|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASh: TARIXIYLIK, ZAMONAVIYLIK, ISTIQBOLmavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bolib otdi

Yurtboshimiz rahnamoligida ishlab chiqilgan Talim togrisidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlashning yangi, bugungi kun talablariga tola javob beradigan samarali milliy modelni yaratishda muhim omil boldi. Mamlakatimizda yangi avlod kadrlarini tayyorlash ishi jamiyatning bugungi, kelajakdagi talab va ehtiyojlari aniq hisobga olingan holda huquqiy demokratik davlat qurish yolidagi keng kolamli islohotlar va modernizatsiya jarayonlariga uygun tarzda olib borilmoqda. Aynan bu borada Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar juda muhim ekanligini takidlab otish joizdir.

Zero, bugun respublikamiz ilmiy ahli, qolaversa mintaqamiz ziyolilari yurtimizdagi eng qohna oliy talim muassasalaridan biri hisoblangan Toshkent davlat pedagogika universiteti tashkil etilganligining 80 yilligi keng nishonlanmoqda. Universitet yosh avlodni tarbiyalash, talim tizimini takomillashtirish borasida tayanch oliy oquv yurti sifatida belgilangan. Mustaqillik yillarida universitet ilmiy jamoasining jahonda taraqiyotning ozbek modeli sifatida tan olingan tizimning tarkibiy qismi hisoblangan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga joriy etish borasidagi samarali faoliyatini, talim va tarbiya jarayonining uzluksizligi va uzviyligini taminlash, yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, pedagogik fanlarni tizimlashtirish va ularni integratsiyalash, talimni axborotlashtirish, talimga innovatsiyalarni joriy etish, fan, talim va ishlab chiqarish ortasidagi uzviylikni taminlash borasida ulkan hissasini alohida takidlab otish lozim.

2015 yil 29 sentyabr kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti tashkil etilganligining 80 yilligiga bagishlangan Pedagogik kadrlar tayyorlash: tarixiylik, zamonaviylik, istiqbol mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bolib otdi.

Konferensiyaning bosh maqsadi respublikada asrlar davomida shakllangan talim va tarbiya ananalarini yoritish, moddiy va manaviy hayot uygunligi goyalarin targib qilish, talim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda pedagogik kadrlar tayyorlash istiqbollarini tahlil qilishdan iborat.

Konferensiya quyidagi seksiyalarda ish olib bordi:

- Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Ozbekistonda uzluksiz talim tizimini shakllantirish va takomillashtirishning asosiy omili;

- talim tizimiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish muammolari

- Ozbekistonda barkamol shaxsni shakllantirish masalalari.

Konferensiyada respublikamizda pedagogika sohasida ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan 300 dan ortiq professor-oqituvchilar ishtirok etdilar. Shuningdek, konferensiyada 10 ga yaqin xorijdan tashrif buyurgan mutaxassislar, jumladan, Rossiya, Italiya, Germaniya, Bosniya-Gersegovina, Koreya Respublikasi, Qozogistondan kelgan olimlar ishtirok etib, pedagogika sohasida jahonda toplangan ilgor tajribalar haqida fikr yuritdilar.

Konferensiya davomida talim tizimiga innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, respublikada oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash istiqbollari, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish, pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik holati va istiqbollari kabi masalalar qizgin ilmiy munozaralarga sabab boldi.

Konferensiya ishtirokchilarining maruzalari toplam sifatida chop etildi va keng jamoatchilik vakillari tomonidan qizgin muhokama etilmoqda. Bulardan tashqari yubiley tantanalariga bagishlab Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy maktablari nomli risola nashr etilib, universitetda ilmiy maktab yaratgan va fanning muayyan sohasi boyicha mavjud ilmiy yonalishlarni rivojlantirgan olimlar, ularning ilmiy ishlari hamda shogirdlari togrisida qiziqarli malumotlar yoritilgan.

Konferensiya jarayonida respublikamiz yosh olimlarining ilmiy natijalari yuzasidan korgazmalar tashkil etildi, yangi nashr etilgan kitoblar taqdimotlari otkazildi. Shuningdek, tashkiliy qomita tomonidan konferensiya ishtirokchilari uchun bir qator manaviy-marifiy tadbirlar ham tashkil etildi.

6 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:4327

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASh: TARIXIYLIK, ZAMONAVIYLIK, ISTIQBOLmavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bolib otdi



  • Pedagogikadan savol

    Kosmopolitizm bu .

    Javob: Barcha javoblar to`g`ri.

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar









Bizning loyihalar