Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Zoologiya va anatomiya kafedrasi

Kafedra nomi bir necha marta o‘zgargan. 2015-yil sentyabr oyidan boshlab kafedra “Zoologiya va anatomiya” nomi bilan yuritila boshlandi.






Hozirgi nomdagi kafedra 2003-yil 28-avgustda tashkil etilgan bo‘lsada, lekin kafedra Zoologiya, anatomiya va fiziologiya, yosh fiziologiya va gigiena yo‘nalishlarida ta’lim tarbiya jarayonlari hamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, pedagog kadrlar tayyorlash ishlari o‘z tarixiga ega.

Xususan, zoologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar 1937-yildan zoologiya kafedrasi tashkil etilgandan boshlangan. zoologiya kafedrasiga dastlabki yillarda prof. A.M.Zavadskiy (1937-1941), keyinchalik dos. A.B. Soyukov (1942-1943), prof. V.I.Plotnikov (1944-1947), dos.F.X. Yakubova (1943-1953) rahbarlik qilganlar. 1954-yilda zoologiya va odam anatomiyasi kafedrasi bilan birlashtirilib «Zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kafedrasi deb nomlangan.

Zoologiya kafedrasi tashkil etilgandan boshlab zoologiya yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan: «O‘zbekistonda uchraydigan mollyuskalar faunasi, biologiyasi, ularning foyda va zararini o‘rganish», «O‘zbekiston ortifaunasi», «O‘zbekistonda uchrovchi kemiruvchilar faunasi, biologiyasi va ekologiyasi», «O‘zbekistonda uchrovchi sudralib yuruvchilar faunasi, biologiyasi», «Asalarilarining biologiyasi, ekologiyasi va ahamiyati», «O‘zbekistonda umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda uchrovchi gelmintlarning faunasi, biologiyasi, ekologiyasi va ularga qarshi kurash choralari» va xakazolar.

2012-yil fevraldan boshlab “Zoologiya, anatomiya va fiziologiya” kafedrasi mudirligiga dotsent D.A.Mamatqulov tayinlandi. U mudirlik davomida o‘ta talabchanlik va tirishqoqlik bilan kafedrani boshqarib bordi. D.Mamatqulov mudirlik davrida kafedra tomonidan o‘qitiladigan o‘quv soatlari anchaga ortdi. Bundan tashqari “Oliy nerv faoliyati (ONF), “Markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi (MNS)” fanlari tashkil etilib, Ped.psixologiya, Psixologiya ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

2017-2018 o‘quv yilida kafedrada 11,25 shtat birligi asosida professorlar b.f.d. O.M.Mavlonov, p.f.d. D.J.Sharipova, b.f.d. Q.A.Saparov, dotsentlar D.A.Mamatqulov, P.B.Xaydarova, N.J.Toshmanov, D.R.Abdullayeva, N.Sh.Mannapovalar, katta o‘qituvchi N.A.Pulatova va o‘qituvchilar R.M.Madatov, M.B.Ongarov, Z.Sh.Uchqurovalar o‘zlarining ilmiy-pedagogik faoliyatlarini olib borishmoqda.

16 yanvar 2018 yil, 13,658
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering