Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Bo‘lim faoliyatining amaliy ahamiyati

Bo‘lim nizomida belgilangan vazifa va majburiyatlarni bajarish maqsadida, bo‘limning barcha ishchi tarkibinini jalb qilgan holda faoliyat yuritmoqda.






Zarurat tug‘ilgan hollarda universitetda faoliyat yuritib kelayotgan ijro bo‘g‘ining tajribali vakillari hamda katta ish tajribasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilardan iborat “Maxsus nazorat guruh” shakllantirilib, universitet rektori bilan kelishilgan holda, maxsus reja asosida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan bir qatorda bo‘lim quyidagi vazifalarni tizimli ravishda amalga oshirmoqda:

1. Bo‘lim “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga tegishli qaror va farmoyishlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining olib borilayotgan islohotlari, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor masalalariga muvofiq kadrlarni sifatli tayyorlash va tarbiyalash, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, ishni izchil tashkil eta oladigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat olib bormoqda. Hujjatlarning ijroviy tahlili amalga oshirilmoqda va ularning davriy monitoring bazasi shakllantirilmoqda.

2. Bo‘lim universitetda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etilishi, shuningdek, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, Hay’at va Kengash qarorlari, vazirlik va universitet bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar, ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning mezon talablari asosida bajarilishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 8-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2009-yil 28-avgustdagi 11-10-sonli topshirig‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 309-sonli buyrug‘iga hamda 2009-yil 1-dekabrdagi 87-04-839-sonli modemnomasida belgilangan vazifalarga binoan universitetda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining bajarilishi va belgilangan vazifalar yuzasidan universitet Kengashi hamda rektor huzuridagi majlislarda muhokama qilinib kelinmoqda.

4. Universitetga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan hamda yuqori tashkilotlardan ijro uchun yo‘naltirilgan buyruq, modemnoma, xat va boshqa turdagi barcha hujjatlarining mas’ullar tomonidan bajarilish nazorati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har haftaning dushanba kuni rektor huzuridagi majlisga tahliliy ma’lumotnoma kiritilmoqda.

5. Yuqori tashkilotlardan ijroga yo‘naltirilgan hujjatlarning ijro monitoringi bo‘yicha har oyning oxiri va har chorakda vazirlikning Nazorat va monitoring boshqarmasiga hisobot topshiriladi.

16 yanvar 2018 yil, 4,280
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)