library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

10 oktyabr 2015 yil, 9,804
.

Universitet tashkil topganligining 80 yilligi munosabati bilan katta bayram tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 30 sentyabr kuni “1 oktyabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami hamda oliy ta’lim muassasasi tashkil topganligining 80 yilligi munosabati bilan katta bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tadbirida Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov,O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Guseyn Guliev, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Li Uk Xon, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Qozog‘iston, Misr, Eron davlatlarining yurtimizdagi elchixonalarining mas’ul xodimlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim muassasasida uzoq yillar samarali pedagogik faoliyat olib borgan faxriylar, bugungi kunda mehnat qilayotgan profesor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda faollik ko‘rsatayotgan hamda mashg‘ulotlar jarayonida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llab yaxshi natijalarga erishayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga “Xalq ta’limi a’lochisi”, “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida bayram munosabati bilan tashkil etilgan madaniy-musiqiy dastur namoyishi etildi hamda bayram dasturxoni tashkil etildi.

10 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:9804



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar