XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Korreksion pedagogika kafedrasi

2017-yil iyul oyidan boshlab Korreksion pedagogika  kafedrasiga p.f.n., dotsent Z.M.Axmedova mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedrada hozirgi vaqtda p.f.n., professor M.Yu.Ayupova, p.f.n., dots Sh.M.Amirsaidova, p.f.n., dos. N.V.Sosedova, p.f.n., dots Z.N.Mamarajabova, katta o‘qituvchilardan M.A.Xamraeva,S.Po’latova yosh o‘qituvchi N.Z. Raxmonovalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.Kafedra Respublika Ta’lim Markazi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktab, maxsus maktab-internatlar bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.

“Korreksion pedagogika” kafedrasi ilmiy tadqiqot ishlar istiqbolli rejasini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturning 3 takomillashtirish bosqichida defektolog – mutaxassislarni tayyorlash” va “Maxsus yordamga muxtoj bolalar ta’lim – tarbiyasi jarayonini takomillashtirish” muammolari bo‘yicha amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

“Korreksion pedagogika” kafedrasi professor – o‘qituvchilari quyidagi muammolari ustida ilmiy – tadqiqot ishlarini olib boradilar.

1. Xalq ta’limning hozirgi taraqqiyoti davrida defektolog ta’lim tizimi va tarkibini takomillashtirishning pedagogik asoslari.

2. Defektologik ta’limni tubdan yangilashga qaratilgan defektolog – kadrlar tayyorlash muammolari.

Bu muammolar quyidagi yo‘nalishidagi ilmiy – tadqiqot ishlarini o‘z ichiga oladi.

a) defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus pedagogik ta’limning ilmiy – pedagogik asoslari.

b) defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus psixologiya fanining ilmiy – pedagogik asoslari.

v) defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus metodika fanlarining ilmiy – pedagogik asoslari.

Kafedrada “Logopediya” va “Surdopedagogika” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

O‘quv-metodik faoliyat

Kafedrada o‘quv jarayonini yuqori malakali o‘qituvchilar, p.f.dok., prof. L.R.Mo‘minova, p.f.dok., p.f.n., professori M.Yu.Ayupova, , p.f.n., dos L. Sh.Nurmuxamedova, p.f.n., dos. N.V.Sosedova, p.f.n., dos. Z.M.Axmedova, p.f.n., dos Z.N.Mamarajabova, katta o‘qituvchilardan M.A.Xamraeva. N.Obidova, S.Po’latova va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi.

Korreksion pedagogika» kafedrasi 101, 106,273,442, 480-sonli maxsus ta’lim muassasasalri bilan korparativ xamkorlikni amalga oshiradi. Nizomiy nomidagi TDPU Defektologiya yo'nalishi talabalari mazkur maxsus ta’lim muassasalarida pedagogik amaliyotni o‘tkazadilar va olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llaydilar

Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan defektolog-talabalar, maxsus maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari uchun ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, metodik qo‘llanmalar yaratilgan.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari xalqaro, respublika miqyosidagi forumlarda, ilmiy anjumanlarda, seminarlarda tashkilotchi, ma’ruzachi sifatida ishtirok etib kelmoqdalar.

Magistraturani tamomlagan mutaxassislar doktaranturada taxsil olish imkoniyatiga egalar. Korreksionpedagogika kafedrasiqoshida“Defektolog”,“ Surdopedagog“, “Logoped”, “Psixolog”, “Nixol”, “Surdopsixolog” to‘garaklarifaoliyatko‘rsatadi.

6 yanvar 2018 yil, 6,329
Yuldasheva D.

  • Korreksion pedagogika kafedrasi sahifalari






Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering