library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

13 dekabr 2016 yil, 12,365
.

Botanika kafedrasi

Botanika kafedrasi 1935 yilda tashkil etilgan bо‘lib, 1941 yilgacha bо‘lgan davrda dotsent A.U.Raximov rahbarlik qilgan va kafedrada professor S.N.Qudryashov. dotsentlardan R.M.Sumnevich, X.X.Yenileyev, S.Y.Yо‘ldoshev, G.K.Shamsuddinov va Z.Latipovlar xizmat qilishgan.



- Tabiiy fanlar fakulteti tarkibiga kirgan “Botanika” kafedrasida 15,25 ta shtat birligi asosida 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Shulardan professor 2 ta, dotsent 4 ta, katta o‘qituvchi 2 ta va o‘qituvchilar 6 nafarni tashkil etadi.

- Kafedra mudiri: b.f.n., dotsent G.S.Tursunboeva

- O‘quv fanlari: Botanika (biologiya o‘qitish metodikasi), Sitologiya (biologiya o‘qitish metodikasi), Biologik kimyo va molekulyar biologiya (biologiya o‘qitish metodikasi), Biologik kimyo (biologiya o‘qitish metodikasi), Biologik xilmaxillik va uning muhofazasi (biologiya o‘qitish metodikasi), O‘simliklarning ekologik anatomiyasi (biologiya o‘qitish metodikasi), Qishloq xo‘jaligining biologik asoslari (biologiya o‘qitish metodikasi), Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari (biologiya o‘qitish metodikasi), Mikroorganizmlar dunyosi (biologiya o‘qitish metodikasi), Noyob, yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va hayvonlar (biologiya o‘qitish metodikasi), O‘zbekiston dorivor o‘simliklari (biologiya o‘qitish metodikasi), Biogeografiya (Geografiya o‘qitish metodikasi), Biologiya (Kimyo o‘qitish metodikasi, Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi), Biokimyo (Kimyo o‘qitish metodikasi), Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish (barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun);

- Botanika kafedrasi O‘zRFA ning O‘simliklar va hayvonot olami genofondi instituti, O‘zRFA “Bioorganik kimyo” instituti, Qo‘qon davlat pedagogika inistituti, Jizzax davlat pedagogika inistituti, Nukus davlat pedagogika inistituti, Navoiy davlat pedagogika inistituti

- Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: 1. O‘zbekistonning tabiiy sharoitida keng tarqalgan ishlab chiqarishda va tabobatda ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simlik turlarining tarqalishini, zahiralarini, yashash sharoitiga moslashish xususiyatlarini va xom-ashyosining asosiy belgilarini aniqlash;

2. O‘zbekiston tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va tabiiy fanlar ta’limini takomillashtirish;

- Kafedra salohiyati 52,45 %

- Yetakchi olimlari: biologiya fanlari doktori, professor L.A.Shamsuvalieva, biologiya fanlari doktori, professor P.Mirxamidova

- Ilmiy tadqiqotchilar: dos.O‘.Xo‘janazarov, dos.N.B.Xonxodjaeva, kat.o‘qit.M.Isabekova, kat.o‘qit.Sh.Yakubjonova, o‘qit.G.Zokirova, o‘qit.J.Sadinov

- Istiqboldagi maqsadlar: Kafedrani yoshartirish, kafedradagi yoshlarni ilmiy ish qilishlari uchun imkoniyatlar yaratish va ilmiy saloxiyatni ko‘tarish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron darsliklar yaratish.

Ulug‘ Vatan urushidan sо‘ng kafedrada yangi davr boshlanadi (1943-44 yilda). Bu vaqtlarda kafedraga dotsent (akademik Q.Z.Zokirov) Q.Z.Zokirov rahbarlik qilgan. Kafedrada malakali mutaxassislarni tо‘plash, ular sonini kо‘paytirish, shuningdek kafedraga kerak bо‘lgan muhim о‘quv qurollar bilan boyitishda akademik K.Z.Zokirovning xizmatlari katta bо‘lgan.

1952 yili K.Z.Zokirov О‘zFA sining “Botanika” institutiga direktor qilib tayinlanishi munosabati bilan kafedraga rahbarlik qilish biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.L.Umarovga topshirildi.

Keyingi yillarda kafedra son va sifat jihatidan yanada о‘sdi. Kafedra tarkibida mohir pedagog olimlar prof. X.X.Yenileyev, dotsent A.T.G‘ofurov, asisentlardan L.I.Nazerenko va S.Bakirxonovalar, 1960 yillardan keyin esa kafedraga yana bir nechta mutaxassis о‘qituvchilar: dotsentlardan G.D.Mustaqimov, R.X.Xudoyberganov, M.X.Uzoqova, A.H.Hamidov, assisentlardan M.T.Inog‘omova (hozir dotsent), S.Holiqov (dotsent), A.Afzalov (dots) kabi yoshlar kelib qо‘shildilar.

Botanika kafedrasiga 1960 yildan boshlab dots. S.M.Xudoyqulov, sо‘ngra A.Hamidovlar rahbarlik qila boshladilar. Kafedra yilddan yilga kengayib, malakali professor-о‘qituvchilar soni, salohiyati osha bordi.

1988-90 yillardan boshlab kafedra “Botanika va tabiatni muxofaza qilish” deb nomlana boshlandi. Bu davrda ham kafedra mudiri, dots. A.Hamidov rahbarligida о‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlar saviyasini oshirishga qaratilgan muhim tadbirlar amalga oshirildi. Kafedra yildan yilga kengaya bordi. Kafedrada prof. A.Ergashov, dotsentlar A.S.Tо‘xtayev, M.I.Ibragimov, M.Inog‘omova, R.I.Toshmuxammedov, katta о‘qituvchi va assisentlardan G.Tursunboyeva, SH.Komilova, keyinchalik SH.Saidmurodovlar samarali xizmat qila boshladilar.

1988-91 1995 yili kaf.mudiri, prof. A.X.Xamidovning nafaqaga chiqish munosabati bilan kafedraga rahbarlik prof. A.Zikiryayevga topshirildi.

1998 yilda esa “Botanika va tabiatni muxofaza qilish” kafedrasi bazasida “Biologiya va uni о‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil etildi.

2000 yil noyabr oyida “Biologiya va uni о‘qitish metodikasi” kafedrasi qayta tiklanishi hisobiga “Botanika, zoologiya va ekologiya” kafedrasi tashkil etiladi. Kafedraga prof.S.Dadayev rahbarlik qildi.

2003 yil sentabr oyida fakultet kafedralari qayta kо‘rib chiqilishi natijasida “Botanika va hujayra biologiyasi” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga profesor A.Zikiryayev keyinchalik P.Mirhamidova va hozirgi kunda prof.R.I.Toshmuxamedov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedrada hozirgi kunda botanika, о‘simliklar fiziologiyasi, bioximiya, mikrobiologiya, molekulyar biologiya, sitologiya, biofizika, biotexnologiya kabi fanlar bо‘yicha malakali mutaxassis-pedagoglar: professorlar marhum A.Zikiryayev, P.Mirxamidova, L.A.Shamsuvaliyeva, R.I.Toshmuxamedov, dotsentlar U.Nabiyev, G.R.Tursunbayeva, F.Piroxunova, N.Alimbabayeva, katta о‘qituvchilar SH.Komilova, M.Isabekova va о‘qituvchilar S.Saidmurodov, M.Boboxonova va boshqalar ishlamoqdalar.

Prof. A.Zikiryayev о‘zining kо‘p yillik pedagogik faoliyati davomida 150 dan oshiq ilmiy va ilmiy-metodik asarlar, qо‘llanmalar, dasturlar nashr etgan. Bularga “Biologiyadan ruscha-о‘zbekcha lug‘at” (1993y), “Ekologiyadan ruscha-о‘zbekcha lug‘at” (1995 y), “О‘simliklar bioximiyasidan amaliy mashg‘ulotlar”, “Biologiya 9-sinf uchun darslik” (2002y) va boshqalar misol bо‘ladi.

Professor A.Zikiryayev biologiya fani rivoji uchun katta xissa qо‘shayotgan olim. Fakultetda olib boriladigan ilmiy ishlarga rahbarlik qilib kelgan.

Professor P.Mirhamidova ham fakultetga rahbarlik qilish bilan bir vaqtda kafedrada ilmiy-metodik о‘quv qо‘llanmalar, dasturlar yaratish ba’zasida kо‘pgina ishlar olib bormoqda. Natijada keyingi yillarda “О‘simliklar bioximiyasi” amaliy mashg‘ulotlar (2001 yil A.Zikiryayev bilan hammualliflikda;) Biokimyo amaliy mashg‘ulotlar (2002 yil A.Zikiryayev bilan hammualiflikda) о‘quv qо‘llanmalar chop ettirdi. Shu bilan birgalikda “Pestitsidlarni biologik membranalarga ta’siri” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 130 dan ortiq ilmiy maqola va metodik qо‘llanmalar chop ettirilgan.

Botanika sohasida olib borilgan ilmiy ishlar asosan о‘simlik biologiyasi, ekologiyasi, morfologiyasi va ba’zi bir о‘simliklarning madaniylashtirish masalalarini xal etishga, foydali о‘simliklar resurslarini о‘rganishga qaratilgan.

A.S.Tо‘xtayevning ilmiy izlanishlari sifatli yem-xashak о‘simligi xisoblangan izen о‘simligining issiqlikka chidamliligini va moslanuvchanlik mexanizmlarini о‘rganishga qaratilgan edi.

Keyingi yillarda professor A.S.Tо‘xtayev bir qancha darslik va qо‘llanmalar tayyorlagan. Masalan Oliy о‘quv yurti talabalari uchun tayyorlangan “О‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi”, ekologiya darsliklari, maktabning 5-6 sinf о‘quvchilari uchun Botanika darsliklari va bir nechta ma’ruza matnlari va qо‘llanmalarini aytib о‘tish mumkin.

Professor A.L.Shamsuvaliyeva 2004 yildan kafedrada professor lavozimida ishlab kelmoqda. О‘zining ilmiy pedagogik faoliyat davomida 80 tadan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan. OО‘YU talabalari uchun о‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasidan о‘quv qо‘llanma yaratgan. Universitet va fakultet jamoa va о‘quv-tarbiya ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Yosh tabiatshunoslar ilmiy tо‘garagining rahbari. Fakultet о‘quv tarbiyaviy ishlarida aktiv qatnashib yosh biolog mutaxasislar yaratishda о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.

Universitet professori R.I.Toshmuxammedov “Dorivor о‘simliklar resurslar va ulardan oqilona foydalanish bо‘yicha ilmiy izlanishlarni davom ettirib respublikamizdagi sanoat ahamiyatiga ega bо‘lgan xom ashyo о‘simliklarning tarqalishi, zahirasi va ularning tayyorlash hajmlarini aniqlash bо‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqdalar. Ilmiy izlanishlar О‘z.RFA “Botanika” IICHM xodimlari bilan xamkorlikda olib borilmoqda.

Professor R.I.Toshmuxammedov о‘zining kо‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 70 dan ortiq ilmiy maqolalar, tavsiyanomalar, о‘quv qо‘llanmalar chop etgan. Jumladan OО‘YU talabalari uchun “О‘simliklar sistematikasidan amaliy mashg‘ulotlar” о‘quv qо‘llanmasi, (2006 y) “О‘simliklar sistematikasi” (2008 y) va kasb-hunar kollejlari uchun “Tabiatshunoslik” о‘quv qо‘llanmalari yaratilgan.

Dotsent G.S.Tursunbayeva о‘zining kо‘p yillik ilmiy pedagogik faoliyati natijasida darsliklar, qо‘llanmalar, dasturlar tayyorlagan. Dotsent G.Tursunbayeva keyingi yillarda “О‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasi” (2007y), “Tuban о‘simliklar sistematikasi” (2008y), “Yuksak о‘simliklar sistematikasi” (2008y) va “Mikrobiologiya” kabi fanlardan elektron darslik yaratib fakultet о‘quv tarbiyaviy ishlarida faol qatnashib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda о‘z xissasini qо‘shib kelmoqda.

Dotsent О‘.Nabiyev о‘zining kо‘p yillik ilmiy pedagogik faoliyati davomida genetika, evolyusion ta’limot, sitologiya, antropogenez faniga oid matn, dastur va maqolalar yaratish borasida katta ishlar olib bormoqda. Jumladan 2 ta о‘quv qо‘llanma, “Organik dunyo rivojlanishi” va “Antropogenez” fanlaridan о‘quv qо‘llanmalar chop etgan.

Kafedraning о‘quv – pedagogik, ilmiy-metodik ishlarini tashkil etishda katta о‘qituvchilardan SH.Komilova, N.Isabekova va о‘qituvchilar D.Boboxonova, SH.Saidmurodov, F.Djurayevalarning xizmati katta.

“Botanika va xujayra biologiyasi” kafedrasi О‘zRFA qoshidagi ilmiy tekshirish institutlari bilan malakali kadrlar tayyorlashda, ilmiy ishlar olib borishda hamkorlik qilmoqda. Jumladan “Botanika” IICHM, Bioximiya ITI va mutaxassislikka oid akademik-litsey, kolejlar bilan uzviy aloqada bо‘lib ularga metodik kо‘rsatmalar, ilmiy muammolarni hal etishda har tomonlama yordam berib kelinmoqda. Kafedra professor-о‘qituvchilari guruhlarda talabalar bilan olib boriladigan о‘quv tarbiyaviy ishlarini saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga ham о‘z xissalarini qо‘shib kelmoqda.


Kafedra nomi bir necha marta o‘zgargan. 2015 yil sentyabr oyidan boshlab kafedra “Botanika” nomi bilan yuritila boshlandi.

- Tabiiy fanlar fakulteti tarkibiga kirgan “Botanika” kafedrasida 8,25 ta shtat birligi asosida 10 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Shulardan professor 2 ta, dotsent 3 ta, katta o‘qituvchi 2 ta va o‘qituvchilar 6 nafarni tashkil etadi.

- Kafedra mudiri: b.f.n., dotsent G.S.Tursunboeva

- O‘quv fanlari: Botanika (biologiya o‘qitish metodikasi), Sitologiya (biologiya o‘qitish metodikasi), Biologik kimyo va molekulyar biologiya (biologiya o‘qitish metodikasi), Biologik kimyo (biologiya o‘qitish metodikasi), Biologik xilmaxillik va uning muhofazasi (biologiya o‘qitish metodikasi), O‘simliklarning ekologik anatomiyasi (biologiya o‘qitish metodikasi), Qishloq xo‘jaligining biologik asoslari (biologiya o‘qitish metodikasi), Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari (biologiya o‘qitish metodikasi), Mikroorganizmlar dunyosi (biologiya o‘qitish metodikasi), Noyob, yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va hayvonlar (biologiya o‘qitish metodikasi), O‘zbekiston dorivor o‘simliklari (biologiya o‘qitish metodikasi), Biogeografiya (Geografiya o‘qitish metodikasi), Biologiya (Kimyo o‘qitish metodikasi, Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi), Biokimyo (Kimyo o‘qitish metodikasi), Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish (barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun);

- Botanika kafedrasi O‘zRFA ning O‘simliklar va hayvonot olami genofondi instituti, O‘zRFA “Bioorganik kimyo” instituti, Qo‘qon davlat pedagogika inistituti, Jizzax davlat pedagogika inistituti, Nukus davlat pedagogika inistituti, Navoiy davlat pedagogika inistituti

- Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: 1. O‘zbekistonning tabiiy sharoitida keng tarqalgan ishlab chiqarishda va tabobatda ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simlik turlarining tarqalishini, zahiralarini, yashash sharoitiga moslashish xususiyatlarini va xom-ashyosining asosiy belgilarini aniqlash;

2. O‘zbekiston tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va tabiiy fanlar ta’limini takomillashtirish;

- Kafedra salohiyati 52,45 %

- Yetakchi olimlari: biologiya fanlari doktori, professor L.A.Shamsuvalieva, biologiya fanlari doktori, professor P.Mirxamidova

- Ilmiy tadqiqotchilar: dos.O‘.Xo‘janazarov, dos.N.B.Xonxodjaeva, kat.o‘qit.M.Isabekova, kat.o‘qit.Sh.Yakubjonova, o‘qit.G.Zokirova, o‘qit.J.Sadinov

- Istiqboldagi maqsadlar: Kafedrani yoshartirish, kafedradagi yoshlarni ilmiy ish qilishlari uchun imkoniyatlar yaratish va ilmiy saloxiyatni ko‘tarish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron darsliklar yaratish.

13 dekabr 2016 yil, O`qilgan:12365



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya kuni munosabati bilan tadbir o`tkazildi

9 dekabr 2014 yil

Nizomiy nomidagi TDPU Tabiyot fanlari fakulteti “Botanika, ekologiya va hujayra biologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari “Biologiya o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 301, 302, 202, 103, 203 guruhlarida 8 dekabr “О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya kuni” bayrami munosabati bilan “Konstitutsiyamiz baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir o`tkazildi


Bizning loyihalar

        

Tursunboyeva Gulbahor Sultanovna
Kafedra mudiri
biologiya fanlari nomzodi