library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

20 oktyabr 2015 yil, 1,521
.

KAFEDRA MUDIRLARIGA ILMIY – TADQIQOT IShLARI BO‘YIChA VAZIFALAR



Kafedralar universitetda fan va ta’limni rivojlantiruvchi, uning sifatini ta’minlovchi asosiy bo‘g‘indir.
Professor-o‘qituvchilar, KIXI, magistrantlar va iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, doktorlik va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash, iqtidorli talabalar bilan ilmiy-ijodiy ishlar olib borish, ularni Prezident va nomli Davlat stipendiyalariga, olimpiadalarga, har xil ko‘rik-tanlovlarga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish kafedraning asosiy vazifalaridan biridir.

I.Kafedra mudiriga umumiy vazifalar:

1. Kafedraning asosiy ustuvor ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini aniqlash, unga mos doktorlik va magistrlik mavzulari bazasini yaratish. Bunda respublikamizdagi va sohadagi ustuvor yo‘nalishlarga yondashish;

2. Kafedraning har bir a’zosini ilmiy tadqiqot ishiga jalb etilishi, ilmiy tadqiqot mavzusi tanlangan va kafedra qarori bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Bunda ilmiy maslahatchi sifatida kafedrada (yoki boshqa joyda) faoliyat yuritayotgan fan doktori (yoki faol ilmiy tadqiqot olib borayotgan fan nomzodi) belgilanishi mumkin;

3. Ilmiy tadqiqot dasturi doirasida bajarilishi mo‘ljallangan amaliy, fundamental, innovatsion loyihalar bazasi yaratilishi va loyihalar tayyorlanishi lozim;

4. Xorijiy ilmiy markazlar,respublikadagi OTMlar va boshqa korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, halqaro loyihalar bajarish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish;

5. Xalqaro darajadagi sifatni ta’minlash uchun quyidagi xujjatlar ishlab chiqilishi talab etiladi :

 KIXIIga kirish imtixonlari uchun dasturlar ishlab chiqish. Dasturlar hozirda doktorlik doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilayotgan yetakchi olimlar tomonidan sohaning yangi yutuqlarini o‘z ichiga olgan, keng qamrovli bo‘lishi . Dastur bandlari salmoqli, adabiyotlar ro‘yxati asosan, monografiyalar va ilmiy jurnallardagi maqolalardan iborat bo‘lishi;

 Magistraturada o‘qitilayotgan fan dasturlari va bajariladigan dissertatsiyalar mazmuni KIXII ga kirish dasturlarini qamrab olishi;

 Magistratura o‘quv-me’riy hujjatlarini, ularning mazmunini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish.

6. Kafedra qoshida haftada kamida bir marta mashg‘ulot o‘tkazadigan ilmiy-metodik seminar ishini yo‘lga qo‘yish. Seminar kuni, vaqti, joyi ko‘rsatilgan holda ish rejasini ishlab chiqish. Seminar mashg‘ulotlarida kafedra professor-o‘qituvchilari, KIXI, magistrlar, iqtidorli talabalar ishtirok etishi. Har mashg‘ulotda ushbu ishtirokchilardan 2-3 kishi ma’ruza etishi. Seminar bayonnomasi rasmiylashtirilib borilishi. Dissertatsiyalarning tayyorlik darajasi baholanishi;

7. Professor-o‘qituvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy natijalari nashr etilishi.

II. Kafedra mudirlariga professor-o‘qituvchilar bo‘yicha vazifalar:

 Barcha professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalari qayta ko‘rib chiqilishi, ularning sifatli rasmiylashtirilishi va to‘liq bajarilishiga erishish;

 Kafedra professor-o‘qituvchilari kesimida 2015 yil natijalari va 2016 yil majburiyatlarini rasmiylashtirish.

Bu vazifalarni bajarishda qo‘yidagi parametrlarga e’tibor berish:

 Monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma (vazirlik guvohnomasi bilan) yozish;

 Xorijiy referatlanadigan jurnallarda maqolalar chop etish;

 Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar nashr etish;

 Ixtirolar uchun patentlar va dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;

 DITD doirasida bajariladigan loyihalar tayyorlash, tanlovlarda ishtirok etish;

 Konferensiyalar tashkil etish va ma’ruzalar bilan ishtirok etish;

 Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar tanloviga ishlanma tayyorlash;

 Ilmiy to‘garaklar faoliyatini boshqarish;

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari tanloviga nomzodlar tayyorlash, iqtidorli talabalar bilan ishlash.

III. Kafedra mudirlariga magistrantlar bo‘yicha vazifalar:

 Kafedra mudiri magistrant va uning ilmiy rahbari ilmiy hamkorligi sifatiga mas’uldir (chunki kafedra qarori bilan tasdiqlanadi);

 Magistrlik dissertatsiyasining tayyorlik darajasi ko‘rsatkichlari grafigini ishlab chiqish va mudir, ilmiy rahbar hamda magistr tomonidan imzolash;

 Adabiyotlar ro‘yxatida chet tilidagi manbalar, monografiyalar va ilmiy jurnallar ustuvor (kamida 50%) bo‘lishi;

 Magistrant har oyda bir marta kafedra qoshidagi ilmiy-metodik seminarda ma’ruza etishi;

 Mudir magistraturada dars beruvchi professor-o‘qituvchi malakasiga, uning mashg‘ulotlar o‘tishi sifatini nazorat etishi shart.

IV. Kafedra mudiri va ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muoviniga iqtidorli talabalar bo‘yicha vazifalar:

 Iqtidorli talabalar bazasini shakllantirish. Bunda faqat a’lo bahoga, a’lo va yaxshi baholarga hamda mutaxassislik faniga qobiliyati bor va ilmiy tadqiqot ishiga qiziquvchan yoshlarni tanlab olish;

 Iqtidorli talabalar bilan bevosita mashg‘ulotlar olib boruvchi ilmiy rahbarlar guruhi shakllantirish;

 Rahbarlar va talabalar ishtirok etuvchi, har haftada bir marta faoliyat ko‘rsatuvchi seminar-mashg‘ulot tashkil etish;

 Har bir talabaning ilmiy rahbari va tadqiqot mavzusi anik bo‘lishi;

 Talabalarni uchta yo‘nalish bo‘yicha guruhlarga ajratish:

1. Davlat stipendiyalariga;

2. Olimpiadalarga;

3. Ijodiy guruh.

Eslatma

1. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha kafedra va kafedra mudiri reytingi yuritiladi.

20 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:1521



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Ilmiy ishlar