Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Talabalar turar joylarida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda

Universitetning Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi, Muzeylar majmuasi, “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda 2015 yilning 2-7 noyabr kunlari universitetga qarashli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etildi.






Haftalik tadbirlar davomida talabalar bilan birgalikda talabalar turar joyida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, kiyinish madaniyati va “ommaviy madaniyat”, universitetning ichki-tartib qoidalariga rioya qilish hamda ta’lim muassasasida mavjud jamoat tashkilotlari xususan, “Kamolot” YoIH, Talabalar kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va ularning maqsad vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Haftalik tadbirlarda Universitet jamoat tashkilotlari koordinatori, dotsent S.R.To‘raev, universitet Muzeylar majmuasi rahbari D.Bekmirzaev, Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi metodisti M.Xo‘jaev va barcha fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari ishtirok etdilar.

Tadbir tashkil etish bilan bir qatorda mas’ullar talabalar turar joyidagi sanitariya va tozalik qoidalariga amal qilinishi, xonalardagi holat va umumiy xonalardan foydalanish ahvoli bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

10 noyabr 2017 yil, 3,917
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering