library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

Kasb talimi fakultetida “Kamolot” YoIX tashkilotining xisobot saylovi bo‘lib o‘tdi

17 oktyabr 2015 yil, 3,229
.

2014-2015 o‘quv yilida “Kamolot” YoIX fakultet yetakchisi Do‘stqobilov Ikrom 1 yil davomida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘limi, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi, sport-sog‘lomlash-tirish, vatanparvarlik va ekologik masalalar bo‘limi, huquqiy-ijtimoiy va maslahatlar bo‘limi, tashabbus va loyihalar bo‘limi, yoshlar muammolarini o‘rganish bo‘limi, tashkiliy, o‘quv-uslubiy va kadrlar bo‘limi, yetakchi qizlar bo‘limi yetakchilari bilan birga amalga oshirilshgan ishlar yuzasidan xisobot berdi.

Xisobotdan so‘ng qizg‘in baxs munozalar ostida fakultetda 2014-2015 o‘quv yilida “Kamolot” YoIX fakultet yetakchisi xisoboti qoniqarli deb topildi. Kunning ikkinchi masalasi yuzasidan Kuyidagi nomzodlar: Sultonov Axror Avazbek o‘g‘li TS-101 gurux talabasi , Zokirov Saidaxror Saidakbarovich- TS-101 gurux talabasi, Do‘stqobilov Ikrom Jumaevich-KIAT-302 gurux talabasi 2015-2016 o‘quv yili uchun “Kamolot” YoIX fakultet yetakchiligiga o‘z nomzodlarini ko‘yishdi.

Do‘stqobilov Ikrom 55 nafar ovoz bilan 2015-2016 o‘quv yili uchun “Kamolot” YoIX fakultet yetakchisi deb saylandi. Zokirov Saidaxror Saidakbarovich fakultet “Kamolot” YoIX fakultet yetakchisi o‘rinbosari yetib saylandi.

Sultonov Axror Avazbek o‘g‘li talabalar tashabbusi bilan fakultet talabalar kasaba uyushmasi yetakchisi qilib 80 nafar ovoz bilan saylandi.

Tadbirda universitet “Kamolot” YoIX fakultet yetakchisi R.Raxmonov, Universitet talabalar kasaba uyushmasi raisi F.Mirkamolov, Kasb talimi fakulteti manavi-marifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini B.Yuldashev, R.Jabbarovlar va kasb talimi fakulteti 80 nafar delegati qatnashdi.

17 oktyabr 2015 yil, O`qilgan :3229



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar