Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Kasb ta’limi metodikasi” kafedrasi

«Kasb ta’limi metodikasi» kafedrasi 1980 yilda «Mehnat ta’lim о‘qitish metodikasi» nomi bilan tashkil etilgan. Kafedraning tashkil qilinishidan asosiy kо‘zlangan maqsad umumiy о‘rta va kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlash, mehnat va kasb ta’limi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy о‘rta va kasb-hunar ta’lim tizimi uchun о‘quv-metodik tavsiyalar, darslik va о‘quv qо‘llanmalar yaratishdan iborat.






O‘quv ishlari

Kafedra bakalavr va magistrlarni tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha fanlardan davlat ta’lim standartlari, namunaviy dasturlar va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilgan va chop ettirilgan. Hozirgi kunda kafedraning o‘quv yuklamasila “Kasbiy kompetentlik”, “Mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika asoslari”, “Servis hizmati”, “Texnologiya va dizayn”, “Texnik ijodkorlik va dizayn”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Metrologiya standartlashtirish va sertifikatsiya”, “Kasb hunarga yo‘naltirish”, “Kasbiy fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish” va “Uy ro‘zg‘or asoslari” kabi fanlar o‘rin olgan.

Ilmiy faoliyat

Kafedrada ilmiy faoliyat olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kafedrada bugungi kunda 4 nafar (p.f.d., prof. U.I.Inoyatov, p.f.d., prof. SH.S.SHaripov, p.f.d., prof. N.A.Muslimov, p.f.d., prof. O‘.Q.Tolipovlar) professor, 6 nafar dotsent (p.f.n., dots. D.U.Ergashev, p.f.n., dots. O.A.Qo‘ysinovlar. p.f.n., dots. G.M.Anorqulova, p.f.n., dots. S.A.Boltabaev, pedagogika p.f.n., dots. O.I.Avazboev) faoliyat yuritadi. Ular yordamida ustoz-shogirt tizimi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan 2017 yilda kafedrada o‘qituvchilaridan 3 nafari (13.00.02–Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik shifri bo‘yicha Mamatov Dilmurod Normurodovich “Elektron axborot ta’lim muhitida umumkasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish” mavzusida, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisoslik shifri bo‘yicha Qodirov Xayot SHaripovich “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash metodikasini takomillashtirish” mavzusida va Abduraimov Sherali Saydikarimovich “Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini ta’minlashda tarmoqlararo integratsiyaning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish” mavzusida) falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.

SHu bilan bir qatorda o‘tgan bir yil davomida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 3 dona darslik: umumta’lim maktablari uchun SH.S.SHaripov, O.A.Qo‘ysinovlar muallifligida “Texnologiya” fani bo‘yicha 5-6 sinflar uchun darslik va Oliy ta’limda Mehnat ta’limi yo‘nalishi bakalavr bosqichi uchun “Texnologiya ta’limi praktikumi” darsligi yaratildi, 2 dona monografiya: “Elektron talim muxitida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyixalashtirish” va “Bo‘lajak mehnat ta’limi ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik tayyorgarligini metodik asoslari”, 2 dona qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqola (50 foizi Xalqaro jurnallarda), 50 ga yaqin tezislar (shundan 1/3 qismi xalqaro konferensiyalarda) nashr etildi.

Hamkorlik

Kafedrada xamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik KHK, YAshinobod Kompyuter KHK, YAkkasaroy tumanidagi 118-umumta’lim maktabida kafedra filiallari faoliyat yuritgan, 2017 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi profilli mehnat ta’limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida kafedra filiali faoliyat ko‘rsata boshladi.

Xorijiy professor-o‘qituvchilarning ta’lim jarayoniga jalb etilishi

va tasdiqlangan reja asosida doimiy ravishda xorijlik professor-o‘qituvchilar ma’ruza va davra suhbatlari tashkil qilinadi. Jumladan 2017 yil Italiyaning Turin Politexnika Universiteti professorlari Simon Stayvano va Mauritsio Repettolar tashrif buyurishdi. Ular “Mehnat ta’limi” yo‘nalishi 3- 4- kurs talabalari uchun “Texnologiya va dizayn” fani bo‘yicha ma’ruza qildilar.

Ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy soha

Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli va sermazmun o‘tkazish maqsadida ilmiy va fan to‘garaklari, sport mashg‘ulotlari bilan bir qatorda, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar hamda ko‘rik tanlovlar ham o‘tkazib boriladi.

6 yanvar 2018 yil, 14,097
Yuldasheva D.

“Kasb ta’limi metodikasi” kafedrasida innovatsion faoliyatini tashkil etish haqida

6 dekabr 2017 yil

“Kasb ta’limi metodikasi” kafedrasida innovatsion faoliyatini tashkil etish haqida


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering