Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishining pedagogik amalyoti bo’yicha hisoboti

Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi IV kurs 401-guruh amaliyotchilarining Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejida olib borayotgan pedagogik amalyoti bo’yicha hisoboti






Kimyo fanidan fan dasturi, ishchi rejasi, yillik taqvimiy rejasi, guruh murabbiylik ishi rejasi, bilan tanishtirildi va darslarni kuzatib tahlil qilishni o’rganishdi.

Mustaqil ravishda darslarni olib borishdi va ularni o`zaro muhokama qilinib kerakli tavsiyalar muntazam berib borilmoqda. 2 soatlik dars ishlanmasini tuzish tartiblari, darslarda pedagogik texnologiyalarni joriy etish va kompyuter texnikasidan foydalanish masalalari ko`rib chiqilib, darslarga amaliyotchi talabalar tomonidan qo`llanilmoqda.

Murabbiylik guruhlarining guruh faollarini va ularning qiladigan ishlarini, guruh sardori nizomi, kollejning ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishdi. Kamolot yoshlari jtimoiy harakatining rejalari bilan tanishtirildi. Kollejning sinf xonalari gigiyenik talab qoidalariga mos kelishi, dars jadvali to’g’ri tuzilganligini,

Ochiq va yopiq Sport zalining mavjudligi, oshxonaning gigiyenik talab qoidalariga mos kelishini o’rganishdi. Murabbiy guruhlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirib o’quvchilarning psixologig holatlari o’rganildi, bayonnomalar tuzish va hisobotlar tayyorlash o’rganildi.

14 oktyabr 2017 yil, 6,807
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering