|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Universitetning 80 yilligiga

MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHA

Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlar va yangilanishlar sirasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar alohida ahamiyatga ega. Prezident Islom Karimov rahbarligida olib borilgan izchil islohotlar mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini zamon talablari va jahon andozalariga mos holda shaklan va mazmunan modernizatsiyalash imkonini berdi. O‘zbekistonning yangi va o‘ziga xos ta’lim tizimida esa yosh avlod shaxsining intellektual va professional rivojlanishi bilan bir qatorda ma’naviy-axloqiy kamolotiga ham doimiy ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Mazkur yondashuv davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida, “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”, degan yosh avlod tarbiyasiga oidqarashlarida o‘zining yaxlit ifodasini topdi.

Universitetda o‘tgan yillar davomida oliy ta’lim oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tizimli asosda tashkil etish orqali talaba-yoshlarning g‘oyaviy va ma’naviy kamolotini shakllantirish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, hayotda mustahkam o‘rnini topishiga har tomonlama ko‘maklashish, ongi va qalbini turli yot g‘oya va “axborot tahdidlari”dan ishonchli himoya qilish kabi dolzarb maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun muntazam ish olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da mamlakatimiz talaba-yoshlariga zamonaviy bilim va ixtisoslik malakalarini berishni davr talabalari darajasiga ko‘tarish, ularda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod inson shaxsini shakllantirish masalasi hozirgi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligi qayd etib o‘tilgan. Prezident I.A.Karimovning nutq va maruzalarida, asarlarida ham bu muhim masala o‘zining atroflicha keng va chuqur ifodasini topgan. Jumladan, talaba-yoshlarning siyosiy ongini,hushyorligini yanada oshirish, ularda jamiyatdabo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea-hodisalarga, islohotlarga faol munosabatni shakllantirish, hozirjavoblik va mas’ullik hissini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga tahdid solayotgan turli xil ekstremistik oqimlar ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya davlat siyosatining asosiy, ustivor yo‘nalishi deb belgilangan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatning ustivor yo‘nalishlarini qo‘llab - quvvatlashga qaratilgan.

Bu muhim vazifalarniuniversitetningma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori rahbarligida fakultet dekanatlari, “Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash” bo‘limi, Nuroniylar kengashi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, talabalar kasaba uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti, Ibn-Sino salomatlik markazi kabi jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (instituti)ning 80 yillik tarixi davomida talaba-yoshlarni ma’naviy jihatdan yetuk shaxslar etib tarbiyalash, ularda uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan buyuk millatning bugungi yoshlari ekanligidan g‘ururlanish, ko‘p millatli o‘zbek xalqining tili, dini, madaniyati, urf-odatlariga hurmat bilan qarash hamda ona Vatanga sodiq farzand sifatida yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish ishiga kamarbasta bo‘lish hissini shakllantirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan.

Ayni paytda universitet jamoasi orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini namunali o‘tkazish, turli to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talaba-yoshlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, muntazam turli tanlovlar o‘tkazish an’anaga aylangan.

Ma’naviy-ma’rifiy sohada keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlarni quyidagi ma’lumotlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Universitetning 2010-2011 o‘quv yilida olib borilgan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid faoliyati oldingi yillarda to‘plangan boy tajriba, shuningdek, davlat va hukumat rahbariyatining hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlari, ko‘rsatma va topshiriqlari asosida tashkil etildi va takomillashtirildi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari va chora-tadbirlari ta’lim muassasasining sohasi bo‘yicha ishlab chiqilgan yillik ish rejasida aks etgan quyidagi 10 ta asosiy yo‘nalishlarga umumlashtirildi:

1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirish

2.Shaxsning ma’naviy kamolotini yuksaltirish

3. Diniy bilim va madaniyat (diniy tolerantlik)ni shakllantirish

4. Siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirish

5. Ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish

6. Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni kamol toptirish

7. Mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlikni shakllantirish

8. Milliy bayramlar, tarixiy sanalar va buyuk ajdodlar tavallud kunlarini nishonlash

9. Professor-o‘qituvchilar dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy saviyasini yuksaltirish

10. Aholining turli tabaqalari o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borish.

Bu esa o‘z navbatida universitetda ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining muntazam monitoringini olib borish, natijalar mezonlarini belgilash, avvalgilari bilan qiyoslash va istiqboldagi muhim vazifalarni aniqlash imkonini berdi.

O‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda asosiy e’tibor talaba-yoshlarning g‘oyaviy, ma’naviy, siyosiy va huquqiy saviyasini yuksaltirish, erkin dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini o‘stirish, faol fuqarolik o‘rnini mustahkamlash, jamiyat, xususan, universitet hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, ongi va qalbini turli g‘oyaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, qobiliyat va iqtidorini yuzaga chiqarish, ma’naviy-moddiy rag‘batlantirish kabi dolzarb masalalarga qaratildi.

2010-2011 o‘quv yilida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlar universitet ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyatida ham o‘z aksini topdi. 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Ming yillik rivojlanish masalasiga bag‘ishlangan sammiti yalpi majlisidagi nutqi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik Palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish - taraqqiyotimizning muhim omilidir” mavzusidagi, shuningdek, 2011 yil 21 yanvardagi 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimizVatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi konseptual ma’ruza va nutqlari professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan chuqur o‘rganildi va ularda belgilangan maqsad va vazifalarni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha maxsus kurslar, seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilib, metodik tavsiyalar va qo‘llanmalar yaratildi.

Xususan, universitet anjumanlar zalidaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasibilan hamkorlikda “BMT ning Mingyillik rivojlanishi maqsadlari va O‘zbekistonda barkamol avlod tarbiyasi” mavzusida davra suhbatio‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining 2010 yil 7 dekabrdagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir” va shu yil 17 dekabrdagi xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi ma’ruza va nutqlaridan kelib chiqadigan xulosalar va bu borada universitet ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining vazifalari haqidao‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.

O‘quv yilining ikkinchi yarmida barcha akademik guruhlarda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi 12 soatlik maxsus kurs universitet ijtimoiy-gumanitar fan kafedralarining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitildi. Universitet pedagoglaridan iborattarg‘ibot guruhlari tomonidan davlatimiz rahbarining ma’ruza va nutqlarini o‘rganish bo‘yicha respublika hududlarida, xususan Farg‘ona va Sirdaryoviloyatlarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi amaliy seminar tashkil etildi.

2011 yilning Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb nomlanishi va shu nomdagi davlat dasturining qabul qilinishi munosabati bilan universitet chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ijrosi ta’minlandi.

O‘quv yilining birinchi haftasida barcha fakultetlarda 1-kurs talabalari ishtirokida tanishtiruv tadbirlari tashkil etildi.

O‘quv yili davomida talaba-yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladigan tadbirlar qatorida yurtimiz bayramlari, tarixiy sanalari va buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar alohida o‘rin egallaydi. Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 20 yilligi “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson”, 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni “Ulug‘ zotga cheksiz ehtirom”, 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami – “Asosiy Qonun – baxtu iqbolimiz va kelajagimiz poydevori”, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni – umumxalq bayrami “Vatan himoyasi – muqaddas burch”, 8 mart – Xotin-qizlar kuni umumxalq bayrami “Ayol borki, olam munavvar”, Navro‘z umumxalq bayrami “Navro‘z – bahor, ezgulik va tinchlik bayrami”,9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami esa “Inson – aziz, xotira – muqaddas” shiori ostida nishonlandi. Har bir bayram uchun alohida tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kechalar, ko‘rik-tanlovlar va bellashuvlar, sport musobaqalari tashkil etildi.

Universitetda “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan “Ustozlar - yurtning eng aziz, eng ulug‘ va mo‘tabar kishilaridir“ mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilariga bayram dasturxoni yozildi hamda universitetda faoliyat ko‘rsatib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylarga universitet kasaba uyushmasi tomonidan sovg‘alar topshirildi.

Qurbon hayiti munosabati bilan barcha talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Bayram munosabatibilan talabalarga osh tarqatildi.

“Navro‘z” umumxalq bayrami tadbirlari har bir fakultetda alohida tayyorgarlik va ssenariy asosida o‘tkazilib, milliy taom sumalak sayllari uyushtirildi.

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan universitetning ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, shuningdek, nafaqadagi keksa ustoz va murabbiylar uchun bayram tadbiri va dasturxoni tashkil etildi.

Universitetda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Toshkent shahri va tuman bo‘limlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalar bilan hamkorlikda Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud sanalariga bag‘ishlab konferensiyalar va ilmiy seminarlar, adabiy-badiiy kechalar o‘tkazildi.

Jumladan, universitet anjumanlar zalida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligiga bag‘ishlangan “Ta’lim bosqichlarida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

O‘quv yili davomida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davomida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, OIV/OITS va giyohvandlik profilaktikasi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, diniy estremizm va missionerlik ta’siridan himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurash masalalari doimiy ustuvorlik kasb etdi.

Mazkur tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Respublika OITS markazi, Narkologiya dispanseri va ularning hududiy bo‘limlari bilan faol hamkorlik qilinib, tadbirlarga ularning malakali mutaxassislari keng jalb etildi.

Universitetning 5-anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi, Shahar narkotik dispanseri, Respublika OITS Markazi hamdaMilliy xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirokida “Biz giyohvandlikka va giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanishi hamda OITS (SPID) kasalligiga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

RespublikaMa’naviyat va ma’rifat kengashining 2010 yil 16 avgustdagi 07-17-37-sonli majlisi bayoni qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari“Dunyoning mafkuraviy manzarasi - 2010” nomli elektron o‘quv kursi Milliy g‘oya va mafkura markazi yetakchi mutaxassislari tomonidan ilmiy-amaliy dastur bo‘yicha o‘qitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda bizga yot bo‘lgan diniy ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilish” mavzusida uchrashuvi o‘tkazildi.

26 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:4156

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Universitetning 80 yilligiga



  • Pedagogikadan savol

    Tarbiya turlari.

    Javob: Aqliy tarbiya, jismoniy, ahloqiy, mehnat, nafosat, ekologik, etik, iqtisodiy, huquqiy

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar