XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Ilmiy maktabi

“Geografiya va uni о‘qitish metodikasi ilmiy maktabi” asoschisi deb haqli ravishda shu kafedra taqdiri bilan 65 yildan kо‘proq vaqt davomida о‘z pedagogik faoliyatini olib kelayotgan professor Baratov Pattax Baratovichni aytish haqlidir.

Ilmiy maktabimiz asoschisi professor Baratov Pattax Baratovich bilan shu yillar davomida geografiya kafedrasida birga ishlab, talabalarga chuqur bilim bergan, ilmiy ishlar olib borgan quyidagilarni maktabning dastlabki yetakchi vakillari deb takidlash o‘rinlidir. Ularga professorlar: O.A.Mo‘minov, R.L. Yugay, M.Mamatqulov, A.Qayumov, X.Vahobov, g.f.n, dotsentlar: G.R.Asanov, X.S.Masudov, I.Safarov, A.Qurbonov, Z.Raimjonovlar, p.f.n., dotsentlar: T.B.Abdullaeva, M.Nabixonov, M.Yunusova, M.Asomovlarni keltirishi mumkin.

Ilmiy maktabimiz asoschisi Baratov Pattax Baratovich 1932 yil 31 avgustda tavallud topgan. P.Baratov Nizomiy nomidagi TDPIning “Geografiya” bo‘limiga 1950 yilda o‘qishga kirib, uni 1954 yili imtiyozli diplom bilan tamomlagan va “Geografiya” kafedrasining tavsiyanomasi bilan 1954-1957 yillarda institutning aspirantura bo‘limida tahsil olgan.

P.Baratov “Zarafshon vodiysining tabiiy geografik tavsifi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini Moskva Davlat universiteti professori, geografiya fanlari doktori, taniqli olim N.A.Gvozdeskiy rahbarligida olib borgan va 1960 yili Ozarbayjon Davlat universiteti qoshidagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashda geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun muvaffaqiyatli himoya qilgan.

P.Baratov o‘zi ta’lim olgan ilm maskaniga institut rahbariyatining tavsiyasiga ko‘ra ish faoliyatini kafedra mudirligidan boshlagan. Dastlab, 1961-1974 yillar mobaynida institutning “Iqtisodiy geografiya”(1961-1965yy.), keyin “Tabiiy geografiya”(1965-1974yy.) kafedralarida kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. P.Baratov 1961 yildan to hozirgi kungacha geografiya kafedrasida ilmiy ijod etib, kafedra mudiri, dotsent va hozirda professor lavozimida faoliyat olib bormoqda.

P.Baratov qator yillar davomida ko‘plab ilmiy maqolalar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv darsliklar, monografiyalar va geografiya faniga oid qiziqarli risolalar chop etgan yetuk olimdir. Jumladan, “Kaspiy dengizining taqdiri” (T.,1962), “Oltin sochuvchi daryo” (T.,1964), “O‘rta Osiyo daryolari va ularning xo‘jalik ahamiyati” (T.,1967), “O‘rta Osiyo cho‘llari inson izmida” (T.,1967), “O‘rta Osiyo tabiiy suv laboratoriyasi” (T.,1968), “Dengizda suv yetishmaganda” (T.,1969), “O‘rta Osiyo subtropiklari” (T.,1971), “Prirodnыe resursы dolini Zarafshona i ix ispolzovaniya” (T.,1976), “Tabiiy geografiyadan metodik qo‘llanma” (T.,1977), “Er bilimi va o‘lkashunoslik” talabalar uchun darslik (T.,1980), “O‘rta Osiyo cho‘llarining ertangi kuni” (T.,1980), “O‘rta Osiyo daryolarining xo‘jalik ahamiyati” (Q.Xolmatov bilan hammualliflikda, T.,1981), “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi” (M.V.Qoriev, A.V.Xisomov, R.L.Yugay, M.N.Nabixonov, M.F.Rasulovlar bilan hammualliflikda, T.,1981 ), “Tabiatni muhofaza qilish va o‘zgarishi” (R.L.Yugay, M.F.Rasulovlar bilan hammualliflikda, T.,1980), “Tabiatshunoslik asoslari” (O.Mo‘minov bilan hammualliflikda, T,.1982), “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi” (O.Mo‘minov bilan hammualliflikda,T.,1980), “O‘zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy ishlar” (O.Mo‘minov bilan hammualliflikda,T.,1980), “Er bilimi va o‘lkashunoslikdan amaliy ishlar” (T.,1988), “Tabiatni muhofaza qilish” (T.,1991), “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi” (T.,1996), “O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi” Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma (M.Mamatqulov, A.Rafiqovlar bilan hammualliflikda, T., 2002), “Umumiy tabiiy geografiya”, Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun qo‘llanmasi ( M.Mamatqulov, A.Rafiqovlar bilan hammualliflikda,T., 2002 ,birinchi nashr),“O‘zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy ishlar” o‘quv qo‘llanma (T.,2005), “Umumiy tabiiy geografiya”, AL va KHK uchun o‘quv qo‘llanma (A.Soatov bilan hammualiflikda, T.,2013, ikkinchi nashri), “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi”, 7-sinf uchun darslik (O.Mo‘minov, M.Mamatqulov, R.Rahimbekovlar bilan hammualliflikda, T.,1996), “Geografiya” Umumta’lim maktablarining 7 – sinfi uchun darslik (P.G‘ulomov, X.Vahobov, M.Mamatqulovlar bilan hammualliflikda, T.,2013, 2018), “Metodicheskoe posobie dlya uchiteley” qo‘llanma (P.G‘ulomov, X.Vahobovlar bilan hammualliflikda, T.,2003), “Tabiiy geografiya”(O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasidan amaliy ishlar) o‘quv qo‘llanma (T.,TDPU, 2014), “Tabiatshunoslik asoslari” AL va KHK uchun o‘quv qo‘llanma (T., 2017) kabilardir.

P.Baratovning pedagogik faoliyati davomida 200 dan ortiq ilmiy, ilmiy-metodik, ilmiy-ommabop maqolalari, jumladan, 7 ta monografiya, 10 dan ortiq ilmiy-ommabop risolalar, 20 ga yaqin darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston ensiklopediyasining nashrlarida 100 dan ortiq maqolalari o‘rin egallagan.

P.Baratovga samarali ilmiy-metodik ishlari, malakali geograf mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari, oliy o‘quv yurtlari hamda O‘rta maktab o‘quvchilari uchun darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratganliklari inobatga olib, 1962 yili “Dotsent”, 1989 yili “Professor” ilmiy unvoni berilgan. P.Baratov “Xalq ta’limi a’lochisi” nishoniga sazovor bo‘lgan ustozlardan.

Professor P.Baratov ilmiy rahbarligida ilmiy tadqiqotchilar O.A.Mo‘minov, M.Nabixonov, R.Saidova, A.Oltibaevlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilib geografiya o‘qitish metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olganlar. Shogirdlaridan ko‘plari dastlab, dotsent, keyinchalik, professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishgan va ular ham ilm-fan rivojiga hissa qo‘shib, ko‘plab shogirdlarga ustozlik qilishgan. Professor O.A.Mo‘minov (tadqiqotchilar H.Ubaydullaev, M.Asomov, U.Safarov), p.f.n., dotsent M.Nabixonov (tadqiqotchi R.Gaipova) ilmiy ishlariga rahbarlik qilishib ularning pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajalarini olishiga hissa qo‘shdilar.

Professor P. Baratov ilmiy maslahati sifatida qo‘shni respublikalar ilm-fani rivojiga ham hissa qo‘shgan olimdir, u Tojikiston DU tadqiqotchisi R. Pulatov va Qirg‘iziston DU tadqiqatchisi N.Julbaevlarning geografiya o‘qitish metodikasi mutaxassisligidagi tadqiqot ishlariga ilmiy maslahatchilik qilgan va ular ham o‘z sohasi bo‘yicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.

“Geografiya o‘qitish metodikasi ilmiy maktabi” yetakchi vakillaridan O.A.Mo‘minovni keltirishimiz o‘rinlidir. O.A.Mo‘minov 1955 yildan 1995 yilgacha Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi”da dastlab o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, professor lavozimida faoliyat yuritib, uning ilmiy rahbarligida geografiya o‘qitish metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha uchta tadqiqotchilar pedagogika fanlari nomzodi ilmiy daraja olish uchun dissertatsiya himoya qildilar. O.A.Mo‘minovning ”Geografiya ta’limi metodikasi” fanidan talabalari uchun uslubiy qo‘llanma,“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”dan uslubiy qo‘llanma, “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi”dan amaliy ishlar”, ”Zamonaviy geografiya darsiga qo‘yiladigan talablar”, ”Jo‘g‘rofiy atamalar lug‘ati”, “Oliy geografiya darslarida kompyuter texnikasidan foydalanish” uslubiy qo‘llanmasi (hammualliflikda) kabilar, “Jozibali o‘lka”, “Ajoyib tabiatli o‘lka”, “Turfa olam”, ”Maftunkor o‘lka” “Qiziqarli geografiya” risolalari chop etilgan va hozirda ham talabalar, magistrlar va tadqiqotchilar foydalanib kelmoqda.

“Geografiya o‘qitish metodikasi ilmiy maktabi” yetakchi vakillaridan yana biri g.f.d., professor X.Vahobovdir. X.Vahobov 2003-2010 yillarda “Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasining mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Bu davr maboynida kafedraning faoliyati har tamonlama rivoj topgan. Jumladan, talaba va magistrlarning ta’lim olishida o‘quv moddiy texnik ta’minot bazasi yaxshilandi, Ko‘plab o‘quv, uslubiy qo‘llanma va darsliklar chop etildi. Kadrlar salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Professor X.Vahobov rahbarligida 5 nafar tadqiqotchilar Sh.Dosanova (2002y), I.Abdullaev (2005y), Z.Saidkarimova (2006 y), O.Mirzamaxmudov (2007y) va N.Alimqulov (2008y) nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdilar. Ushbu yillar davomida X.Vahobovning “Iqtisodiy geografiya asoslari” o‘quv qo‘llanmasi (M.Tillaboeva bilan hammualliflikda, T.,”O‘qituvchi” nashriyoti, 2001,150 b.), Umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari uchun 7–sinf “O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi” bo‘yicha uslubiy qo‘llanmasi (P.G‘ulomov, R.Qurboniyozovlar bilan hammualliflikda, T., “O‘qituvchi” nashriyoti, 2003y., 128 b.), “Amaliy geografiya”, Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun darsligi (A.Rafiqov, A.Qayumov, Sh.Azimovlar bilan hammualliflikda, T.,”Sharq”nashriyoti, 2004, 160 b.), “Umumiy yer bilimi”, Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik (T., 2004y., 186 b.), “Geografiya”, Yordamchi maktablarining 6 – sinfi uchun darsligi (T., 2003y, 160 b.), “Geografiyani o‘qitish metodikasi”, Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun o‘quv qo‘llanmasi (Nukus, “Bilim” nashriyoti, 2010y., 207b.), “Rekratsion geografiya asoslari” o‘quv qo‘llanmasi (U.Yakubov bilan hammualliflikda T.,“Fan va texnologiya”, 2012y. 142b.) darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari nashr etilgan.

Kafedra tarixi: O‘z faoliyatini Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti faoliyati bilan davom ettirib kelayotgan bugungi ”Geografiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi 1935 yilda Toshkent Davlat pedagogika instituti bazasida “Geografiya” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan va uni dastlab o‘z fanining bilimdoni, taniqli pedagog M.X.Bektemirov boshqargan. 1961 yilda “Geografiya” kafedrasi “Tabiiy geografiya” va “Iqtisodiy geografiya” kafedralariga bo‘lindi. Tabiiy geografiya kafedrasini dotsentlardan: 1960-1965 yillarda A.V.Xisomov, 1965-1974 yillarda P.Baratov, 1975-1978 yillarda B.Baxriddinov, 1979-1989 yillarda M.F.Rasulovlar va 1989-1996 yillarda g.f.d., professor M.Mamatqulov rahbarlik qilgan. “Iqtisodiy geografiya” kafedrasiga dotsentlardan: 1961-1965 yillarda P.Baratov, 1965-1979 yillarda G.R.Asanov, 1979-1990 yillarda M.Nabixonov, 1990-1994 yillarda T.Abdullaeva, 1994-1995 yillarda I.Safarovlar rahbarlik qilgan. 1995 yilda “Tabiiy geografiya” va “Iqtisodiy geografiya” kafedralari birlashtirilib ular zaminida “Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil etilgan. Keyinchalik kafedrani boshqarish g.f.d., professor A.Qayumov (1996-2000 yy.), dotsentlar:S.Navro‘zov (2000-2002 yy.), Z.Raimjonov (2002-2003 yy.), g.f.d., professor X. Vahobov (2003-2010 yy.), dotsent S.Zokirovlar (2010-2011yy.) tomonidan faoliyatlar amalga oshirilgan. 2011 yil noyabr oyidan boshlab kafedra jamoasiga g.f.n., dotsent N.R.Alimqulov rahbarlik qilmoqda.

Professor P.Baratov rahbarligidagi “Geografiya va uni o‘qitish metodikasi ilmiy maktabi”da so‘ngi yillarda quyidagi ilmiy faoliyatlar olib borildi, Ulardan, A.Nizomov muallifligida “O‘ZBEKKINO” milliy agentligi “ESI-EKO-FILM” studiyasi tomonidan “SARDOBA” (2006), “BORSA KELMAS” (2007),“ChINK-SUKUNAT SALTANATI” (2007), “O‘ZBEKISTONNING IChKI SUV HAVZALARI” o‘quv-uslubiy filmlari (2011) tayyorlangan va hozirda dars mashg‘ulotlarida foydalanmoqda, shuningdek, “O‘zbekistonning qadimgi gidrotexnik inshootlari geografiyasi” (2008) monografiyasi, “Toponimika” o‘quv qo‘llanmasi (2013), “Zulqarnayn qishlog‘ida” qissa (2013), “O‘zbekistonning ekoturistik resurslari va yo‘nalishlari” uslubiy qo‘llanmasi (2014), N.R.Alimqulov muallifligida “Bilim olishning intellektual tizimini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” uslubiy qo‘llanmasi (2011), N.R.Alimqulov va I.X.Abdullaevlarning “Amaliy geografiya fanini sohalarga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi”, O‘rta maxsus KH ta’limi o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma (2012), “Amaliy geografiya” (2015) va “Umumiy yer bilimi” (2017) fanlaridan elektron darslik, "Topografiya va kartografiya asoslari" (2017), N.Alimqulov, N.Safarovalar tomonidan “Geografiya” (2017), N.I.Safarova, Z.A.Amanbaeva va A.Gapparovlarning “Moddiy ishlab chiqarish asoslari” qo‘llanmasi (2013y.), M.Sh.Nurmatovning «O‘zbekistonda milliy hunarmandchilik va turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-geografik xususiyatlari» monografiyasi (2013), A.Rafiqov, A.Xojimatov, N.Alimqulov, Sh.Xolmurodovlarning “Geoekologiya asoslari” (2015y.), A.Nizomovning “Tabiiy geografik jarayonlar” (2015), P.Baratov, N.Sultonovalar tomonidan “Umumiy yer bilimi” (2017), A.Xojimatov, Sh.Xolmurodovlar tomonidan “Tuproqlar geografiyasi” (2017), A.Nizomov, I.Islomovlar tomonidan “Markaziy Osiyo geografiyasi” (2017) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilindi.

Keyingi yillarda tabiiy geografiya, landshaftlar geofizikasi va geokimyosi, geoekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kafedra o‘qituvchilaridan: Z.Amanbaeva (2004, ilmiy rahbar, g.f.d.,prof. A.Rafiqov), I.Abdullaev (2005, ilmiy rahbar, g.f.d.,prof. X.Vahobov), N.Alimqulov (2008, ilmiy rahbar, g.f.d.,prof. X.Vahobov), iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha X.Amanov (katta-ilmiy tadqiqotchi, 2008, ilmiy rahbar, g.f.d., prof. A.Qayumov), N.Safarova (2010, ilmiy rahbar, g.f.d., prof. A.Soliev) nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdilar.

Hozirgi kunda “Geografiya va uni o‘qitish metodikasi ilmiy maktabi”da professor P.Baratov rahbarligida fan nomzodlari, dotsentlar: A.Xojimatov, N.Alimqulov, A.Nizomov, I.Abdullaev, U.Safarov, Z.Amanboeva, N.Safarova, katta o‘qituvchilar: F.Saydamatov, N.Sultonova, I.Islomov, o‘qituvchilar: A.Nugmanova, N.Qarakulov, M.Qalandarova, Sh.Xolmurodov, A.Rasulovlar ilmiy faoliyat olib bormoqda.

Ilmiy maktab davomchilari tomonidan hozirda “Geografiyaning nazariy va amaliy muammolari”, “Geografiya nazariyasi va metodikasi”, “Tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi” yo’nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra tadqiqotchilari N.R.Alimqulov tomonidan “O‘zbekistonda landshaft-ekologik sharoitni baholashning geografik asoslari”, U.H.Safarov tomonidan “Geografiya darslarida ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik asoslari” mavzusida, F.R.Saydamatov tomonidan “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanini o‘qitish texnologiyasi” mavzusida, N.B.Sultonova “Geografiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodlari” (O‘zbekiston tabiiy geografiyasi misolida)” mavzusida, I.Islomov “Shahar atrofi qishloq xo‘jaligini rivojlanishning hozirgi holati va istiqbollari” mavzusida, M.Qalandarova “Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga individual yondashish asosida intelektual o‘qitish texnologiyasi” mavzusida, Sh.A.Xolmurodov tomonidan "Turkiston-Nurota tog‘ landshaftlarining rekreatsiya imkoniyatlarini baholash", A.Rasulov tomonidan "Quyi Zarafshon tabiiy geografik o‘lkasining geoekologik sharoiti" mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

10 yanvar 2018 yil, 3,272
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering