Foydali manbalar













OTM web-reytingi

O‘zaro hamkorlik: tajriba va malaka

Bo‘lim o‘tgan o‘quv yillari maboynida to‘plagan tajribalariga tayangan holda bir qancha OTMlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.






Xususan, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston jahon tillari universiteti, Toshkent avtomobil yo‘llari instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va O‘zbekiston jismoniy tarbiya institutlari bilan bir necha yillardan buyon tajriba almashib kelmoqda. Bunday hamkorliklar natijasida bo‘lim o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa va majburiyatlarini sifatli hamda to‘liq ta’minlab kelmoqda. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, bo‘lim hodimlari malakasini oshirish maqsadida OO‘MTV va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan tashkillashtirilayotgan davriy malaka oshirish kurslarida doimiy qatnashishlari ta’minlanmoqda. Natijada hujjatlar ijrosi va ijro nazoratini takomillashtirishda amaliyotga zamonaviy hamda davr talablariga mos mezonlar tadbiq etib kelinmoqda.

16 yanvar 2018 yil, 4,765
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)