjonova
Marvarid
Qurbonazarovna

O`qituvchi
Magistr
Mamadjonova Marvarid Qurbonazarovna 1979 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy.
U 1985 yilda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 1-o‘rta maktabning 1-sinfiga qabul qilinib, 1996 yilda ushbu maktabni a’lo baholarga tamomlagan.
M.Mamadjonova 1999-2003 yillarda O‘zbekiston Milliy Universiteti “Falsafa” fakulteti “Jahon falsafasi tarixi va mantiq” yo‘nalishining kunduzgi bo‘limida bakalavr, 2003-2005 yillarda universitetning “Falsafa tarixi ”yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasida tahsil olgan.
Mamadjonova Marvarid 2006 - 2008 yillarda O‘zbekiston Milliy Universiteti “Falsafa va fan metodologiyasi” kafedrasida aspirant, 2009-2010 yillarda Chilonzor akademik litseyida, 2010 - 2012 yillarda Uchtepa tumani 75- o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bordi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Falsafa” kafedrasida 2007 yildan 2012 yilgacha o‘rindoshlik asosida, 2012 yil sentyabrdan 2016 yilgacha asosiy shtatda, 2016 yilning sentyabr oyidan “Ijtimoiy - iqtisodiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Mamadjonova Marvarid “Falsafa” kafedrasiga ishga kirgan vaqtidan boshlab, o‘zining bilimga chanqoqligi, tirishqoqligi, bilim olishga sabot bilan yondashishi, boshlagan ishini sidqidildan bajarishi, farazlarga emas aniq dalil va faktlarga tayanib ish ko‘rishi bilan safdoshlaridan ajralib turadi. U “Falsafa (Etika, estetika, mantiq), “Ijtimoiy falsafa” fanlaridan ma’ruza hamda seminar mashg‘ulotlaridan talabalarga saboq berib kelmoqda.
Mamadjonova Marvarid “Fanda shaxsiy bilim va avtoritetning roli” mavzusida doktorlik ishi ustida ishlamoqda. Uning hammualliflikda 3ta uslubiy qo‘llanmasi, respublika ilmiy jurnallarida 5 ta, xalqaro ilmiy jurnalda 1ta ilmiy maqolasi hamda xalqaro va respublika ilmiy - amaliy anjumanlari to‘plamlarida 30dan ortiq ilmiy hamda uslubiy maqola va tezislari nashr etilgan.
M.Mamadjonova muntazam ravishda “Mahalla”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, telekanallarida hamda “Yoshlar” radiosida ilmiy, uslubiy va ahloqiy mavzulardagi suhbatlarda ishtirok etib kelmoqda.
M.Mamadjonova o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi, topshirilgan vazifalarni ijodkorlik bilan bajarishga intiladi. Tirishqoqligi, o‘zi va atrofdagilarga nisbatan xayrixohligi, namunali xulqi bilan jamoa va talabalar o‘rtasida hurmat – e’tibor qozongan.U universitetning ijtimoiy hayotida hamda jamoat ishlarida faol ishtirok qiladi.
2016-2017 o`quv yilida “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovida ishtirok etdi va universitet miqyosida Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Tangirov
Nizom
Abduraxmonovich

O`qituvchi
Magistr

O.I.Ismailov

Dotsent
Fan nomzodi
iqtisod fanlari nomzodi
1973 yili Toshkent shahrida ziyoliy oilasida tug'ildi.ma'lumoti oliy. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. Oilali.Millati o'zbek.

Bobotaev
Askat
Pardaevich

Katta o`qituvchi
Fan nomzodi
falsafa fanlar nomzodi

Tillavoldieva
Matlyuba
Xoldarovna

Katta o`qituvchi
Fan nomzodi

Li
Yekaterina
Vladimirovna

O`qituvchi
Fan nomzodi
falsafa fanlari nomzodi
Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumanida 1976 yil 30 yanvarda ziyoli oilasida tug`ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat Universitetining "Falsafa" fakultetiga o`qishga kirdi. 2000 yil O`zbekiston Milliy Universitetining "Ijtimoiy falsafa" yo`nalishining magistratura mutahassisligida tahsil oldi.2003 yildan boshlab Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining "Falsafa" kafedrasida "Falsafa(etika, estetika, mantiq)" fanidan bakalavr yo`nalishiga dars berishni boshladi. 2006 yildan 2009 yilgacha Asperanturada tahsil olib, 2011 yilda falsafa fanlari nomzodligini oldi.5ta o`quv-uslubiy qo`llanma, 20 ta maqolalar, 30dan ortiq tezislarning muallifi. 2015 yilda UzMU da malaka oshirish va qayta tayyorlash kursida muvofiqiyatli sertifikatni qo`lga kiritgan. OT-Ф1-95-sonli "Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari" mavzusidagi respublika granti a`zosi. 2017 yilda " Mustaqillik mafkurasi hamda demaktarik jamiyat qurishning iqtisodiy- ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy negizlari va ilmiy asoslari" dan malakaviy imtixonni na`munali topshirdi.

Valieva
Srajiya
Ikramovna

Professor
Fan nomzodi
falsafa fanlari nomzodi
1943 yil 11 iyunda Toshkent shaxri xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1966 yil Nizomiy nomidagi filalogiya fakultetini kechki bo`limida imtiyozli diplom bilan yakunlagan. 1969-1972 yillarda O`zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi qoshidagi Kibernetika insitutining "Sotsiologik tadqiqotlat laborotoriyasi" qoshida aspiranturani tugatdi. mehnat faoliyatini 1961 yilda maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi sifatida boshlagan, 1965-1966 yillarda Toshkent shaxar 127-maktabda O`zbek tili va adabiyotidan dars bergan, 1967- yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika insitutining "Falsafa" (Dialektik va tarixiy materializim) kafedrasida dastlab assistent, o`qituvchi 1975 yildan katta o`qituvchi, 1990 yildan fan nomzodi, 1991 yildan dotsent vazifasida faoliyat olib borgan. 1985-1999 yillar orasida Nizomiy nomidagi TDPUning "Boshlang`ich ta`lim metodikasi" va "Maktabgacha ta`lim" fakultetlarining dekani lavozimlarida ishlagan. 1985 yilda "Barkamol insonni tarbiyalashda vaqt omilining tutgan o`rni" mavzusida akademik, falsafa fanlari doktori, professor Erki Yusupov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab "Falsafa fanlari nomzodi" ilmiy darajasini olgan.2007 yilda Nizomiy nomidagi TDPUning Ilmiy kengashida Universitet professori ilmiy unvoni berildi. 2015-2016 yillarga qadar "Falsafa" kafedrasida, 2016-2017 o`quv yilidan boshlab " Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar" kafedrasida professor lavozimida faoliyat olib bormoqda. 1992 yili S.Valiyevaga "Xalq maorifi a`lochisi" unvoni berilgan, 2006 yilda "O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi" ko`krak nishoni; 2016 yilda "O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi" ko`krak belgisi bilan mukofatlangan. faoliyati davomida falsafaning dolzarb masalalari bo`yicha 100 ga yaqin maqolalar uslubiy qo`llanma, o`quv qo`llanmalarni nashr qildirgan. 2016 yilda O`zbekiston Respublikasi Vazir mahkamasi qoshidagi o`quv adabiyotlarini muvofiqlashtirish tomonidan S.Valiyevaning ham mualliflikda yozga "Ijtimioy falsafani" o`quv qo`llanma (o`quv adabiyoti sifati)da respublika miqyosida nashr etishga tavsiya qilindi va nashr qilindi.

Xakimov
Ismoil

Professor
Fan nomzodi
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent, universitet professori
Hakimov Ismoil 1947 yil 28 fevralda Samarqand viloyati Katta qo'rg'on tumanida tug'ilgan. Mutaxassisligi matematika va chizmachilik o'qituvchisi. 1970-1972 yillarda stajyor-tadqiqotchi bo'lib ishlagan, 1972-1975 yillarda "Falsafa" kafedrasida aspiranturada tahsil olgan va 1975 yilda falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1980 yilda dotsent, 2007 yildan boshlab universitet professori ilmiy unvoniga ega. Falsafa(etika, estetika, mantiq), ilmiy tadqiqot metodologiyasi, fan metodologiyasi fanlaridan bakalavr va magistratura bosqichlarida talabalarga saboq beradi. 1997 va 2017 yillarda "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. Tabiatshunoslik va matematikani falsafiy masalalariga qiziqadi va shu sohada ilmiy izlanishlar olib boradi. Loyihalarda ishtirok etmagan. 6 ta o'quv metodik qo'llanma va 50dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Rus tilini mukammal biladi. Nemis tilini qisman biladi (lug'at yordamida). Ilmiy ish ustida ish olib borayotgan yosh izlanuvchilarga ilmiy metodik jihatdan tavsiyalar beradi.

Izzetova
E.M

O`qituvchi
Fan doktori
falsafa fanlar doktori, universitet professori

Li
Bronislav
Sergeyevich

Professor
Fan doktori

X.T.Jumanov

Dotsent
1962 yil 14-mayda Samarqand viloyati, Nurota tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti bo'yicha iqtisodchi-matematik, "Iqtisodiyot nazariyasi", "Kichik biznes va tadbirkorlik", "Soliqlar va soliqqa tortish" fanlaridan dars beradi. 2015 yilda "Universitet dotsenti" unvoni berilgan. 1 ta monografiya, 8-metodik qo'llanma, 50 yaqin ilmiy maqolalari va tezislari xorij va respublika jurnallarida chop etilgan. Ilmiy rahbarligida bir nafar talaba Respublika fan olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashgan.Rahbarligida Universitetning "Pedagog" va "Yosh pedagog" jamoalari "Soliq bilimdonlari" va "Tafakkur sinovlari" Respublika tanlovlarida faxrli 2-o'rinlarni egallashgan.

Aminova
Nurxon
Bobomurodovna

Katta o`qituvchi
1975 yil 27 fevralda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug'ilgan Ma'lumoti oliy Falsafa o'qituvchisi.Falsafa,Etika,estetika, mantiq fanlaradan dars beradi.

G.T.Ibragimova

Katta o`qituvchi
1962 yil 1 dekabr Toshkent viloyati Piskent shahrida tug'ilgan.1985 yil Toshkent Xalq Xo'jaligi Institutini o'qib tamomlagan.
Ma'lumot bo'yicha mutahassisligi Iqtisodchi-muhandis."Iqtisodiyot nazariyasi" fanidan dars beradi.50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 10 dan ortiq uslibiy qo'llanmalar chop ettirgan. Rus tilini mukammal, ingliz tilini qisman egallagan.

Isayeva
Nargiza
Xamidovna

Katta o`qituvchi
yo'q
Isayeva Nargiza Xamidovna 1973 yil 17 martda Toshkent shahrida tug'ilgan.Iqtisosligi-Iqtisodchi-muhandis.Mashg'ulot olib boradigan fanlari-Iqtisodiyot nazariyasi, Menejment va marketing fanlari.Loyixalarda ishtirok etmagan. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 10 dan ortiq uslubiy qo'llanmalar chop ettigan. Iqtisodiyot sohasiga qiziqadi. Rus tilini mukammal va ingliz tilini qisman o'zlashtirgan.

Xolmatova
Shaxlo
Abdugafforovna

Katta o`qituvchi


Aymuxammedova
Amina
Kakajanovna

O`qituvchi
Amina Aymuxammedova 1976 yili Qoraqolpog'iston Respublikasida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan dars beradi.
Rus tilini mukammal biladi, ingliz tilini lug'at yordamida.

Nurtulashev
Mansur
Juraboevich

O`qituvchi
1984 йил 27-октябрда Самарқанд вилояти Қўшрабод тумани Қўрли ҚФЙ Бақон қишлоғида туғилганман. 2006 йил Сам ДУ Тарих факультети Фалсафа йўналиши бакалавр босқичини, 2008 йил Ўз МУ Фалсафа факультети "Замонавий ғарбий европа фалсафаси ва тарихи" йўналиши магистратура босқичини тугатганман. Ҳозирги кунда Низомий номидаги ТДПУ "Ижтимоий-иқтисодий фанлар" кафедрасида ўқитувчи лавозимида ишлаяпман. Илмий тадқиқот мавзуйим "Глобаллашувнинг концептуал модели футуро-синергетик таҳлил"

Toshev
Olmas
Nuriddinovich

O`qituvchi
yo'q
Toshev Olmas Nuriddinovich 1985 yil 6 iyunda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug'ildi. Mutaxassisligi ma'naviyat asoslari. Falsafa, etika, estetika va mantiq fanlaridan dars beradi. Badiiy adabiyot va tarixga qiziqadi. Sport bilan muntazam shug'ullanib turadi.Loyihalarda ishtirok etmagan. Bir nechta ilmiy maqolalar muallifi. Ingliz va rus tillarini biladi.

Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering