XTQTXMOM     library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Defektologiya ta`lim yo`nalishi

13 sentabr 2016 yil, 10,794
.

Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi Defektologiya fakulteti respublikamizda rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan yagona fakultet hisoblanadi.



1966 yil Xalq ta’limi vazirligi taklifi bilan Kengash chaqirildi. Ushbu kengashda sobiq О‘zSSR maorif vaziri о‘rinbosari S.A.Panchenko, ilmiy kotib – M.N.Xodjayeva, О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutidan N.R.Raxmanov, 66- yordamchi maktab direktori G.SH. Aytmetova, 1-sonli maxsus internatdan A.N.Sitkovskaya, D.M.Orenberg, defektologiya sohasi bо‘yicha yetuk rossiyalik olimlardan professor, fan doktorlari M.I.Zemsova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, fan nomzodlari M.I.Kuzmitskayalar ishtirok etdilar. Kengashda asosiy kо‘riladigan masala «О‘zbekistonda defektolog kadrlarni tayyorlash» masalasi edi. Kengashda ushbu masala о‘rganib chiqilib О‘zbekistonda defektolog kadrlar tayyorlash haqidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarordan sо‘ng 1967 yilda Nizomiy nomli Pedagogika institutining pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bо‘limi ochildi. Unda yordamchi maktablar uchun о‘qituvchilar tayyorlash kо‘zda tutildi (kunduzgi ta’lim - о‘qish muddati 4 yil, rus va о‘zbek tillarida о‘qish uchun 210 talaba qabul qilindi). Defektologiya bо‘limining ochilishiga institutning sobiq rektori SH.SH.Abdullayev, institut prorektori prof. M.G.Davletshin, psixologiya kafedrasi mudiri prof. P.I.Ivanovlar katta hissa qо‘shdilar. Ushbu yillarda defektologiya sohasi bо‘yicha ta’lim beruvchi professor-о‘qituvchilar psixologiya kafedrasida faoliyat kо‘rsatdilar. Ular G.SH.Aytmetova, O.S.Maymor, I.X.Latipov, SH.Toshpо‘latovlar edilar. 1972 yillarda mustaqil «Oligofrenopedagogika» kafedrasi tashkil etildi, kafedraga G.SH.Aytmetova mudirlik qildi. «Oligofrenopedagogika» kafedrasi fakultetning eng keksa kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedraning tashkil etilishi va rivojlanishi dotsent S.SH.Aytmetova, katta о‘qituvchilar O.S.Maymor, I.G.Radisheva, V.S.Raxmanova, Z.A.Panomareva, M .I. Sagatovlar nomlari bilan bog‘liq.

1985 yildan 1998 yilgacha fakultetda p.f.d.,professor L.R.Mо‘minova dekan lavozimida faoliyat kо‘rsatdi. L.Mо‘minova rahbarligida fakultetda, respublika miqyosida defektologiya sohasida professor-о‘qituvchilarning ilmiy salohiyati kо‘tarildi. Uning rahbarligida hozirgi kungacha 14ta fan nomzodi tayyorlandi.

1999 о‘quv yilidan boshlab 2006 yillargacha fakultetda pedagogika fanlari doktori, professor M.E.Haydarov dekan lavozimida faoliyat kо‘rsatdi. Defektolog kadrlarni Respublika miqyosida yetishmasligini bartaraf etish maqsadida fakultetda Defektolog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi ochildi.

Bu ta’lim bosqichlarida bakalavr va magistrlar tayyorlash uchun kafedralar standart va о‘quv rejalarini tayyorladilar. Bakalavr-defektologlar tayyorlash uchun yagona о‘quv reja tayyorlandi. Fakultetning «Oligofrenopedagogika», «Surdopedagogika» bо‘limlari birlashtirib «Defektologiya» bо‘limiga о‘tkazildi. Yagona о‘quv reja asosida «Bakalavr-defektolog» lar tayyorlash maqsad qilib qо‘yildi. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda «Oligofrenopedagogika va logopediya» kafedrasi hamda «Surdopedagogika va Defektologiyaning klinik asoslari» kafedralari birlashtirilib «Maxsus pedagogika va maxsus metodika» lar kafedrasi nomi bilan yuritildi. Ushbu kafedraga dots., p.f.n. G.A.Sadikova rahbarlik qildi. 1999-2000 о‘quv yilida kafedraga prof., p.f.d. L.Mо‘minova mudirlik qildi. Ushbu kafedrada о‘qitiladigan fanlarning xilma-xilligi va kо‘pligi hamda Defektologiya sohasidagi 4 yо‘nalish – surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya bо‘yicha faoliyat kо‘rsatayotganligi boshqarish tizimida noqulaylik qiyinchilik tug‘dirganligi sababli 2000 yilda Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya fakultetida “Defektologiya” kafedrasi tashkil etildi. “Defektologiya” kafedrasiga 2001-2007 yillarda p.f.n., dots. M.Ayupova mudirlik qildi.

1999 yilda fakultetda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga binoan oliy ta’limda kadrlar tayyorlashning ikki pog‘onali bosqichiga о‘tildi:

bakalavriat -4 yil, magistratura – 2 yil va magistraturada “Logopediya” hamda “Oligofrenopedagogika” mutaxassisliklari bо‘yicha kadrlar tayyorlana boshladi.

2007 yilni prezidentimiz I.A.Karimov «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilindi. «Ijtimoiy yili» Davlat dasturida defektolog kadrlarni tayyorlash masalasiga qkatta e’tibor berildi. Dasturda Defektologiya bо‘limi alohida fakultet qilib ajratilishi kо‘rsatiladi. Ushbu dastur vazifalarini bajarishi maqsadida Boshlang‘ich ta’lim va Defektologiya fakulteti tarkibidan defektologiya bо‘limi 2007-2008 о‘quv yilida mustaqil fakultet qilib ajratildi. Defektologiya fakulteti qoshida 2ta kafedra “Korreksion pedagogika” va “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedralari tashkil etildi.

Defektolog kadrlarni Respublika miqyosida yetishmasligini bartaraf etish uchun defektolog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi ochildi. Bu kafedraga p.f.n.,prof. M.Y.Ayupova mudirlik qilib kelmoqda.

2007 yildan buyon hozirgi vaqtga qadar Defektologiya fakultetini p.f.n. dotsent Nurmuxamedova Laylo Sharafovna dekan lavozimida boshqarib kelmoqda. Fakultetda 1 ta ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha (logopediya, oligofrenopedagogika, surdopedagogika) kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultetning bitiruvchilari Toshkent shahrida, respublikamizning turli burchaklarida dekan, kafedra mudiri, laboratoriya mudiri, realilitatsiya markazlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislar sifatida faoliyat kо‘rsatmoqdalar.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ¬pedagogika universiteti Defektologiya ¬fakulteti rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ¬kadrlarni tayyorlaydigan respublikadagi yagona fakultet hisoblanadi.

Korreksion-tarbiyaviy, davolash va ijtimoiy moslashuv hamda reabilitatsiya ishlarining ratsional tashkil qilinishi tufayli rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ijtimoiy foydali mehnatning faol yagona ishtirokchilariga aylanadi, ijtimoiy e’tiborsiz qoldirilmaydi.

O‘zbekistonda defektolog-mutaxassislar tayyorlash deyarli qirq yetti yil avval yo‘lga qo‘yilgan va o‘sha vaqtda Nizomiy nomidagi ¬Toshkent davlat pedagogika universiteti (instituti) O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda anomal ¬bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohi hisoblangan.

1966 yilda O‘zbekiston Xalq ta’limi ¬vazirligi taklifi bilan Kengash chaqirildi. Ushbu kengashda sobiq O‘zSSR maorif vaziri o‘rinbosari ¬S.A.Panchenko, ilmiy kotib M.N.Xodjaeva, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutidan N.R.Rahmanov, ¬66- yordamchi maktab direktori G.Sh. Aytmetova, 1-sonli maxsus internatdan A.N.Sitkovskaya, D.M.Orenberg, defektologiya sohasi bo‘yicha yetuk rossiyalik olimlardan professor, fan doktorlari M.I.Zemsova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, fan nomzodlari ¬M.I.Kuzmiskayalar ishtirok ¬etdilar. Kengashda asosiy masala sifatida “O‘zbekistonda defektolog kadrlarni tayyorlash” masalasi ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekistonda defektolog kadrlar tayyorlash haqidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarordan so‘ng 1967 yilda Nizomiy nomli Pedagogika institutining pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo‘limi ochildi.

1973 yil fakultetda Surdopedagogika bo‘limi ochildi, 1973 yilda esa 1974 yil kar va zaif eshituvchi bolalar maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlovchi surdopedagogika bo‘limii ochildi. Shu vaqtning o‘zida «Oligofrenopedagogika» kafedrasi nomi «Defektologiya» kafedrasi nomiga o‘zgartirildi.

1981 yil Defektologiya kafedrasi asosida ikkita mustaqil – Oligofrenopedagogika va logopediya hamda Surdopedagogika va defektologiyaning klinik asoslari kafedralari tashkil etildi. Ikkala kafedrada o‘n yettita o‘qituvchi ilmiy va pedagogik faoliyat olib bordilar. Jumladan bitta professor, tibbiyot fanlari doktori M.G.Mirzakarimova, yettita fan nomzodi, dotsentlar: S.Sh.Aytmetova, A.I.Sagatov, I.A.Alimova, R.M.Qorieva, S.G.Kim, I.G.Radisheva, E.B.Em, ikkita katta o‘qituvchi: O.S.Maymor, V.S.Raxmanova, yettita o‘qituvchi: K.X.Mamedov, X.Po‘latova, N.A.Mazalova, M.Mirzaxmedova, O.S.Rogacheva, I.K.Kislitsina, N.V.Sosedovalar shular jumlasidandir.

1984 yilda Defektologiya alohida fakultet maqomiga erishdi va fakultetda talabalar sonining ortib borishi bilan milliy kadrlarni tayyorlashga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Bu masalani hal qilish maqsadida ¬fakultetning professor-o‘qituvchilari Moskva, Kiev va bosh¬qa shaharlardagi oliy ta’lim ¬muassasalarining defektologiya fakultetlariga biriktirildi.

1999 o‘quv yildan boshlab Defektologiya ¬fakulteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti ¬bilan birlashtirildi hamda surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2007 yilni «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilinishi hamda shu ¬asosida qabul qilingan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida defektolog kadrlarni tayyorlash masalasiga katta e’tibor berildi. Ushbu ¬dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ¬ta’minlash maqsadida Defektologiya fakulteti¬ Boshlang‘ich ta’lim fakultetidan ajralib ¬chiqdi va fakulteti qoshida “Korreksion pedagogika” va “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedralari tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda Fakultetda 1 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha (logopediya, oligofrenopedagogika, surdopedagogika) kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultetning bitiruvchilari Toshkent shahri¬ va respublikamizning turli hududlarida o‘z sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar sifatida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

13 sentabr 2016 yil, O`qilgan :10794

1-kurs talabalari axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar

9 sentabr 2017 yil

Defektologiya ta’lim yо‘nalishi 101-102 guruh talabalari Axborot-resurs markaziga olib borildi

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o'tkazildi.

31 yanvar 2017 yil

Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika fakulteti Defektologiya yonalishi guruh murabbiylari hamda talabalari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbirbo'lib o'tdi.

“ Gripp.Shaxsiy gigienaga rioya qilish salomatlik garovi ”

22 dekabr 2016 yil

21.12.2016 sanada Pedagogika , psixologiya va defektologiya fakulteti Defektologiya ta’lim yo’nalishi talabalari hamda “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o’qituvchilari M.U.Xamidova, N.Abidova, M.Pardayevalar ishtirokida “ Gripp.Shaxsiy gigienaga rioya qilish salomatlik garovi ” mavzusida “ Hayot faoliyati havfsizligi” kafedrasi b.f.n.dotsenti S.M.Ermatova tomonidan davra suhbati o’tkazildi.

“Ayollar huquqiy savodxonligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

18 noyabr 2015 yil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Defektologiya fakultetida “Ayollar huquqiy savodxonligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Fakultet yangiliklari

28 oktyabr 2015 yil

Defektologiya fakulteti tarixi

16 oktyabr 2015 yil

Fakultet dekani – dotsent Laylo Sharapovna NurmuxamedovaNizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi Defektologiya fakulteti respublikamizda rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan yagona fakultet hisoblanadi.

1-kurs talabalari axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar

9 sentabr 2017 yil

Defektologiya ta’lim yо‘nalishi 101-102 guruh talabalari Axborot-resurs markaziga olib borildi

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o'tkazildi.

31 yanvar 2017 yil

Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika fakulteti Defektologiya yonalishi guruh murabbiylari hamda talabalari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbirbo'lib o'tdi.

“ Gripp.Shaxsiy gigienaga rioya qilish salomatlik garovi ”

22 dekabr 2016 yil

21.12.2016 sanada Pedagogika , psixologiya va defektologiya fakulteti Defektologiya ta’lim yo’nalishi talabalari hamda “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o’qituvchilari M.U.Xamidova, N.Abidova, M.Pardayevalar ishtirokida “ Gripp.Shaxsiy gigienaga rioya qilish salomatlik garovi ” mavzusida “ Hayot faoliyati havfsizligi” kafedrasi b.f.n.dotsenti S.M.Ermatova tomonidan davra suhbati o’tkazildi.

“Ayollar huquqiy savodxonligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

18 noyabr 2015 yil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Defektologiya fakultetida “Ayollar huquqiy savodxonligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Fakultet yangiliklari

28 oktyabr 2015 yil

Defektologiya fakulteti tarixi

16 oktyabr 2015 yil

Fakultet dekani – dotsent Laylo Sharapovna NurmuxamedovaNizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi Defektologiya fakulteti respublikamizda rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan yagona fakultet hisoblanadi.



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar