Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI” TO‘GARAGI FAOLIYATIDAN

2015 yil 8 oktyabr kuni O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi qoshidagi “O‘zbek tilshunosligi” ilmiy to‘garagining 2015-2016 o‘quv yilidagi 1-mashg‘uloti tantanali o‘tkazildi. Unda o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri M.Saparniyozova va barcha kafedraning professor va o‘qituvchilari, to‘garak a’zolari va a’zo bo‘lmagan xohlovchi talabalar ham qatnashdilar.






Birinchi bo‘lib, kafedra mudiri M.Saparniyozova so‘zga chiqib, «O‘zbek tilshunosligi» ilmiy to‘garagining tarixi, mazkur to‘garakda yetishib chiqqan tilshunos olimlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Undan so‘ng to‘garak rahbari M.Jamolxonova so‘zga chiqib, mazkur to‘garakning bu o‘quv yilidagi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari xususida fikr bildirdi. Talabalardan Barno Mahmudxo‘jaeva, Madina Bo‘riboeva, E’zoza Sobirovalar so‘zga chiqib, to‘garakni talaba hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shundan so‘ng to‘garak sardori va kotiba tayinlandi. Ko‘pchilikning taklifiga ko‘ra, 302-guruh talabasi to‘garak sardori Barno Mahmudxo‘jaeva, Madina Bo‘riboeva kotibi etib tayinlandi.

15 oktyabr 2017 yil, 6,852
.

“Ilmiy maqola yozish metodologiyasi” mavzusida ma’ruza

23 mart 2017 yil

2016 yil 18 mart kuni O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi qoshidagi “O‘zbek tilshunosligi” ilmiy to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi doktori D.Lutfullaeva va to‘garak rahbari M.Jamolxonovalar “Ilmiy maqola yozish metodologiyasi” mavzusida ma’ruza o‘qidilar.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)