XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | For parents | Log in          

About improving qualification on courses of retraining and improving qualification of headers and pedagogical staff of

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi PQ- “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4732-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 242-sonli qarori asosida universitet professor-o‘qituvchilari malaka oshirib kelmoqdalar.

Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilarining mintaqa va tarmoq markazlarida 2017 yil uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 28 dekabrdagi 524-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi. 2017 yilda universitetni asosiy shtatida faoliyat olib borayotgan 179 nafar professor-o‘qituvchilar malaka oshirish kurslarga jalb etildi. Universitetning rahbar va pedagog kadrlari BIMM, 1 ta mintaqa va 10 tarmoq markazlarida o‘z malakalarini oshirdilar. Rejaga muvofiq 179 nafar pedagog kadrlardan 160 nafari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffiqiyatli yakunladilar. 11 nafar professor-o‘qituvchilar o‘z hisoblaridan on-layn tizimida malaka oshirish kurslaridan qayta o‘tdilar.

2018 yil uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish rejalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 913-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Rejaga muvofiq 2018 yilda 111 nafar rahbar va pedagog kadrlarni 288 soatlik kurslarga jalb etilishi tasdiqlangan. Rahbar va pedagog kadrlarni malaka oshirish kurslariga jalb etilishi oylar kesimida jadvallar asosida shakllantirildi va tasdiqlandi.

6 January 2018 , 4,693
Yuldasheva D.


Our projects


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering