Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Matematika о‘qitish metodikasi kafedrasi






Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi 1961-yilda Toshkent Davlat Pedagogika institutining matematika fakulteti tarkibida tashkil etilgan bo‘lib,1961-1967-yillarda dotsent R.K.Otajonov, 1971-1976 yillarda dotsent S.Axmedov, 1976-1987-yillarda dotsent N.Sherboev, 1987-1992 yillarda dotsent I.Gaysinskaya, 1992-1998 yillarda professor T.Tolaganovlar rahbarlik qilishgan. Kafedra tarkibida professor-o‘qituvchilardan D.V.Manevich, M.Tojiev,S.Jalolov, A.Mirsolixov,M.Xayitmurodov, I.Ermekbaev, Sh.Mirxamidov,O.Xudoyberganov, A.Karimova, N.Eshpo‘latov, A.Soatov, M.Bo‘riboyev, A.Yunusov, M.Raemov, F. Saydaliyeva, X.Botirov, R.Sultonova, X.Nurbekova, Z.Soatova, S.Kim, M.Rosovskaya, A.Karimova, T.Shamshina, Q.Jumaniyozovlar Matematika o‘qitish metodikasi, Matematikadan praktikum, Maktab matematikasi, Matematika tarixi kabi fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borishgan.

Ustoz R.K.Otajonov 1905-yil 5-mayda Farg‘ona rayonining Chimyon qishlog‘ida tavallud topgan.

R.K.Otajonovning prof. A.S.Smogorjevskiy bilan ilmiy aloqalari fizika – matematika fakulteti bilan T.Shevchenko nomli Kiyev davlat universitetining geometriya kafedrasi o‘rtasida o‘zaro foydali bo‘lgan ilmiy – amaliy hamkorlikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. O‘tgan asrning 60 – 70 yillarida ustozdan geometriya fani bo‘yicha tahsil olgan fakultetning yosh iqtidorli o‘qituvchilari N.Dadajonov, R.Yunusmetov, X.Nazarov, M.Sherqo‘ziyev, P.Adilov, R.Ismatullayev Kiyev davlat universiteti va muhandislik – qurilish instituti aspiranturalarida ilmiy – tadqiqot ishlari olib borishdi hamda nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Fakultetda geometriya fani bo‘yicha ilmiy darajali professor – o‘qituvchilarning ko‘payishi 1975-yilda alohida geometriya kafedrasining tashkil topilishiga olib keldi va bu kafedraga 1988- yilgacha N.Dadajonov mudirlik qildi.

R.K.Otajonov 1961 – 1967 yillar oralig‘ida fakultetning dastlabki kafedralaridan bo‘lgan matematika o‘qitish metodikasi kafedrasiga mudirlik qilgan. Kafedra matematika o‘qitish metodikasi, elementar matematika, matematika tarixi bo‘yicha asosiy kurslarni o‘qishni va talabalarning pedagogik amaliyotini tashkil qilishni ta’minlagan. Kafedra a’zolarining ko‘pchiligi katta pedagogik tajribaga ega bo‘lgan o‘qitish metodikasi va matematika tarixi sohalarida ko‘plab o‘quv adabiyotlari yaratgan olimlar edi. Bizning avlod ulardan R.K.Otajonov, S.A,Ahmedov, A.Xudoyberganov, N.M.Gaysinskaya, A.M.Mirsalixov, Sh.Mirhamidov, V.J.Ikromova, T.A.A’zamov, R.Sultonova kabi mehribon ustozlarimizni chuqur hurmat va ehtirom bilan xotirlaymiz.

Shu kafedrada ishlagan T.TolaganovU 1975-yili «Masala yеchish bo‘yicha praktikum kursining mazmuni va uni o‘qitish metodikasi» mavzusida Pereldik Aleksandr Lvovich rahbarligidanomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va 1980-yili matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti ilmiy unvoniga tasdiqlangan. 1989-yili T.R.Tolaganov «Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning matematik tayyorgarligining nazariy va amaliy asoslari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Professor T.R.Tolaganov pedagogika, fizika-matematika fanlarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi bilan qiziquvchi yoshlar orasida katta ish olib boradi, aspirantlar va doktorantlarga rahbarlik qiladi. Professor T.R.Tolaganov o‘zining ilmiy maktabini yaratdi. Uning rahbarligida 10 dan ortiq kishi pedagogika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, pedagogika bo‘yicha bitta doktorlik dissertatsiyasiga esa ilmiy maslahatchi bo‘lgan. Professor T.R.Tolaganov Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi tabiiy fanlarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini beradigan ixtisoslashgan Kengash raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, dotsent S.A.Axmedov – «O‘rta Osiyoda arifmetika o‘qitish tarixidan» (1977 y.), Z.Otajonova «Beruniy asarlarida maktab bop masalalar» (1975 y.) N.Axmedova «O‘rta Osiyoda arifmetika o‘qitish tarixi» (1991-y.) T.R.To‘laganov «Elementar matematika» (1985-y.), «Uchburchak geometriyasi» (1996-y.). T.R.To‘laganov va A.A.Normatov – «Matematikadan praktikum» (1989-y) talabalar uchun qo‘llanmalarni yaratdilar.

N.Dodajanov o‘z faoliyati davomida fakultet dekani, 1975-1986 yillarda fakultetdagi “Geometriya” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.

Nazarov Hamidilla 1973-yili Kiyev Davlat universiteti qoshidagi xorijiy tillarni o‘rganish fakultetini tugalladi. To‘rt yil Jazoirning neft, gaz va ximiya institutida professorlik vazifasida ishlab, talabalarga oliy matematikadan ma’ruzalar o‘qiydi. Horijdan qaytgandan so‘ng geometriya kafedrasining dotsenti, 10 yil davomida fakultet dekani, 1987-1991 yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, 1991-1993 yillarda geometriya kafedrasining mudiri lavozimlarida ishlaydi.

«Algebra va sonlar nazariyasi» kafedrasi - 1975-yilda tashkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimida A. Do‘sumbetov (1975-1981yy) Sh.T. Maqsudov (1981-1987y), B. Toshpo‘latov (1987-1995yy) larda ishlaganlar. Ular bilan birga kafedrada prof. S.Afonina, dotsentlar S.Jalolov, A.Mirsolixov, B.Yagudaev, T.Yokubov, O.Musurmonov, A.Yunusov, D.Yunusova, R.Yorkulov, A.Qulmatov, B.Yagudaev, O.Raxmatullaev. R.Madraximov, o‘qituvchilardan, X.Botirov, M.Bo‘riboyev, R.Komiljonova, X.Nurbekova, Z.Soatova, S.Yodgorov, S.Kim va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan.

Shermat Maqsudov 1909-yilda Chimkent shaxrida oddiy kosib oilasida dunyoga kelgan. Dastlab Chimkent shaxridagi maktabda ta’lim olgan. 1922-yilda Toshkent pedagogika texnikumiga o‘qishga kirgan. O‘qishni tugatgach Pedagogika akademiyasini o‘zida ishlashga qoldiriladi.Fizika – matematika fakultetining matematika kafedrasiga asisent qilib olingan. Shu tariqa Shermat Toshmatovich akademiyada birinchi marta o‘zbek tilida oliy matematikadan dars bera boshladi.

U 1934-yilda O‘zbekiston Davlat universiteti huzuridagi aspiranturaga kiradi. Shunday qilib Shermat Maqsudov 1935-yildan Toshkent birlashgan davlat pedagogika va o‘qituvchilar inistitutining fizika – matematika fakultetida ishlay boshlagan. 1951 – 1955 yillarda Buxoro pedagogika inistituti rektori bo‘lib ishlaydi. 1955-yilda Inistitutimizga qaytib kelib pensiyaga chiqunga qadar “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasiga mudirlik qiladi. Shermat Maqsudov “Integral tenglama elementlari”, “Analitik funksiyalar nazariyasidan mashqlar” kabi darslik va qo‘llanmalar muallifi sifatida ham tanilgan.

Bundan tashqari akademiklar S.Sirojiddinov va Salohiddinovlar bilan hamkorlikda inistitutlar uchun “kompleks o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasidan” qo‘llanma yaratdi.

Baxodir Toshpo‘latov 1987-1995 yillarda fakultetdagi “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasining mudiri bo‘lib ishlaydi. 1995-yili “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasi bilan “Geometriya” kafedrasi birlashtirilib, “Umumiy matematika” kafedrasi tashkil etilganidan keyin ana shu yangi kafedraga mudir bo‘ldi.

1995-yili “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasi bilan “Geometriya” kafedrasi birlashtirilib, “Umumiy matematika” kafedrasi tashkil etilib bu kafedraga dotsent B.Toshpo‘latov (1995-1998yy) rahbarlik qiladi.

1998-yilda “Matematika o‘qitish metodikasi” va “Umumiy matematika” kafedralarini birlashtirilib “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil qilindi. Yangi tashkil qilingan kafedraga 1998-2002 yillar pedagogika fanlari doktori, professor T.R.To‘laganov, 2002-2003 yillar pedagogika fanlari nomzodi A.A.Normatov, 2003-2004 yillar akademik Sh.K.Farmonov, 2004-2006 yillarda dotsent D.Yunusova 2007-2010 yillarda universitet professori A.Musurmonov, 2010-2011 yillar f.-m.f.n. D.Davletovlar, 2011-yildan hozirgi kungacha f.m.f.d., professor R.Beshimov kafedraga rahbarlik qilib keldi.

2015-yilda Matematik analiz va Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedralari negizida Matematika o‘qitish metodikasi va Umumiy matematika kafedralari tashkil qilindi. Matematika o‘qitish metodikasikafedrasiga D.Davletov mudirlik qilmoqda.

Hozirda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar: f.-m.f.n. D. Davletov, p.f.n. dotsent M. Barakaev, p.f.n. I. Raxmonov, p.f.n. Q. Jumaniyozov, p.f.n. G. G‘oyibnazarova, katta o‘qituvchilar G. Adilova, L. O‘rinboeva, A. Latipova, J. Saparboev, o‘qituvchilar M. Mamatqulova, B. Alimov, G. Artikovalar.

Kafedramiz professor-o‘qituvchilari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqdalar:

- Oliy ta’limda matematika o‘qitishning muammolari;

- O‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika o‘qitishning muammolari;

- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika o‘qitishning muammolari.

Kafedrada G. G‘oyibnazarova “Matematika” nomli, M.Mamatqulova “Matematika o‘qituvchisining innovatsion faoliyatining nazariy va amaliy asoslari”, L.Urinboyeva “Matematikaning sehrli olami”, D.Davletov Elementar geometriyadan qiziqarli masalalar yechish, J.Saparboyev “Shaxmat va shashka” nomli to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. To‘garak natijalari kafedramiz tomonidan har yili iqtidorli talabalar maqolalari to‘plami ko‘rinishida chop ettirilmoqda. Fakultet va universitet miqyosida o‘tkaziladigan shashka-shaxmat(sport) to‘garaklarida faxrli o‘rinlarni olib kelishmoqda. Iqtidorli talabalarimiz matematika o‘qitish metodikasi fanidan o‘tkazilgan Universitet bosqichida ham, respublika bosqichida ham faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Kafedramiz a’zolari murabbiylik qilayotgan 302-guruhi umumiy pedagogika tanlovida g‘olib bo‘lishdi va faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.

16 yanvar 2018 yil, 17,648
Yuldasheva D.

Ommaviy tadbirlar rejasi

20 oktyabr 2017 yil

“O’qituvchi-ustoz, murabbiy”n o’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan davra suhbati.
“Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” mavzusida ma’ruza.
“Jamiyatda shaxsning o’rni, burch va vazifalari” mavzuda davra suhbati.

Tadbirlar rejasi

15 dekabr 2017 yil

Ma’naviy – ahloqiy va tarbiyaviy faoliyat

24 dekabr 2017 yil

O'quv faoliyati

24 dekabr 2017 yil

AL va KXK bilan hamkorlik

21 yanvar 2017 yil

Ilmiy-amaliy konferentsiyalar

18 yanvar 2014 yil

Davlat grantlari

15 dekabr 2017 yil

Ilmiy tadqiqot faoliyati

24 dekabr 2017 yil


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering