|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Pedagogik qayta tayyorlash

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSINING TASHKIL ETILISHI:
Pedagogik qayta tayyorlash kursi 2009 yilda Nizomiy nomidagi TDPU Umumiy pedagogika kafedrasi qoshida tashkil etilgan. Shu yillar davomida kursga professor M. Toxtaxodjayeva rahbarlik qilgan, 2012 yildan Pedagogik qayta tayyorlash (576 soat) kursi Pedagogik texnologiyalar kafedrasiga berilgan. Kurs rahbari Sh.Shodmonova etib tayinlangan. 2013 yilda universitetning O`MKHT muassasalari o`qituvchilarining MO va QT bo`limi alohida fakultet bo`lganligi sababli Pedagogik qayta tayyorlash kursi mazkur fakultet tarkibiga kiritilgan. 2013 yildan to hozirga qadar PQT kursi faoliyat yuritib kelmoqda. Kurs rahbari SH.SHodmonova o`z faoliyatlarini davom etib kelmoqdalar.

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSINING TARKIBI:

rahbar - professor Sh.Shodmonova;

kotiba-ish yurituvchisi F.Maxmudova;

laborant D.Vahobova

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSI PROFESSOR-O`QITUVCHILARI VA SALOHIYATI:

Fakultetda pedagogik faoliyat olib borayotgan akademik va professorlardan S.G`ulomov, M.Toxtaxodjayeva, J.Yo`ldoshev, O`.Gadoyev , S.Matchonov, N.Muslimov, R.Isyanov, O`.Tolipov, K.Tulenova, M.Kahharova, E.Holiqov, F.Xalilovlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta`lim berib kelishmoqda. Bundan tashqari dotsentlar va o`qituvchilardan O.Qoysinov, M.Sobirova, A.Parmonov, R.Mullaxmetov, O.Avazboyev, G.Anarkulova, G.Berdiyev, D.Ziyodullayev, B.Ibragixodjayev, A.Karimjonov, G.Qurbonova, U.Temirova, M.Xoshimova, X.Rozimetova, D.Mamatov, N.Mirsagatova, Sh.Karimova, A.Torayev, M.Imomov, I.Morxova, Sh.Boyjigitov, M.Payozov, M.Raxmonova, Q.Moydinov, G.Karimova, M.Raxmonovalar tinglovchilarga dars berishning yangi usul va shakllaridan foydalanilgan holda faoliyat ko`rsatmoqda.

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSI VAZIFASI VA TALABLAR:

Ozbekiston Respublikasining Ta`lim togrisidagi Qonuni xamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish togrisidagi 25-sonli qaroriga asosan ta`lim tizimida faoliyat olib borayotgan nopedagog kadrlarni pedagogik qayta tayyorlash vazifasi yuklatilgan.

Qoyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, Oliy va orta maxsus ta`lim vazirligining 2006 yil 14 apreldagi 76-sonli buyrugi ijrosini ta`minlash universitet rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

Pedagogik qayta tayyorlash yonalishi boyicha 576 soatlik oquv reja va oz ichiga olgan 35 ta fan dasturlari har yili qayta ishlab chiqiladi hamda Orta maxsus kasb-hunar ta`limi markazi direktorining birinchi orinbosari X.F.Zikrillayev hamda universitetning Ilmiy kengashida tasdiqlanadi.

Nopedagogik mutaxassislarni Pedagogik qayta tayyorlash kursida qayta tayyorlash uchun shartnoma asosida oqishga qabul qilish uchun ikki tomonlama shartnoma tuziladi, unda Nizomiy nomidagi TDPU Ustavi va Pedagogik qayta tayyorlash kursi Nizomiga asoslanib tomonlarning Buyurtmachi hamda Tinglovchi larning ortasidagi majburiyatlari belgilangan. Shartnoma tolovi 1725000 som miqdorida universitet tomonidan belgilab berilgan.

Respublika miqyosida Pedagogik qayta tayyorlash kursi bilan har o`quv yilida Orta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmalari ortasida shartnomalar tuzib, rejalar ishlab chiqiladi. Tinglovchilar soni, oqish muddatlari hamda xarajatlar hisobi tomonlar tarafidan kelishiladi va tasdiqlanadi. Shartnomaga asosan viloyatlar Orta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmalari yil davomida nopedagoglarning tinglovchi sifatida qatnashishini ta`minlaydi.

Hozirgacha viloyatlar Orta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmalari bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqilgan rejalar 100% bajarilib kelinmoqda.

Pedagogik qayta tayyorlash kursi uchun tasdiqlangan namunaviy oquv va ishchi rejasi 576 soatga moljallangan bolib, uning 288 soati ma`ruza, 258 soati amaliy mashgulot, 30 soat kochma mashg`ulotlar uchun ajratilgan bolib, unda professor-oqituvchilarimiz tomonidan 35 ta modul boyicha oquv uslubiy majmualar yaratildi, oquv va uslubiy qollanma va darsliklar tayyorlandi.

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSI OQUV JARAYONI:

Oquv mashgulotlari - akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan dars jadvali asosida olib boriladi. Darslar yangi Pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsion texnologiryalar asosida suhbat, savol-javob, bahs-munozara, muammoli dars shakllaridan hamda korgazmali va tarqatma materiallardan foydalanilgan holda olib borilmoqda.

Pedagogik qayta tayyorlash kursida dars jarayonida yangi oquv texnika vositalaridan foydalanish yaxshi yolga qoyilgan. Kursda tinglovchilar uchun kompyuterlashgan xona mavjud bolib, 24 ta kompyuter bilan ta`minlangan. Oquv mashgulotlari zamon talabiga javob beruvchi axborot oqitish vositalari (kompyuter, videoproektor, elektron doska) bilan jihozlangan. Bularning barchasi Pedagogik qayta tayyorlash kursida oqitiladigan ma`ruza va amaliy mashgulotlarda berilayotgan ma`lumotlarni tinglovchilar tomonidan yaxshi ozlashtirilishida hamda oquv mashgulotlarni samaradorligini oshirishda qol kelmoqda.

Oquv jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bu tinglovchilarga berayotgan bilim, ko`nikma va malakaning mazmuni va sifati masalasidir. Tinglovchilar bilan olib borilayotgan darslarda dars berishning yangi usul va shakllaridan foydalaniladi. Ayniqsa, noa`nanaviy darslarning koproq otkazilishi yaxshi natijalar berdi. Oquv jarayonida didaktik materiallarni oz ichiga olgan tarqatma materiallardan, texnik vositalardan va multimediyalardan foydalanish yaxshi yolga qoyilgan. Shu bilan birga dars jarayonida tajribali oqituvchilarning usullari, ularning shu sohadagi yutuqlari, izlanishlari ham organiladi va tinglovchilar orasida ommalashtiriladi.

Pedagogik qayta tayyorlash sifatini baholash maqsadida tinglovchilar dastlab suhbatdan otkaziladilar, kurs yakunida esa fanlar boyicha yakuniy hamda davlat imtixonlarini topshiradilar. Yakuniy nazorat biletlar yordamida otkazilib, maxsus qaydnomada rasmiylashtiriladi. Shuningdek, ular kursda 4 oylik oqishning oxirida tanlagan mavzusi boyicha kursni tugatish ishini himoya qiladilar. Kursni tugatish ishlari yakka tartibda amalga oshiriladi va himoya qilinadi. Kursni tugatish ishlari mavzular banki va unga qoyiladigan talablar universitet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan. Rejalashtirilgan loyiha ishlarida ijodiylikni ta`minlash maqsadida konsultatsiya kunlari belgilangan.

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSI BILAN TA`LIM MUASSASALARI ORTASIDA HAMKORLIK:

Pedagogik qayta tayyorlash kursi bilan ta`lim muassasalari ortasida hamkorlik shartnomalari tuzilib, oqish davomida oquv rejasida belgilangan 30 soatlik kochma mashgulotlar davrida kollejning oquv-me`yoriy xujjatlar, oquv-moddiy bazasi bilan tanishadilar, darslarni kuzatish jarayonida ilgor pedagogik tajribalar va yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish konikma va malakalarini oshiradilar.

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSIDA MA`NAVIY-MA`RIFIY TADBIRLAR:

Pedagogik qayta tayyorlash kursida ma`naviy-ma`rifiy ishlar alohida reja asosida olib boriladi. Reja Pedagogik qayta tayyorlash kursi boyicha tuziladi. Oqish davomida reja asosida turli tadbilar, tajribali soha muaxassislari bilan uchrashuvlar hamda har xil mavzudagi badiiy-musiqiy kechalar otkaziladi. Unda tinglovchilarning ozlari tayyorlagan stsenariy asosida ishtirok etadilar.

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSIDA ILMIY-AMALIY ISHLAR:

Pedagogik qayta tayyorlash kursi tomonidan Vazirlik va universitet miqyosida 4 marta ilmiy va amaliy konferentsiyalar o`tkazib kelingan. Kurs professor-o`qituvchilari 2014 yilda respublika miqyosida o`tkazilgan Innovatsion loyihalar yarmarkasida ishtirok etib g`olib topildi. Shuningdek, Pedagogik qayta tayyorlash kursida respublikadagi yetuk olimlar, shoirlar va fan arboblari bilan tez-tez uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar o`tkazib kelinmoqda.

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSI TINGLOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR:

Pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun universitet hovlisidagi 3 yotoqxonadan 30 ta orin ajratilgan bolib, yotoqxonada tinglovchilar uchun barcha sharoitlar mavjud. Jumladan, oshxona va barcha xonalar har yil qayta ta`mirlanadi.

Shuningdek, o`quv xonalari va o`quv zallarida dars mashg`ulotlarini samarali tashkil uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kompyuter, proektr va elektron doskalardan bemalol foydalanish mumkin.

ROSSIYALIK PROFESSOR SEIMBIKA BICHURINANING PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSIDA OLIB BORGAN ILMIY-AMALIY SEMINAR - TRENINGLARI UCHUN MINNATDORCHILIK ONLARI

USTOZLARNING SAMARALI PEDAGOGIK FAOLIYATLARI UCHUN TASHAKKURLIK JARAYONLARI

USTOZLARGA BAG`ISHLANGAN TADBIRDA TINGLOVCHILARNING DIL SO`ZLARI

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSIDA MA`NAVIY-MA`RIFIY TADBIRLARDA MILLIY QADRIYATLARNING AYRIM KO`RINISHIDAN LAVHALAR

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSIDA ILMIY-AMALIY ISHLAR MUHOKAMASI

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSI TINGLOVCHILARINING KURSNI TUGATISH ISHINI HIMOYA QILISHGA TAYYORGARLIK JARAYONLARINI MUHOKAMASI

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSI HAR BIR TADBIRI FAXRIY PEDAGOGLARSIZ O`TMAYDI

DARS JARAYONIDA PROFESSOR-O`QITUVCHILARIMIZ TINGLOVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATLARINI OSHIRISH, ULARNING DARS BERISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH, BILIM KONIKMA VA MALAKALARINI YANADA OSHIRISH MASALALARIGA ALOHIDA E`TIBOR QARATADILAR

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSI TINGLOVCHILARINING 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA BAG`ISHLANGAN TADBIRNING YAKUNIY QISMI

PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSIDA AMALIY MASHG`ULOTLARNING AHAMIYATI KATTA

22 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:2110

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Pedagogik qayta tayyorlash



  • Pedagogikadan savol

    O`z pedagogik layoqati va pedagogik faoliyatini o`rganish va tahlil qilish o`qituvchi faoliyatida qanday o`zgarishlarga olib keladi?

    Javob: Kasbiy faoliyatida ijobiy o`zgarishlar, kasbdoshlar tomonidan tan olinish, pedagogik mahoratni ortishi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar









Bizning loyihalar