library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

22 oktyabr 2015 yil, 6,802
.

Ilmiy maktab: ayrim psixologik jihatlar

16 oktyabr kuni universitet ilmiy ishlari bo‘yicha prorektor f.-m. f. d., prof. J.O.Taxirov raisligida katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning navbatdagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda 20 dan ortiq katta ilmiy xodim-izlanuvchilar ishtirok etdi. Unda 2-bosqich katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent P.S.Ergashev “Ilmiy maktab: ayrim psixologik jihatlar” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada ilmiy maktab tushunchasini izohlash, ilmiy maktabning shakllanishida yetakchi olim shaxsining o‘rni, ilmiy maktabga mansublik yosh tadqiqotchilarning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, ilmiy maktablarning asosiy belgilari, O‘zbekistonda psixologiya ilmiy maktabining shakllanishi tarixi va bunda maktab asoschisi professor M.G.Davletshin ijodining ahamiyati xususida ma’lumot berildi. Ma’ruza materiali yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda faol bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi (ma’ruza taqdimoti quyida ilova qilinadi).

Elektron varianti

22 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:6802



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar