Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Nemis tili va о‘qitish metodikasi kafedrasi



Kafedraning tashkil etilishi:

Kafedra 2000 yil 17 noyabrda universitet rektorining U-200 raqamli buyrug‘i asosida tashkil topgan.

Kafedra tarkibi va salohiyati:

Kafedraning shtat birligi 2015/2016 о‘quv yilida 6,5 ni tashkil etadi. Kafedraning ilmiy salohiyati 50%ni tashkil etadi. Kafedrada 1 ta professor, 2 ta dotsent, 1 ta fan nomzodi, 2 ta katta о‘qituvchi va 5 ta о‘qituvchi faoliyat kо‘rsatmoqda.

Kafedra о‘quv fanlari:

Kafedra professor-о‘qituvchilari bakalavriat ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha “Chet til”, “Nemis tilini о‘qitish metodikasi”, “Nemis va ona tili qiyosiy tipologiyasi”, “Nemis tili tarixi”, “Nemis tili va adabiyoti tarixi”, “Mamlakatshunoslik va madaniyatlararo muloqot”, “Nemis tili amaliy kursi”, “Nemis tili stilistikasi va matn sharhi”, “Nemis tili nazariy fonetikasi”, “Nemis tili leksikologiyasi”, “Nemis tili nazariy grammatikasi”, “Nemis tili amaliy kursi” (ingliz guruhida), “Nemis tili nazariy kursi” (ingliz guruhida), “Nemis tili о‘qitish metodikasi” (ingliz guruhida), “Filologik tadqiqot asoslari”, “German filologiyasiga kirish” fanlaridan, magistratura mutaxassisligi bо‘yicha “Chet til”, “Lingvomamlakatshunoslik”, “Lingvistik va metodik tadqiqot asoslari”, “Mutaxassislik fanlarini о‘qitish metodikasi”, “German filologiyasi asoslari” fanlaridan dars berib kelishmoqda.

Kafedraning yirik muvaffaqiyatlari:

Kafedra xalqaro aloqalarni yо‘lga qо‘ygan. Germaniyaning Albert Lyudvig nomli Frayburg universiteti qoshida 2002 yildan buyon Deutsch-Usbekische Wissenschaftliche Gesellschaft e. V. - Nemis-О‘zbek Ilmiy Jamiyati faoliyat olib bormoqda.

Ushbu jamiyat qoshida Germaniyada 2010 yili AVICENNA nomli ilmiy jurnal tashkil etilib, unda о‘zbek olimlarining maqolalari ingliz va nemis tillarida chop etila boshlandi.

Kafedra xalqaro aloqalarni ham yaxshi yо‘lga qо‘ygan. Jumladan, kafedra professor-о‘qituvchilari qator yillar davomida Germaniyaning turli oliygohlarida о‘z mutaxassisligi bо‘yicha malakasini oshirib qaytishgan. Ushbu oliygohlarga A.Lyudvig nomli Frayburg universiteti, Laypsig universiteti, Manfred Vyorner (Germaniya, Hamburg), DAAD (Germaniya, Hamburg) fondi stipendiyasi, Shiller nomidagi Yena universiteti, Birklexof gimnaziyalarini aytib о‘tish mumkin.

Kafedraning ilmiy tadqiqot yо‘nalishlari:

Kafedraning istiqbolli yо‘nalishidagi ilmiy ishlari “Germanistika va tarjimashunoslikning lingvistik va metodik masalalari” deb nomlanadi.

Kafedraning yetakchi olimlari haqida: ---

Kafedraning ilmiy tadqiqotchilari haqida:

Ayni paytda kafedrada 4 nafar tadqiqotchi ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedraning istiqbolli yо‘nalishidagi ilmiy ishlari “Germanistika va tarjimashunoslikning lingvistik va metodik masalalari” deb nomlanadi.

Kafedra loyihalarda qatnashib keladi, lekin ijobiy natijaga ega bо‘lgani yо‘q.

Kafedraning istiqboldagi maqsadlari :

1.Kafedraning ilmiy saloxiyatini kо‘tarish;

2. Loyihalarda ishtirok etib, unda g‘olib bо‘lish;

20 oktyabr 2017 yil, 12,026
.

“Berlin-Hauptstadt von Deutschland” mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi

Chet tillar fakulteti 401 Nemis tili va adabiyoti guruhi talabasi Sultonova Maftuna “Berlin-Hauptstadt von Deutschland” mavzusida ochiq dars o'tkazdi
21 oktyabr 2017 yil

“Deutsche Feste” mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi

Chet tillar fakulteti
401 Nemis tili va adabiyoti guruhi talabasi
Alnazarova Aselning O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseyda
ochiq dars o'tkazdi

21 oktyabr 2017 yil

3-sonli akademik litseyda Pedagogik amaliyot davrida ochiq dars o'tkazildi

Chet tillar fakulteti401 Nemis tili va adabiyoti guruhi talabasi Bekmurodova Dilshodan O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi 3-sonli akademi litseyda pedagogik amaliyot davrida ochiq dars o'tkazdi
21 oktyabr 2017 yil

Talabalar pedagogik amaliyot davrida ochiq dars o'tkazishdi

Chet tillar fakulteti
401 Nemis tili va adabiyoti guruhi talabasi
G‘anixo‘jayeva Surayyoning O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi 3-sonli akademi litseyda
Pedagogik amaliyotdan “Ochiq dars”
20 oktyabr 2017 yil

Pedagogik amaliyotdan “Ochiq dars”

Chet tillar fakulteti
401 Nemis tili va adabiyoti guruhi talabasi
Eshmo‘minova Oybarchinning O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi 3-sonli akademi litseyda
Pedagogik amaliyotdan “Ochiq dars”
20 oktyabr 2017 yil

Nemis tili va adabiyoti yo’nalishi talabalari Jahon tillar unversiteti qoshidagi 3- sonli akademik litseyda pedagogik amaliyot o'tamoqdalar

Chet tillar fakulteti Nemis tili va adabiyoti yo’nalishi 401,,N’’ guruh talabalarining Jahon tillar unversiteti qoshidagi 3- sonli akademik litseyda o’tkazayotgan pedagogik amaliyot o'tamoqdalar
20 oktyabr 2017 yil

`Nemis tilini birinchi va ikkinchi chet til sifatida o'qitishning lingvomadaniy masalalari`

Кафедрада инновацион ҳамкорлик ишлари йўлга қўйилган. Кафедранинг истиқболли устувор йўналиши: “Немис тилини биринчи ва иккинчи чет тил сифатида ўқитишнинг лингвомаданий масалалари”
9 yanvar 2017 yil

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tadbir
20 oktyabr 2017 yil

Keksalar – xonadonlarimiz fayzi va farishtasi

“Keksalar – xonadonlarimiz fayzi va farishtasi” mavzusida jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakulteti “Nemis tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati L.Ilieva tomonidan Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbir
20 oktyabr 2017 yil

O`xshash maqolalar



O`quv metodik majmua 22 sentabr 2017 yil







Koreys tili va adabiyoti 23 aprel 2013 yil




Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)