XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Tasviriy san’at va uni о'qitish metodikasi kafedrasi



Tasviriy san`at va uni o’qitish metodikasi

Xalilov
Ruslan
Shavkatovich

Kafedra mudiri
1959 йилда Шахрисабзда тугилган.1980 йилда Тошкент давлат педагогика институтининг " Бадиий-графика" факультетини тугатган.Тен Н.Д., Бадриддинов Х., Ражков А., каби рассом педагоглар кулида тахсил олган.1980 йилдан Тасвирий санъат кафедрасида ишлаб келади.Каламтасвир, рангтасвир, композиция фанларидан дарс бериб келади. "Акварель". "Каламтасвир", "Натюрморт" каби укув кулланмалар муаллифи.1986 йилдан Халкаро ва республика кургазмаларида мунтазам катнашиб келади. 1993 йилдан Узбекистон Бадиий академияси ижодкорлар уюшмаси аъзоси.

Tulanova
Dinoza
Jo'raxonovna

Dotsent
Magistr
TULANOVA DILNOZA JO’RAXANOVNA 25 mart 1977 yil Toshkentda ziyoliylar oilasida tug’ilgan. Millati o’zbek, oliy ma’lumotli.
1994 yil Toshkent shaxrining Sirg’ali tumanidagi 8-o’rta ta’lim maktabini tugatgan. 2000 yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Badiiy grafika” fakulьtetining bakalavr yo’nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2002 yil 24 iyunda “Mustaqillik davrida O’zbekiston tasviriy san’atini rivojlanishi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 2002-2014 yilgacha Nizomiy nomidagi TDPU “San’at” fakulteti “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida, 31.08.2016 yildan shu universitetning “Kasb ta’lim”fakulteti “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi” kafedrasida katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Tasdiqlangan mavzu yuzasidan 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar,10 ta xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalari chop ettirgan.Tulanova Dilnoza Juraxаnovnaning ustozlari: Abiturientlik davrida -Xalilov Ruslan Shavkatovich, Talabalik davrida - Salpinkidi Yanis Paniyotovich, magistraturada taxsil olayotgan davrida- Salpinkidi Yanis Paniyotovich, Baymetov Botir Baltabaevich, Doktorlik dissertatsiyasini bajarish bo’yicha ilmiy maslaxatchisi –Axmedova Nigora Raximovna. Oilaliy. Uch farzandi bor.

Mahkamova
Saodat
Baxtiyarovna

Katta o`qituvchi
Magistr
Maxkamova Saodat Baxtiyarovna 5 iyun 1981 yil Toshkentda ziyoliylar oilasida tug’ilgan. Millati o’zbek, oliy ma’lumotli.
2003 yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Badiiy grafika” fakul’tetining bakalavr yo’nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan.
2005 yil 24 iyunda “Manzara janri san’atining rivojlanishi va uning ilmiy metodik asoslari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini ximoya qildi.
2005 yildan shu kunga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya hamda tasviriy san’at va nusa ko‘chirish fanlaridan mashg‘ulotlar olib boradi. 4 ta uslubiy qo‘llanma, chet el, respublika jurnallari va konferensiyalarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.
2015 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi” kafedrasida “Maxsus san’at maktablarida tasviriy san’at darslarini o’qitish nazariyasi va metodikasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ish olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan 10 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta metodik qo'llanma va turli chet el va respublika ilmiy amaliy konferensiyalarida ma'ruzalari bilan qatnashib kelmoqda
Kafedrada ma'naviy ahloqiy ishlar bo'yicha ma'sul, "Istedod" nomli tasviriy san'at to'garagi rahbari. Shuningdek turli ko'rgazmalarda o'zining va shogirdlari ijodiy ishlari bilan qatnashib kelmoqda.Bitta farzandi bor.


Jabborov
R.R.

O`qituvchi
Magistr

Muratov
Husan
Xolmuratovich

O`qituvchi
Magistr
1987 yil 04 avgustda Surxondaryo viloyati Angor tumanida tug'ilgan. mutaxassisligi "Tasviriy san'at". Qalamtasvir, rangtasvir, tasviriy san'at kompozitsiyasi, plastik anatomiya praktikumi fanlaridan dars beradi. Ko'plab ijodiy asarlar yaratgan va respublika miqyosdagi ko'rgazmalarda ishtrok etgan. Shu bilan birga o'nga yaqin ilmiy maqolalar chop ettirgan. ijodiy ishlar va sayohat qilishga qiziqadi. ingliz tilini biladi.

Tolipov
Nig`matjon
Nozimovich

O`qituvchi
Magistr

Abdirasilov
Sunatulla
Fayzullayevich

Dotsent
Fan nomzodi
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
1961 yil 17 iyul kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Badiiy-grafika fakultetini 1982 yili tugatgan. Mutaxassisligi bo‘yicha «Rasm va chizmachilik» o‘qituvchisi. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi, tasviriy san’at texnologiyasi va nusha ko‘chirish, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanlaridan dars beradi. 2007, 2013, 2014 yillarda «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi» Respublika tanlovining g‘olibi va 1-3 darajali diplomlar bilan taqdirlangan. «Xalq ta’limi» a’lochisi(2015), Qiziqishlari: tasviriy san’at, musiqa, sayohat, bog‘dorchilik… Darsliklari: “Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi” (o‘zbek va qozoq tillarda), maktab uchun “Tasviriy san’at”. 5-sinf darsligi (7 tilda). O‘quv qo‘llanmalar – «Chizmatasvir», «Rangtasvir», «Tasviriy san’at», «Tasviriy san’at metodikasi», «Rasm o‘qitish metodikasi», «Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi», «Dastgohli rangtasvir», «Tasviriy san’at to‘garagi» - oliy ta’lim talabalari va KHK o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Uning rahbarligida 2012 yili «Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida Otaxo‘jaeva Gulchexra Abdumanap qizi, 1 – o‘rinni egalladi. Rus va qozoq tillarda bemalol gaplashadi, nemis tilini o‘rgangan, hozirda ingliz tilini o‘rganmoqda.

Nurtoev
Orinboy

Dotsent
Fan nomzodi
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Bulatov
S.S

Professor
Fan doktori

Abdusalomxujaev
N

Katta o`qituvchi
1961 йил 18 октабрда Тошкент шаҳар Шойҳонтоҳур туманида туғилган. Шу туманда Алишер Новоий номли 40-ўрта мактабда ўқиди. Ж Муҳамедов раҳбарлик қилган тасвирий санъат тўгарагига қатнашади. 8-синфни тугатиб П П Беньков номидаги Республика рассомчилик билим юртига расм-чизмачилик ўқитувчиси йўналишига ўқишга кирди. Билим юртида В И Правдюк қўлида ўқиб битирди.
1981 йили А.Островский номидаги Тошкент Давлат Театр ва рассомчилик институтига Дастгоҳлик рангтасвир гуруҳида ўқишга кирди. Д.Имамов ва М.Нуриддиновларда ўқийди, 3-курсдан СССР Бадий Академияси муҳбир-азоси, СССР халқ рассоми Раҳим Ахмедов устахонасида ўқишни давом эттирди ва тугатди. 1987-1989 йилларда Қуролли Кучлар сафида ҳизмат қилди. 1989-йилда Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика Инсититути, Бадиий графика факултети Рангтасвир кафедрасида ўқитувчи бўлиб ишлай бошлади. 1991 йили СССР БА қошидаги Р.Ахмедов раҳбарлигидаги ижодий устахонада ишлайди. Кўргазмаларга қатнашиб келади, 1994-йили бир гуруҳ Ўзбекистонлик рассомлар билан Голландияда бўлган кўргазмада қатнашди. 1999-йили Низомий номидаги ТДПУ кўргазмалар залида шахсий кўргазмасини ўтказди. Унинг ижодий асарлари чет эллардаги бир қатор шахсий коллекциялардан ўрин олган.

Nazirbekova
Shaxnoza
Botirovna

Katta o`qituvchi
Назирбекова Шахноза Ботировна 16апрель 1980йил Тошкентда зиёлилар оиласида туғилган. Миллати ўзбек, олий маълумотли.
1997 йил Тошкент шахрининг Чилонзор туманидаги 114-ўрта таълим мактабини тугатган.
2001 йил Низомий номидаги Тошкент Давлат педагогика университети “Бадиий графика” факультетининг бакалавр йўналишини тугатган.
2003 йил 24 июнда Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика Университети магистратурани тугатган.
Назирбекова Шахноза 2003 йилдан шу кунга қадар Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика Университетининг “Тасвирий санъат ва уни ўқитиш методикаси” кафедраси ўқитувчиси лавозимида фаолият кўрсатиб келмоқда.
2005 йил Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика Университетининг “Тасвирий санъат ва уни ўқитиш методикаси” кафедрасида “Олий педагогик таълим тизимида тасвирий санъат ўқитувчиларини рангтасвир, қаламтасвир ва композиция фанлардан кўникма ва малакаларини шакллантиришнинг илмий методик асослари” мавзусидаги илмий тадқиқот иш олиб бормоқда.
Оилали. Тўрт нафар фарзанди бор.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering