Foydali manbalar













OTM web-reytingi



Matematika o`qitish metodikasi

Davletov
D.E.

Kafedra mudiri
Fan nomzodi
физика-математика фанлари номзоди
Davletov Davronbek Egamberganovich 18.04.1974yilda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. 1996 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi matematika-informatika o‘qituvchisi. Ilmiy darajasi - fizika-matematika fanlari nomzodi. 2009 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dars beradigan fanlari - geometriya, qiziqarli matematika va olimpiada masalalari, matematika, elementar matematikaning tanlangan boblari. Rus tilini mukammal darajada, ingliz tilini lug'at yordamida biladi. Jami ilmiy ishlari soni oltmishtadan ortiq bo'lib, shulardan beshtasi metodik qo'llanma, ikkitasi o'quv qo'llanma.

Barakayev
Murod

Dotsent
Fan nomzodi
Pedagogika fanlari nomzodi
Men 1958 yil Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi tug‘ilganman. 1978 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutining "Matematika" fakultetini bitirganman. Matematika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida uzoq yillardan beri ilmiy-metodik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Pedagogika fanlari nomzodiman (1993 yildan). "Matematika o‘qitish metodikasi", "Matematika o‘qitish texnologiyalari va loyihalash","Umumta’lim fanlarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish", "Matematikani o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari(magistraturada)", "Oliy ta’limda matematika o‘qitish metodikasi(magistraturada)" kabi fanlardan dars berib kelmoqdaman. 8 ta o‘quv, metodik qo‘llanmalar, 2 ta metodik tavsiyalar, 100 dan ortiq ilmiy metodik maqola va tezislarim nashr etilgan.

G'oyibnazarova
Gulnora
Normatovna

Dotsent
Fan nomzodi
pedagogika fanlari nomzodi
G'oyibnazarova Gulnora Normatovna 1971 yil Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tug'ilgan.1992 yil Nizomiy nomidagi TDPIning matematika fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi matematika-informatika o'qituvchisi. 1996 yildan buyon mazkur fakultetda ishlab kelmoqda. 2009 yil 28 mayda professor A/Y/Narmanov raxbarligida "Analitik geometriya tuzilishi, mazmuni va uni o'qitishni takomillashtirish metodikasi" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini ximoya qilgan. Kafedra bo'yicha o'qitiladigan matematika, oliy matematika fanlaridan o'zber va rus guruhlarida ma'ruza va amaliy mashg'ulot darslarini olib boradi.

Jumaniyozov
Q.

Dotsent
Fan nomzodi
педагогика фанлари номзоди
1969 йил Хоразм вилояти Янгиариқ туманида тугилган. Оилали, 3 нафар фарзади бор. Низомий номидаги ТДПИни тугатган. 2001 йил химоя килган. Факультетда маънавий ишлар буйича укув ишлари буйича декан вазифасини бажарувчи булиб ишлаган. Хозирда математика укитиш методикаси кафедрасида доцент вазифасини бажарувчи лавозимида ишламокда.

Raxmonov
Istam
Yarikulovich

Dotsent
Fan nomzodi
Pedagogika fanlari nomzodi
Raxmonov Istam Yarikulovich 13-fevral 1968 yilda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1994 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi matematika-informatika o‘qituvchisi. Quyidagi fanlardan dars beradi: kimyo o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishida matematika, matematika o'qitishda tarixiy ma'lumotlardan foydalanish. Rus tilini mukammal darajada, ingliz tilini lug'at yordamida biladi. Jami ilmiy ishlari soni o'ttiztadan ortiq bo'lib, shulardan ikkitasi metodik qo'llanma. Shu bilan birga bitta monografiya nashr qildirgan.

Latipova
Almira
Ravilevna

Katta o`qituvchi
Latipova Almira Ravilevna 1977 yilda Yangiyo'l shahrida tugilgan. 1999 yilda Nizomiy nomidagi TDPU ning Matematika fakultetining matematika-informatika yo'nalishini tugatdi. 2000 yili shu o'quv yurtining matematika yo'nalishining magistraturasini tamomladi. 2000 yildan boshlab fizika-matematika fakultetida ishlab boshladi. Shu kungacha 25 dan ortiq ilmiy ishlari bo'lib, ulardan 3 tasi metodik qo'llanma, 7 ta ilmiy maqolalari chet el jurnallarida, 3 tasi xorijiy konferensiyada nashr ettirilgan.

O'rinboyeva
Lolaxon
O'ktamovna

Katta o`qituvchi
O'rinboyeva Lolaxon O'ktamovna 1972 yil 13 avgustda Farg'ona viloyatining Rishton tumanida tug'ilgan. 1989 yilda o'rta maktabni imtiyozli, ya'ni "oltin medal" bilan tugatib, shu yili Farg'ona davlat pedagogika institutining Matematika fakultetiga o'qishga kirib, 1994 yil mazkur fakultetni matematika o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha yakunladi. 1994-2001 yillarda Farg'ona viloyati Rishton tumanidagi 20-umumta'lim maktabida matematika, boshlang'ich sinf o'qituvchisi va o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida ishlagan. 2011-2013 yillarda Respublika ta'lim markazi "Boshlang'ich ta'lim" bo'limi bosh metodisti bo'lib faoliyat olib borgan. 2013 yil dekabr oyidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Gumanitar fakultetlarda matematika", "Matematik analiz" kafedralarida o'qituvchi, katta o'qituvchi, 2015 yildan hozirgacha "Matematika o'qitish metodikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Lolaxon O'ktamovnaning 30 dan ortiq ilmiy-metodik ishlari mavjud bo'lib, ular 1 ta darslik, 2 ta metodik va 2 ta o'quv qo'llanma hamda respublika va xalqaro miqyosdagi maqolalarni tashkil etadi.
L.O'rinboyeva gumanitar ta'lim yo'nalishlarida "Matematika", Matematika o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishlarida "Matematika o'qitishda tarixiy materiallardan foydalanish" va "Matematika fanini kasbga yo'naltirib o'qitish" fanlaridan dars berib kelmoqda. Lolaxon O'ktamovna universitet murabbiylar Kengashining raisi va kafedraning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'uli sifatida jamoatchilik ishini olib boradi.

Saparboyev
J.Y.

Katta o`qituvchi
Saparboev Jamoladdin Yuldashevich 12.04.1980 yilda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug‘ilgan. 2001 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (bakalavr)ni, 2003 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (magistratura)ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi matematika-informatika, matematika magistri. Dars beradigan fanlari - matematika o'qitish metodikasi, qiziqarli matematika va olimpiada masalalari, matematika, matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi. Rus tilini mukammal darajada, ingliz tilini lug'at yordamida biladi. Jami ilmiy ishlari soni oltmishtadan ortiq bo'lib, shulardan o'n bittasi OAK ro'yhatidagi ilmiy maqolalar, beshtasi metodik qo'llanma, bittasi o'quv qo'llanma, uchtasi xorijiy ilmiy maqolalar. Misol va masalalar yechish va yechishga o‘rgatish hamda shashka-shaxmat o‘yinlari sevimli mashg‘ulotlaridan bo'lib, shulardan to'garak olib boradi.

Adilova
Gulzinat
Pulatovna.

O`qituvchi
Аdilova Gulzinat Pulatovna 1965 yil 24 martda Toshkent shaxrida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy. Lenin nomidagi Toshkent davlat universiteti(xozirgi O’zbekiston milliy universiteti)ning matematika fakulteti, funktsional taxlil kafedrasini tugatgan. Mutaxassisligi matematik o’qituvchi. 2005-2010 yillarda turli loyixalarda, jumladan "Kasb-xunar kollejlari va akademik litsey o’qituchilarining kompьyuter savodxonligini oshirish" nomli O’zbekiston-Germaniya xalqaro loyixalarda ishtirok etgan. Ushbu loyixa doirasida "Polzovatelskiy interfeys po predmetu Microsoft Office","Baza dannыx Microsoft exсel", Microsoft Access nomli o'quv qo'llanmalarni nashrdan chiqarilgan.Umumiy 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar muallifi.
EXCEL po predmetu Microsoft Office
Strukturы i komponentы po predmetu Microsoft Office

Alimov
Bekzod
Nematovich

O`qituvchi
Alimov Bekzod Nematovich 24.06.1984 yilda Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (bakalavr)ni, 2007 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (magistratura)ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi matematika magistri. Dars beradigan fanlari - qiziqarli matematika va olimpiada masalalari, matematika o'qitish metodikasi, umumta'lim fanlarni kasbga yo'naltirish, matematika o'qitishda tarixiy ma'lumotlardan foydalanish Rus tilini mukammal darajada, ingliz tilini mukammal biladi. Jami ilmiy ishlari soni qirqtadan ortiq bo'lib, bitta monografiya nashr qilgan. Yosh olimlar grandi rahbari.

Artikova
Gulnoza
Abduhalikovna

O`qituvchi
Artikova Gulnoza Abduhalikovna 24.12.1988 yili Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. Mutaxassisligi matematik. Dars beradigan fanlari: matematika; qiziqarli matematika va olimpiada masalalari. Rus tilini mukammal, ingliz tilini o'rta darajada biladi.

Mamatqulova
Maqsuda
Maxkamovna

O`qituvchi
U Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida 16.03.1979 yilda tavallud topgan. 2003 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (bakalavr)ni, 2005 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (magistratura)ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi matematika magistri. Dars beradigan fanlari quyidagilar: matematika o'qitish texnologiyalari va loyihalash, matematika o'qitish metodikasi. Rus tili va ingliz tilini mukammal darajada biladi. Jami ilmiy ishlari soni o'ttiztadan ortiq. U “MATEMATIKA O’QITUVCHISINING INNOVATSION FAOLIYATINING AMALIY ASOSLARI” nomli to'garak rahbari.

Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering