XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Fakultet tarixi

Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi harbiy kafedra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 – yilning 18 – dekabridagi № 14/ 40-19 sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 1991 – yilning 25 – martidagi № 84 buyrug‘iga binoan takshil etilib 2004 – yilga qadar «Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi kadrlar tayyorlab kelgan.

TDPI rektorining 1991 – yilning 31 – martidagi № 210 – sonli buyrug‘iga ko‘ra TDPI tizimida “Boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi” mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 – yilning 18 – dekabridagi № 14/ 40-19 sonli Qarorini qabul qilinishi

2005 – yildan DTS talablariga muvofiq harbiy kafedra faqat ta’lim yo‘nalishi 5141500 «Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik» fani o‘qituvchilarini tayyorlashni boshladi.

Dastlabki qabul yilida 75 ta talaba qabul qilingan bo‘lib, 1991 yilning 1-sentyabridan mashg‘ulotlar boshlangan 1995 yilda 64 talaba «Chaqiriqqacha harbiy va jismoniy tayyorgarlik» o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha birinchi bitiruvchilari bo‘lishdi. 1991 – 1992 o‘quv yilida harbiy kafedraning shtat birligi 7 ofitserni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008- yil 5- avgustidagi 12 -va 230- raqamli qaroriga asosan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash to‘g‘risidagi Nizomi” ga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlashni takomillashtirish maqsadida boshqaruv vazifalari quyidagicha taqsimlangan.

1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini harbiy tayyorgarligini boshqaradi va nazorat-qilinishini;

OUYu talabalarining harbiy tayyorgarligini tashkil qilishga doir me’yoriy xujjatlarni tayyorlash chop etishni;

Oliy ta’lim muassasalari talabalarni harbiy tayyorgarligi masalalariga oid O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri va Qurolli Kuchlar birlashgan shtabi boshlig‘ining buyruqlari va direktivalarini bajarilishini nazorat qilishni;

Rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlashni amalga oshiradigan, tasarrufida ta’lim muassasasi bo‘lgan Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa vazirliklar aro muvofiqlashtiruvchi ishlarni;

Belgilangan tartibda OUYu talabalarning harbiy tayyorgarlik dasturini ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini, harbiy kafedralarning harbiy texnikalari, o‘quv qurollari va harbiy o‘quv buyumlar bilan ta’minlanishini;

Yiliga qumondonlik va o‘qituvchilar tarkibi bilan metodik yig‘inlarni rejalashtirilishini va o‘tkazilishini ta’minlaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari.

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv rejalar, dasturlar va belgilangan harbiy mutaxassislik hisobiga muvofiq harbiy tayyorgarlikni tashkil etilishini;

Talabalarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tish tartibi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarigi tuzatishlar kiritilishini;

Talabalarga harbiy tayyorgarlik o‘tkazilishi bo‘yicha nazoratni tashkil qilinishini ta’minlaydi.

3. Oliy ta’lim muassasalari Rektorlari:

2008-2009 o‘quv yilidan boshlab talabalarning harbiy tayyorgarligini “Oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash to‘g‘risidagi Nizomi” ga va unga ilova qilingan OUYu harbiy kafedralarida o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq tashkil etadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008- yil 5- avgustidagi 12 -va 230- raqamli qarorini bajarilishini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgan.

Oliy ta’lim muassasalaridagi harbiy kafedralaridagi shtatli lovozimlarga harbiy xizmatchilarni saralash va tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

6 oktyabr 2015 yil, 4,389
.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering