library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

“Musiqa ta’limi” yо‘nalishi bо‘yicha malakaviy pedagogik amaliyot tashkil etilmoqda

14 oktyabr 2015 yil, 4,797
.

“Musiqa ta’limi” yо‘nalishi bо‘yicha malakaviy pedagogik amaliyot tashkil etilmoqda

Malakali, bilimli, har jihatdan yetuk pedagogik kadrlar tayyorlashda о‘quv jarayonini tо‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, pedagogika ta’lim sohasida malakali kadrlar tayyorlashda malakaviy pedagogik amaliyotning о‘rni katta. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavriatida bugungi kunda 31 ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Tasdiqlangan DTS va о‘quv rejalarga kо‘ra, 4-kursda 11 haftalik pedagogik amaliyot о‘tash belgilab qо‘yilgan. Ma’lumki, malakaiviy pedagogik amaliyot pedagogik oliy ta’lim muassasalari о‘quv jarayonining tarkibiy qismi hisoblanib, talabalarning 3-4 yil davomida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab kо‘rish, о‘zlarini haqiqiy о‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishiga yaratilgan sharoitdir. Universitetda malakaviy pdagogik amaliyot 2 semestrga ajratilgan holda tashkil etiladi. 2015-2016 о‘quv yili 1-yarim yilligida о‘quv jarayoni jadvaliga asosan 12 ta jismoniy madaniyat, kasb ta’limi: texnologik mashinalar va jixozlar, qozoq tili va adabiyoti, biologiya о‘qitish metodikasi, kimyo о‘qitish metodikasi, musiqa ta’limi, rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti о‘zga tilli guruhlarda, defektologiya, chaqiriqqacha xarbiy tayyorgarlik, tarix о‘qitish metodikasi, milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va xuquq ta’limi ta’lim yо‘nalishlaridan 759 nafar talabalar 2015 yilning 2 sentabrdan 15 noyabrgacha bо‘lgan muddatda tasdiqlangan jadval asosida malakaviy pedagogik amaliyotga chiqarildi. Ularga 62 nafar professor-о‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. Barcha ta’lim yо‘nalishlari amaliyot jurnallari hamda amaliyot kundaligi bilan 100%ga ta’minlandi.

“Musiqa ta’limi” yо‘nalishi bо‘yicha ham 66 nafar bitiruvchi talabalar V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik litseyi, Chilonzor tumani RIMSAL, 118-sonli umumta’lim maktabi hamda 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida о‘qituvchilar N.Rejemetova, U.Gulliyev, D.Salimova va D.Otepbergenova rahbarligida malakaviy pedagogk amaliyotni о‘tamoqda. Malakaviy pedagogik amaliyotni yuqori saviyada tashkil etish, sifat va samaradorligini oshirish, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumta’lim maktablari bilan о‘zaro hamkorlikni keng yо‘lga qо‘yish, ta’limni uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida universitet rahbariyatining tashabbusi bilan mutaxassislik kafedralarining professor-о‘qituvchilari tomonidan malakaviy pedagogik amaliyot о‘tayotgan obyektlarda “namunaviy dars” о‘tish, shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlanadigan pedagogik amaliyot natijalaridagi hisobotlarni elektron shaklda tayyorlash keng joriy etilmoqda. OTM mutaxassilari tomonidan о‘tkazilayotgan “namunaviy dars” jarayonida о‘rta maxsus ta’lim muassasalari pedagog о‘qituvchilari hamda amaliyotchi talabalar о‘zaro tajriba almashadi, qolaversa, “namunaviy dars”larni zamonaviy pedagogik texnologiyalariga tayanib о‘tilgan mashg‘ulotlar asosida о‘qituvchilarning fan yutuqlari borasidagi ma’lumotlar bazasi kengayishiga zamin yaratildi. Avvallari talabalar hisobotlarini qog‘oz kо‘rinishida tayyorlar edi, 2015 yil yanvardan elektron kо‘rinishida hisobot tayyorlash joriy etildi. Ushbu tartib talabalar uchun ham metodist professor-о‘qituvchilar uchun ham katta qulayliklarni yaratdi. Bunda talabalarning о‘zaro dars kuzatuvlari, dars о‘tish, tahlil qilish xolatlari video tasmalarga yozib olinadi va video yozuvlar tahlil etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilanadi, natijalar esa xisobot fayllaridan joy oladi. Mazkur jarayonlar malakaviy pedagogik amaliyot sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

14 oktyabr 2015 yil, O`qilgan :4797



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar