library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

26 oktyabr 2015 yil, 1,801
.

Professor BAHROMJON G‘OFUROVICH QODIROV 75 yoshda

Bahrom G‘ofurovich Qodirov yuzlab shogirdlarning sevimli ustozi, barcha qavmu - qarindoshlarning tayanchi va ustuni, sadoqatli dо‘stlarning maslakdoshi, har qanday inson bilan samimiy tabassum, mehr va sinchkovlik bilan muloqotga kirisholadigan chin ma’nodagi suhbatdosh, dilkash murabbiy.

Bahrom G‘ofurovich Qodirov - 1940 yil 12 oktabrida Qо‘qon shahrida, xizmatchilar oilasida tug‘ilgan.

Otasi - G‘ofurjon Qodirov, oliy ma’lumotli, Qо‘qon shahridagi 6- son о‘rta maktabda о‘quv bо‘limining mudiri, ona tili va adabiyoti о‘qituvchisi bо‘lib ishlagan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Onasi - Rahimaxon Inoyatova ham Qо‘qon shaxrida 5-son о‘rta maktabda о‘qituvchi bо‘lib ishlagan.

Bahrom Qodirov 1947-1957 yillarida Qо‘qondagi Amin Umariy nomidagi 3 - son о‘rta maktabda о‘qigan. 1957 yili Toshkent tо‘qimachilik institutiga о‘qishga kirib, 1962 yilda uni “Paxtani dastlabki ishlash” texnologiyasi bо‘yicha tugatib, “muxandis-texnolog” mutaxassisligini oldi.

1962-1963 yillarda yо‘llanma bilan Termiz paxta tozalash zavodida smena boshlig‘i bо‘lib ishlagan. 1963 yilda Qarshi paxta tozalash zavodiga Bosh muhandis lavozimiga tayinlangan. Yosh qobiliyatli, tashabbuskor Bahrom Qodirov tezda rahbarlar nazariga tushdi. 1965 yilda Qashqadaryo viloyat komsomol-yoshlar qо‘mitasi kotibilavozimigasaylandi. 1967 yilda ilmiy ish qilish maqsadida aspiranturaga kiradi. 1970 yildan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoati institutining “Paxtani dastlabki ishlash” kafedrasida assistent, katta о‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. 1972 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 1975 yilda esa, dotsent ilmiy unvoniga sazovor bо‘ldi.

1975 yilda Bahrom G‘ofurovich Qodirovni institut partiya tashkiloti kotibi lavozimiga saylashdi.

1980 yil aprel oyida, О‘zbekiston Kompartiyasi va hukumatining tavsiyasiga kо‘ra, sobiq Ittifoq Oliy ta’lim vazirligi buyrug‘i bilan Bahrom G‘ofurovich Qodirov Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Ustoz, 1987 yil aprel oyidan О‘zbekiston Respublikasi partiya va xukumati yо‘llanmasiga binoan, Moskvada Ittifoq oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligida, oliy ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi о‘rinbosari lavozimida ishlay boshladi.

1989 yil boshida, О‘zbekistonga qaytib, Respublika Xalq ta’limi vazirligi oliy ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1992-1994 yillarda esa vazir о‘rinbosari lavozimida ishladi.

Bahrom G‘ofurovich Qodirov 1994 yili mart oyida, Rossiyaning Kostroma texnologiya instituti Ilmiy Kengashida texnika fanlari doktori dissertatsiyasini yoqlagan, 1998 yili Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan professorlik unvoniga loyiq topildi.

1994 yilda Xalq ta’limi vazirining о‘rinbosari lavozimida ishlab turgan Bahrom G‘ ofurovich Qodirov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirda Universitet)ning rektori lavozimiga tayinlandi. Bu davr Respublikamizda ta’lim sohasini isloh qilish davriga tо‘g‘ri keldi.

Ustoz 1994-2005 yillar, rektorlik davrida, bir qator tashabbusli tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, Respublikada ilk bor “Innovatsion texnologiyalar markazi”ni, Universitetda “Magistratura ta’lim markazi”ni tashkil etdi.

“Pedagogik ta’lim” ilmiy-nazariy-metodik jurnalini tashkil qilib, unga muharrirlik qildi. Universitetda “Ma’rifat yо‘lida” va “Pedagog” nomli kо‘p nushali gazetalar chop etilishi yangidan tiklandi.

Bahrom G‘ ofurovich, Respublika oliy о‘quv yurtlararo ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi Kengash “Ta’lim” shо‘basiga raislik davrida birinchi bо‘lib “Bakalavriat tо‘g‘risidagi Nizom”, “Magistratura tо‘g‘risidagi Nizom”, “Uzoq muddatli pedagogik amaliyot tо‘g‘risidagi Nizom”, “Oliy pedagogik ta’lim davlat klassifikatori” 140000 - о‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” klassifikatorini yaratib, oliy pedagogik ta’limning 24 ta bakalavriat yо‘nalishi va 35 ta magistratura ixtisosligi davlat ta’lim andozalari va namunaviy о‘quv rejalarini yaratdi.

Respublikada birinchi bо‘lib, oliy о‘quv yurtlararo masofadan turib о‘qitish, ilmiy anjumanlar о‘tkazish usullarini yaratdi va amalda joriy etdi. Universitetda fan doktorlari safini yoshartirish maqsadida “Yosh fan doktorlari” seminarini tashkil qilib, ularga ilmiy - amaliy yordam berdi. Natijada, pedagogika, tarix, psixologiya, til - adabiyot, ximiya, biologiya, fizika fanlaridan 10 nafar fan doktorlari, jumladan, M. Xaydarov, A. Qirg‘izboyev, I. Yо‘ldoshev, 3. Nishanova, F. Yuzlikayev, J. Tolipova, N. Safayev, M. Mamatazimov, N. Muslimov, U. Begimqulov va 20 dan ortiq pedagogika fan nomzodlari tayyorlandi.

Shuningdek, ustozning bevosita ilmiy rahbarligida TTESIda 9 nafar aspirantlar M. Aripjanov, B. Yakubov, A. Salimov, R. Nosirov, R. Maqsudov, R. Roziqov, K. Xasanov, A. Sarimsoqova, X. Pardayevlar texnika fanlari nomzodi bо‘lib yetishdilar.

Ustoz ilmiy faoliyati davrida 160 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etdi, 27 ta imliy ixtiro guvohnomasini olib 5 ta darslik, 3 ta monografiya, 10 dan ortiq о‘quv qо‘llanmalar nashr etdirdi. Bular, “Texnika i texnologiya pervichnoy obrabotki xlopka”, “Sushka xlopka - sfsa”, “Texnologiya xlopkovogo linta, sellyuloz! i bumagi”, “Sistema neprivnogo obrazovaniya v respublike Uzbekistan”, “Kadrlar tayyorlash tizimida pedagogika fanining о‘rni”, “Komil inson tarbiyasining pedagogik asoslari”, “Ma’naviy yuksalish sari” singari kо‘plab darslik va qо‘llanmalardir.

Umuman, ustoz Respublikada “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga joriy etishdagi fidokorona mehnatlari bilan kо‘pchil ikning hurmatiga sazovor bо‘ldi.

Bahrom G‘ofurovich Qodirov qaysi lavozimda mehnat qilishidan qat’iy nazar, о‘zining bilimdonligi, tо‘g‘ri sо‘zligi, tashkilotchiligi, insonlarga nisbatan mehribonligi va talabchanligi bilan ajralib turadi.

Bahrom G‘ofurovich kо‘p yillik halol va samarali ilmiy - pedagogik faoliyati uchun hukumatning qator orden - medallari, VDNX oltin medali, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qari Kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan, 20 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda hizmat safarlarida bо‘lgan.

Bahrom G‘ofurovich Qodirov yuzlab shogirdlarning sevimli ustozi, barcha qavmu - qarindoshlarning tayanchi va ustuni, sadoqatli dо‘stlarning maslakdoshi, har qanday inson bilan samimiy tabassum, mehr va sinchkovlik bilan muloqotga kirisholadigan chin ma’nodagi suhbatdosh, dilkash murabbiy.

Ustozning о‘g‘illari Voxidjon va Shuhratjonlar ham ota izidan borishdi, ular Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoati institutini tugallab о‘z kasblari yо‘nalishida ishlamoqdalar. Kelinlari Muazzamxon va Zuhraxonlar ham oliy ma’lumotli о‘qituvchilar. Ustozning 8 ta nevaralari oliy о‘quv yurtlari, litseylar va umumta’lim maktablarida ta’lim olmoqdalar.

Oila a’zolari, dо‘stlari va shogirdlari о‘zining 75 yillik muborak yoshini nishonlayotgan Bahromjon G‘ofurovich Qodirovga uzoq umr, sihat - salomatlik, baxt - saodat, oilasiga tinchlik - totuvlik va farovonlik tilaydilar.

26 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:1801



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar