XTQTXMOM     library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Umumiy pedagogika kafedrasi

16 dekabr 2016 yil, 4,974
.

Pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fan sifatida o‘zining ilmiy asoslariga ega bo‘lib, dialektik qonuniyat va yangidan-yangi g‘oyalarning rivojlanishi asosida taraqqiy etib boradi. Biroq uning jadallik bilan rivojlanib borishi ko‘p jihatdan mazkur sohada salmoqli ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liqdir. Pedagogika sohasi rivoji ikki asosiy yo‘nalishni o‘zaro uzviyligi va uzluksizligini talab etadi: pedagogik va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash. Ushbu ikki yo‘nalishni bir xil sur’atda rivojlanishida nafaqat respublikamiz, balki O‘rta Osiyo miqyosida katta nufuzga ega bo‘lgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining umumiy pedagogika kafedrasi alohida o‘rin tutadi.

Ilk tashkil qilingan yillari kafedrada S.R.Radjabov, kafedra mudirining o‘rinbosari M.Usmonov, o‘qituvchilar T.Xalilov, I.Xusanxo‘jaevlar faoliyat ko‘rsatishdi. 1938 yildan 1942 yilgacha kafedrani dotsent V.N.Moroz boshqardi. 1942 yildan 1944 yilgacha kafedra mudiri lavozimida pedagogika fanlari doktori, professor N.A.Konstantinov, 1944 yilning oxiridan dotsent N.M.Takanaev, 1947 yilning noyabr oyidan 1990 yilgacha Pedagogika Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor S.R.Radjabov ishladi. Kafedraga 1990-1992 yillarda pedagogika fanlari doktori, professor B.Mirzaaxamedov, 1992 yildan 1995 yilning may oyigacha pedagogika fanlari nomzodi, professor K.X.Xoshimov, 1995 yilning may oyidan 1996 yilning sentyabr oyigacha pedagogika fanlari nomzodi dotsent Ye.G.Shain, 1996 yilning sentyabridan 1998 yilning oktyabrigacha pedagogika fanlari doktori, professor J.Xasanboev, 1998 yilning oktyabrdan 2001 yilning fevraligacha pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxodjaeva, 2001 yilning fevralidan 2002 yilning martigacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.A.Madiyarova, 2002 yilning mart oyidan 2010 yilning dekabr oyigacha kafedraga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, pedagogika fanlari doktori, professor M.X.Toxtaxodjaeva, 2010 yilning dekabr oyidan 2013 yilning noyabr oyigacha pedagogika fanlari doktori E.R.Yuzlikaeva, 2014 yilning mart oyidan 2016 yil oktyabr oyigacha B.X.Xodjayev rahbarlik qildi.

Bugungi kunda Umumiy pedagogika kafedrasiga pedagogika fanlari doktori, professor D.I.Ruziyeva mudirlik qilmoqda.

Xozirgi vaqtda umumiy pedagogika kafedrasi universitetimizning eng yirik va tayanch kafedralaridan biridir. Uning tarkibida 31 nafar yuqori malakali pedagog xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan pedagogika fanlari doktorlari, professorlar M.X.Toxtaxodjaeva, F.N.Xalilov, D.I.Ro‘zieva, B.X.Xodjayev, pedagogika fanlari doktori K.Yu.Qilicheva, pedagogika fanlari nomzodi, professor A.S.Kaldыbekova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsentlar S.A.Madyarova, X.A.Ruzmetova, G.M.Qurbanova, I.A.Uzoqov, S.B.Umarov, katta o‘qituvchilar Sh.X.Tashmetova, S.X.Koneva, I.V.Morxova, B.O.Jo‘rayeva, M.A.Irgashova, S.A.Djumaeva, N.S.Mirsagatova, G.N.Ibragimova, F.Mirzayeva, o‘qituvchilar O‘.I.Abdullaeva, G.M.Lafasova, N.M.G‘afurova, Z.Abralova, M.Nishonova, K.Salixova, I.R.Choriev, B.J.Muxammadiyev, S.T.Azimova, G.S.Muminova va boshqalardir.

“Umumiy pedagogika” kafedrasining respublikamiz va MDH respublikalarida katta nufuzga ega bo‘lishi shak-shubhasiz, akademik Siddiq Radjabov nomi bilan bevosita bog‘liqdir. 43 yil davomi (1947-1990 yy.)da kafedraga rahbarlik qilgan akademik S.R.Radjabov Respublikada pedagogika fanning rivojlanishiga, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo‘shdi, ilmiy maktabni yaratdi. O‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida akademik S.Radjabov yosh olimlarga xamisha yordam berib keldi. S.Radjabov o‘zoq yillar davomida pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beradigan ixtisoslashtirilgan Kengashni boshqarib, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham olimlar tayyorlab berishda juda katta xizmat qildi. Akademik S.Radjabov 7 nafar fan doktorini, 130 nafar fan nomzodini tayyorladi.

Siddiq Rajabov rahbarligida kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogika fanining rivoji yo‘lida fidokorona xizmat qilishdi. Buning yorqin namunasi pedagogika oliygohlari talabalari uchun 1962 yilda o‘zbek tilida “Pedagogika” darsligini chop ettirishi bo‘ldi. Darslik 1962, 1966 va 1981 yillarda qayta-qayta to‘ldirib, nashr ettirildi. Shuningdek, kafedrada tashkil etilgan ijodiy guruh a’zolari tomonidan 1986 yilda Moskvaning “Pedagogika” nashriyotida “O‘zbek pedagogik fikrlar antologiyasi” kitobining nashr etilishi milliy pedagogika fani rivojida katta burilish yasadi. Hamdo‘stlik davlatlaridan bir nechtasigina bunday salmoqli pedagogik asarni chop ettira olganini hisobga olsak, kafedra professor-o‘qituvchilarining mustabid tuzum davrida milliy pedagogika rivoji yo‘lida ko‘rsatgan juda katta ma’naviy jasorati deb, bemalol aytish mumkin.

Kafedra faoliyatiga katta kuch bergan voqelik, albatta O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikni qo‘lga kiritganligidir. Kafedra faoliyatining har jabhasi chuqur o‘zgarishlarga yuz tutdi. Bu o‘zgarishlar ilmiy-tadqiqot, o‘quv va o‘quv-metodik ishlarni qayta ko‘rib chiqishni talab etdi. Natijada kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan pedagogika fanini rivojlantirishning quyidagi istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi:

1) Mustaqil O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash va uni ishlab chiqishda jonbozlik ko‘rsatish;

2) “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilab berilgan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;

3) pedagog kadrlar tayyorlash sohasida fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish;

4) pedagogika fani mazmunini isloh etish, yangi o‘quv dasturlari va darsliklar yaratish;

5) pedagogik fikrlar tarixini tadqiq etish va yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash;

6) pedagogikaning dolzarb mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

7) yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy mafkurani shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish va boshqalar.

Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq kafedra qoshida pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi Ixtisoslashgan Kengash faoliyat yuritib, 1991-2000 yillar mobaynida kafedraning 30 nafar tadqiqotchisi (O.Musurmonova, U.Mahkamov, E.Seytxalilov, A.Abduqodirov, S.Nishonova, A.S.Kaldibekova, Sh.Avezov, M.Bozorova, B.Adizov va boshqalar) istiqlolning ilk ilmiy-pedagogik kadrlari sifatida nomzodlik va doktorlik disseratatsiyalarini himoya qilishdi.

Mazkur davrda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan eng qadimgi davrlardan mustaqillik yillariga bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Pedagogika tarixi” (1996), ikki qismli “O‘zbek pedagogik fikrlar antologiyasi” (1995, 1999) nomli o‘quv qo‘llanmalar yaratilib, respublika oliy ta’lim muassasalarini yangi o‘quv adabiyotlari ta’minlashga munosib hissa qo‘shildi.

2000 yildan boshlab kafedrada pedagogika fanini rivojlantirishning quyidagi yangi istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilib, tizimli ishlar amalga oshirildi:

1) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarining DTS asosida yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish;

2) mustaqillik mafkurasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish;

3) pedagogik fanlar mazmunini modernizatsiyalash;

4) uzluksiz ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

5) pedagogik fanlarning metodik ta’minotini takomillashtirish;

6) ta’lim xizmatlari sohasini rivojlantirish;

7) iqtidorli talabalar bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish va uztoz-shogird tizimini rivojlantirish;

8) innovatsion-korporativ hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar.

2000-2012 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Vatan tuyg‘usi”, “Rus tili”, “Alifbe” kabi fanlar bo‘yicha 10 dan ortiq, pedagogika kollejlari uchun “Pedagogika” va “Pedagogika tarixi” fanlaridan 6 ta, oliy ta’lim muassasalari uchun pedagogikaning turli sohalariga doir 40 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi.

2007 yili nashrdan chiqqan A.S.Kaldыbekovaning “Pedagogika teoriyasы” nomli o‘quv qo‘llanmasi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi – 2008” respublika tanlovida 3-o‘rin, M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida 2008 yili nashrdan chiqqan “Pedagogika nazariyasi” nomli darslik “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi – 2009” respublika tanlovida 3-o‘rin, A.Xoliqovning 2010 yili nashrdan chiqqan “Pedagogik mahorat” darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi – 2012” yil respublika tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kafedra tadqiqotchilaridan 40 nafari (F.R.Yuzlikaev, K.Qilicheva, E.R.Yuzlikaeva, N.Nishonova, M.Usmonboeva, B.Mirzaolimov, M.Tadjieva, M.Axmedova, B.Xodjaev, G.Qurbonova va boshqalar) doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi va hozirda uzluksiz ta’limning turli bosqchilarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishmoqda.

Mazkur yillarda kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash va ustoz-shogird tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 6 nafar “Pedagogika” fanidan Respublika olimpiadasi g‘olibi va “Pedagogika” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli stipendiyalar sovrindorlari tayyorlandi. Ayniqsa, kafedra professori A.S.Kaldibekovaning “Ustoz-shogird” tizimida iqtidorli talabalar bilan olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. Olima rahbarligidi 2 nafar “Pedagogika” fanidan Respublika olimpiadasi g‘olibi va ikki marotaba Prezident stipendiyasi sovrindori tayyorlangan.

Mustaqillik yillarida kafedraning ikki nafar professor-o‘qituvchisi davlatimizning yuksak unvon va medallariga munosib deb topildi. 2005 yilda pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxodjaeva “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” unvoni va 2007 yilda professor A.S.Kaldыbekova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

So‘nggi yillarda respublikamizda pedagog kadrlar tayorlash tizimini isloh qilishga doir amalga oshirilayotgan ishlarga uyg‘un tarzda kafedrada o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik sohalarini modernizatsiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibini yoshartirish va istiqbolli yosh pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida pedagogika magistratura mutaxassisligini tugatgan bitiruvchilar ishga jalb qilinmoqda. Shuningdek, pedagogik fanlarni o‘qitishning elektron-modulli tizimi ishlab chiqildi; virtual laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar platformasi, virtual muzey yaratildi.

2012-2016 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zbek, rus, qozoq va ingliz tillarida “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Qiyosiy pedagogika”, “Pedagogik texnologiya” fanlari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 12 ta monografiya, 40 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar va 300 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar Respublika va xorijiy ilmiy jurnal va to’plamlarda nashr etildi.

Ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga zamin yaratish maqsadida 2014-2015 o‘quv yilidan boshlab, kafedrada pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

2016 yilda kafedraning ilmiy sohada hamkorlik aloqalari kengayib, Rossiya Federesiyasining Belgorod Milliy davlat universiteti, Belgorod pedagogika instituti, “Sotsiosfera”, “Resurs” markazlari, O’zbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filiali bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, o‘quv seminarlari, seminar-treninglar tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda kafedrada 15 nafar mustaqil izlanuvchilar quyidagi yettita ilmiy maktab doirasida doktorlik dissertatsiyalari ustida izlanishlar olib borishmoqda: 1. O‘zbekistonda maktablarning rivojlanish tarixi (Akademik Siddiq Rajabov ilmiy maktabi). 2. Pedagogik fikrlar tarixi (K.Hoshimov ilmiy maktabi). 3. Oliy maktab pedagogikasi va innovatsion pedagogik texnologiyalar (N.Azizxodjaeva maktabi). 4. Androgogik ta’lim (J.Hasanboev ilmiy maktabi). 5. Lingvopedagogika (M.Toxtaxodjaeva ilmiy maktabi). 6. Barkamol shaxsni tarbiyalash (S.Nishonova ilmiy maktabi). 7. Milliy an’analar va axloqiy tarbiyaning uyg‘unligi (S.Temurova ilmiy maktabi).

Hozirgi vaqtda kafedrada “Yosh pedagog” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, universitetning 30 nafar iqtidorli talabalari uning a’zosidir. Universitetning 80 yilligi munosabati bilan 2015 yilning 22 iyun kuni “Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari” mavzusida talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

2015 yilda B.X.Xodjayev Respublika miqyosida o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining Eng yaxshi pedagogi” tanlovida “Pedagogika” ta’lim sohasi bo’yicha g’olib bo’ldi.

Yuqorida sanab o‘tilgan ulkan yutuqlar bilan birgalikda kafedra professor-o‘qituvchilari oldiga quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirish muhim vazifa sifatida belgilangan:

1) pedagogika fanining zamonaviy konsepsiyani yaratish;

2) kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha multimediali o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish va ta’lim amaliyotiga tatbiq etish;

3) kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha reyting nazoratini tashkil etishning elektron mexanizmini optimallashtirish;

4) kafedrada o‘qitiladigan fanlardan elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish;

5) kafedra professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali amalga oshirishlari uchun fundamental va amaliy loyihalarni jalb etish;

6) kafedraning “Pedagogik evristika” nomli elektron jurnalini yaratish;

7) respublikamiz olimlarini jalb etish asosida eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo‘lgan davr(30 asr)ni o‘z ichiga olgan milliy pedagogik fikrlar ensiklopediyasini bosqichma-bosqich yaratish va boshqalar.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2016 yilning 31 may kuni “Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari” mavzusida talabalarning II an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

2016 yil iyun oyida p.f.n., dotsent B.X.Xodjayev doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
B.X.Xodjaev

2016 yil kafedra katta o’qituvchisi G.N.Ibragimova Respublika miqyosida o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining Eng yaxshi pedagogi” tanlovida “Pedagogika” ta’lim sohasi bo’yicha g’olib bo’ldi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Jumladan, “O’zbekistonlik pedagog olimalar” turkumidan pedagogika fanlari doktori, professor M.X.Toxtaxodjayevaning ilmiy faoliyatiga 45 yil to’lishi munosabati bilan, pedagogika fanlari doktori K.Yu.Qilicheva va pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.A.Madiyarovalarning tavallud ayyomi munosabati bilan o’qituvchilar va talabalar ishtirokida seminarlar tashkil etildi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi doirasida yoshlarning ma’naviy, axloqiy, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy ongini o’stirtishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil qilinib, universitet saytida yoritib borilmoqda.

16 dekabr 2016 yil, O`qilgan :4974

Talabalar “Provinsialnie anekdoti” spektakl namoishida bo’ldilar

4 dekabr 2017 yil

Joriy yilning 30 noyabr kuni “Harbiy ta’lim” yo’nalishi talabalari “Provinsialnie anekdoti” spektakl namoishida bo’ldilar

"Ota uy"

2 dekabr 2017 yil

Nizomiy nomidagi TDPU “Harbiy” ta’lim yo’nalishi 203-guruh talabalari ma’naviyat kunida tarbiyaviy ta’sirga ega film namoyishida bo’ldilar.

Talabalar tarbiyaviy ta’sirga ega film namoyishida

1 dekabr 2017 yil

Nizomiy nomidagi TDPU “Harbiy” ta’lim yo’nalishi 103-guruh talabalari ma’naviyat kunida tarbiyaviy ta’sirga ega film namoyishida bo’ldilar.

“Tarbiyaning umumiy metodlari”

24 noyabr 2017 yil

“Tarbiyaning umumiy metodlari” mavzusida ochiq seminar mashg’uloti o’tkazildi

“Pedagogik qobiliyat-pedagogik mahoratning asosi”

23 noyabr 2017 yil

“Pedagogik qobiliyat-pedagogik mahoratning asosi” mavzusida ochiq seminar mashg‘uloti o'tkazildi

“Kitob-millat ko’zgusi”

23 noyabr 2017 yil

“Kitob-millat ko’zgusi” mavzusida talabalar orasida kitobxonlik targ’ibotiga bag’ishlangan suhbat o’tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatrda "Aida" operasi

20 noyabr 2017 yil

2017 yil 18 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatrda "Aida" operasi bo'lib o'tdi

“Отчётный зачётный концерт студентов-практикантов 2017 года”

17 noyabr 2017 yil

“Отчётный зачётный концерт студентов-практикантов 2017 года” в Чиланзарском академическом лицее при ТГЭУ, 15 ноября 2017 года

Отчётный зачётный концерт студентов-практикантов

17 noyabr 2017 yil

Отчётный зачётный концерт студентов-практикантов в Чиланзарском педагогическом колледже, 14 ноября 2017 года

“Круглый стол” на тему “Современные педагогические технологии в преподавании русского языка и литературы”

17 noyabr 2017 yil

7 ноября 2017 года студентами-практикантами 4-го курса факультета Иностранных языков направления «Русский язык и литература» 401-RT и «Русский язык и литература в иноязычных группах» 401-RN совместно с методистом по педагогике Морховой Инессой Вячеславовной и с методистом по русскому языку и литературы Юнусовой Хилолой Юсуповной в Чиланзарском педагогическом колледже

“Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati”

10 noyabr 2017 yil

“Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati” mavzusida ochiq ma'ruza o'tkazildi

“Pedagogik etika va pedagogik takt”

10 noyabr 2017 yil

“Pedagogik etika va pedagogik takt” mavzusida ochiq ma’ruza mashg’uloti o'tkazildi

“Круглый стол” на тему “Современные педагогические технологии в преподавании русского языка и литературы”

10 noyabr 2017 yil

6 ноября 2017 года студентами-практикантами 4-курса факультета Иностранных языков направления «Русский язык и литература» 401-RT и «Русский язык и литература в иноязычных группах» 401-RN совместно с методистом по педагогике Морховой Инессой Вячеславовной и с методистом по русскому языку и литературы Сарымсаковой Гульчехрой Муратовной в Чиланзарском академическом лицее при Ташкентском государственном экономическом университете

"Ta'lim metodlari va vositalari" mavzusida ochiq dars o'tkazildi

6 noyabr 2017 yil

2017 yil 17 oktabr kuni “Umumiy pedagogika” kafedrasining dotsenti Sh.X.Tashmetovaning “Umumiy pedagogika” fanidan “Talim metgodlari va vositalari” mavzusida ochiq dars o'tkazdi

“ChXT” fakulteti talabalari “Amir Temur” muzeyiga tashrif buyurishdi

30 oktyabr 2017 yil

2017 yil 26 oktabrda “ChXT” fakulteti 103-(rus) murabbiylik guruhi bilan birgalikda Toshkent shahrining markazidagi Amir Temur hiyoboni qoshidagi “Amir Temur” muzeyiga tashrif buyurdi

Talabalar “Amir Temur” muzeyiga tashrif buyurdilar

28 oktyabr 2017 yil

2017 yil 26 oktabrda “ChXT” fakulteti 203-(rus) murabbiylik guruhi bilan birgalikda Toshkent shahrining markazidagi Amir Temur hiyoboni qoshidagi “Amir Temur” muzeyiga tashrif buyurdilar

“Diniy ekstrimizm va terorizm” mavzusida ochiq ma’naviyat soati bo'lib o'tdi

20 oktyabr 2017 yil

2017 yil 20-oktabr kuni “Diniy ekstrimizm va terorizm” mavzusida ochiq ma’naviyat soati o’tkazildi

О ходе квалификационной педагогической практики студентов 4-курса направления Русский язык и литература

9 oktyabr 2017 yil

О ходе квалификационной педагогической практики студентов 4-курса направления Русский язык и литература

“Choosing a topic” mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi

9 oktyabr 2017 yil

“Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi Djumayeva Sanobar Absaatovna bugun 2017-yil 7-oktabrda Sergele tumani “Turizm va biznes” KHK da malakaviy pedagogik amaliyotga “ Chet tillar” fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” yo’nalishining 405-guruh talabasi Fatullayeva Farangiz tomonidan 3-bosqich 3-15 guruhda “Choosing a topic” mavzusida o’tkazilgan ochiq mashg’ulotda ishtirok etdi

“Umumiy pedagogika” kafedrasida “Millatimiz iftixori” mavzusida ma’naviy ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

5 oktyabr 2017 yil

2017 yilning 4 oktyabr kuni “Umumiy pedagogika” kafedrasida “Millatimiz iftixori” mavzusida ma’naviy ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

“Millatimiz iftixori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

5 oktyabr 2017 yil

2017 yilning 4 oktyabr kuni “Umumiy pedagogika” kafedrasida “Millatimiz iftixori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

“Ingliz tili va adabiyoti” yo’nalishida “Millatimiz iftixori” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy suhbat tashkil qilindi

5 oktyabr 2017 yil

2017 yil 4 oktabr kuni “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi I.V.Morxova “Ingliz tili va adabiyoti” yo’nalishida “Millatimiz iftixori” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy suhbat tashkil qildi

“Millatimiz iftixori”

5 oktyabr 2017 yil

2017 yil 4 oktabr kuni “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi Sanobar Absaatovna Djumayeva “Millatimiz iftixori” mavzusida - ma’naviy ma’rifiy suhbat tashkil qildi

“Olimpiya shon shuhrati” muzeyiga ekskursiya

28 sentabr 2017 yil

“Umumiy pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi va Harbiy kafedraning 203-guruh murabbiysi Gafurova Nodira Mirhosilovna 2017 yilning 28 sentyabr kuni shu guruh uchun “Ma’naviyat kuni”da “Olimpiya shon shuhrati” muzeyiga ekskursiya tashkillashtirdi

“Harbiy” kafedraning 203 guruh talabalari bilan “Axborot soati” o‘tkazildi

27 sentabr 2017 yil

“Umumiy pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi va “Harbiy” kafedraning 203 guruh murabbiysi Gafurova Nodira Mirhosilovna 2017 yilning 27 sentyabr kuni 2 juftlikda “Harbiy” kafedraning 203 guruh talabalari bilan “Axborot soati” o‘tkazishdi

Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari

23 may 2017 yil

2017 yil 16-may kuni Umumiy pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va universitet talabalari bilan uztoz-shogird hamkorligi asosida “Akademik Siddiq, Rajabov o‘qishlari” talabalarning 3-an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

“Biz sohibqiron Amir Temurni bilamizmi” mavzusida ochiq tarbiyaviy soat o‘tkazildi.

10 aprel 2017 yil

Tarbiyaviy soatda buyuk bobomiz Amir Temur Ko‘ragoniy va Temuriylar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Malakaviy pedagogik amaliyot jarayonida sinov darslari.

10 mart 2017 yil

«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» ta’lim yo‘nalishida pedagogik malakaviy amaliyoti jarayonida sinov darslari reja asosida boshlandi.

Кафедрага мурожаат килиш

6 mart 2017 yil

"Til-ko'ngil mulki" mavzusida tadbir o'tkazildi.

23 oktyabr 2017 yil

"Umumiy pedagogika" kafedrasi katta o'qituvchisi S.Djumayeva rahbarligida "Chet tillar" fakulteti 405-guruh amaliyotchi-talabalari bilan O'zbek Davlat tilining 28 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin

Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

Bizning loyihalar

Ro`ziyeva Dilnoz Isomjonovna
Kafedra mudiri